Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Tomoshabin zali 
Tomoshabin zali teatr binosining kompozitsion elementi hisoblanadi. 
Tomoshabin zali tomoshabinlarga ularning zalga kirishi, joylashishi, spektaklni 
tomosha qilishi, so‘ngra xavf-xatarsiz chiqib ketishda eng qulay shart-sharoitlarni 
yaratib berishi zarur. 
Zal kompozitsiyasini tashkil etishdagi asosiy faktorlardan yana biri uzoqligidir 
(qizil chiziqdan 25 m. drama, 32m opera balet teatri uchun). 
Tomoshabin zalining ikki turi mavjud ko‘p qavatli va amfiteatriga nisbatan 
spektaklni ancha yaqqol imkoniyatini beradi (ikkinchi va uchinchi qavatlar sahna 
hajmini ko‘z bilan kengroq qamrab olishga imkoniyat tug‘diradi). 
Amfiteatrli zalda hamma tomoshabinlar rater va amfiteatrlarda, ya’ni sahna 
yuzasidan uncha baland bo‘lmagan tekislikda joylashtiriladi. 
Tomoshabinlarni joylashtirish va evakuatsiya qilish bu holda qiyinchilik 
tug‘dirmaydi. 
Tomoshabin zalining maqbul (optimal) yuzasi: bir tomoshabinga 0,65 m
2: 
havo 
hajmi bir tomoshabinga -4,5-5m
3
-drama, 5-6m
3
-muzikali teatr uchun (bu hisobga 
orkestr egallagan chuqur hajmli ham kiradi). 


82 
Tomoshabin va sahna xonalari 
Tomoshabin kompleksi tarkibidagi xonalar tomosha boshlangunga qadar 
odamlarni ruhan spektaklga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Sahna xonalari esa 
spektaklni tayyorlashga hizmat qiladi. 
Teartrga kirish va kassa vestibyullar asosiy vestibyul, kiyinib-yechinadigan 
xona, taqsilovchi foye, tamaddi xona teatr, ma’muriyati xonasi kabi joylardan tashkil 
topadi. 
Vestibyul foya, foya ko‘chalari o‘zaro qanday joylashtirlganligi va ularning 
tarhi qanday tuzilganligi tomoshabin kompleksining fazoviy strukturasini yaratishda 
muhim rol o‘ynaydi. Foya tomoshabin zaliga bog‘liq bo‘lgan lekin unga nisbatan 
alohida joylashgan xonalardir. 
Sahna hizmatidagi xonalarni shunday loyihalash va jihozlash zarurki, spektaklni 
tayyorlash va sahnaga qo‘shish uchun yetarli shart-sharoitlarga xos bo‘lgan. 
Bunday vazifani spektaklni sahnalashtirish va teatr ishlab chiqarish 
xo‘jaligining ijodiy jamoalari amalga oshiriladilar. 
Shuni hisobga olgan holda sahna hizmatidagi xonalarni ikki guruhga ajratish 
mumkin: birinchi, spektaklning sahnaga quyilishini ta’minlovchi xonalar: ikkinchi 
ishlab chiqarish ustaxonalari va ularga tegishli bo‘lgan omborlar hamda texnika 
jihozlangan xonalar. 
Aktyorlarning yon sahnalari, arestena va sahna maydonidagi dekoratsiyalarni 
cheklab o‘tib bevosita o‘yin maydonchasiga chiqa olishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Shularni hisobga olgan holda sahnaga chiqish oldindan aktyorlar uchun kutish 
xonalari joylashtiriladi. 
Orkestr odatda prossenium ostiga qisman o‘yib kiritilgan portal oldidagi 
chuqurda joylashadi. 
Ishlab chiqarish ustaxonalarini teatr binosiga to‘g‘ri joylashtirilishi uchun 
dekoratsiyalar tayyorlash va sahnaga olib chiqish jarayonidagi texnologik siklarni 
hisobga olishi kerak. 
Hajmiy dekoratsiyalar tayyorlashning dastlabki sikli duradgorlik ustaxonasida 
boshlanadi. Bu yerda yuzasi o‘yin maydonchasiga va balandligi portla bo‘yiga teng 
bo‘lgan katta hajmdagi qurilmalr, maydonchalar va dekoratsiyalarning sinchlari 
tayyorlanadi hamda mustahkamligini sinash maqsadida ular oldindan montaj qilib 
quriladi. 


83 
Ikkinchi sababga binoan o‘ralgan holdagi rangtasvirlari dekoratsiyalarni 
bevosita sahnaga olib chiqish zaruriyati hamda orayopmaning kattaligi (12 metrdan 
kam bo‘lmagan) butaforiya va rangtasvirlar dekoratsiya ustaxonalari teatr binosiga 
joylashtirishda ikki usulni keltirib chiqaradi-tomoshabin zali ustiga va ar’erssena 
ustiga, joylao‘tiriladi. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling