Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Novosibirsk shahridagi Yosh tomoshabinlar teatri, Rossiya, arxitektorlar


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Novosibirsk shahridagi Yosh tomoshabinlar teatri, Rossiya, arxitektorlar 
A.Sabirov, M.Starodubov, 1966-1971. 


76 
Yon tarafdagi yoritish lojalari zalning bo‘ylama o‘qiga nisbatan 55
0
va 65
0
gradusli burchaklar bilan chegaralangan va cho‘qqisi avansahnaning oldingi 
chegarasidagi zonada joylashtiriladi. Yoritish lojasi o‘rnining kengligi 1,8 metrdan 
kam bo‘lmasligi lozim. Tomosha zalining har bir tomonidagi yoritish lojalarining 
soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Pastki yoritish lojasi polidan sahna plansheti 
sathigacha bo‘lgan masofa kamida 2,5 metr, ustma-ust joylashgan lojalar pollari 
sathlarining o‘rtasidagi maofa 2,5 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Lojalar chuqurligi 
kamida 2 metr qilib loyihalanadi. Balandligi va kengligi 2 metrdan kam bo‘lmagan 
ko‘chma sofit xonasi tomosha zali tepasida shunday joylashtirilishi lozimki, yoritish 
asboblarining optik o‘qlari gorizontal tekislikka 50
0
dan 60
0
gacha burchaklar 
o‘rtasida, cho‘qqisi avansahna (orkestr o‘rasi bareri)ning old chegarasidan sahna 
tomonga 1 metr masofada; 9
0
dan 15-20
0
gacha burchaklar o‘rtasida, cho‘qqisi o‘yin 
portali yuqori qismida “qizil liniya”dan sahna ichiga 1 metr masofadagi 
sathdatushadigan nurlar bilan chegaralangan zonada bo‘lishi kerak. 
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar. 
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar sirasiga quyidagilar kiradi: 
- sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar; 
- artistlarning pardozxonalari (grimxonalari); 
- repetitsiya xonalari; 
- omborxonalar. 
Sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar bir vaqtning o‘zida tezda kiyim 
almashtirish va grimni almashtirish yoki tuzatish, sahnaga chiqishlar orlig‘ida dam 
olish yoki so‘nggi tayyorgarlikni ko‘rish, birinchi yordam ko‘rsatish, ijrochilarning 
kostyumerlar va rekvizitorlar bilan tezkor bog‘lanishi uchun ham xizmat qiladi. 
Amaliyotda bu kabi xonalarning ikkita turi mavjud bo‘lib, birinchisi – o‘lchamlari 
nisbatan kichik bo‘lsada, qulaylik darajasi yuqoriroq – dramatik va musiqali drama 
teatrlari uchun, ikkinchisi – sahnaga chiqish oldidan so‘nggi tayyorgarlik ko‘rishga 
mo‘ljallangan va muvofiq uskunalarga ega qo‘shimcha zonasi bo‘lgan musiqali 
komediya teatrlari uchun mo‘ljallangan xonalardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi turdagi 
xonalar yosh tomoshabin teatrlari, pantomima va intensiv harakatlar bilan bog‘liq 
boshqa teatrlar uchun ham tavsiya etiladi. Sahnaga chiqish uchun xona maydoni bir 
vaqtda yig‘iladigan artistlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Dramatik va 
musiqali drama teatrlarida har bir xonada bitta artist uchun kamida 1,7 m
2
, musiqali 
komediya teatrlarida – 1,8 m
2
, opera va balet teatrlarida – 19 m
2
qilib belgilanadi. 


77 
Artistlarning pardozxonalari (grimxonalari) sahna yoki repetitsiya kostyumini 
kiyish, grimni qo‘yish va olish, gigienik amaliyotlarni bajarish, dam olish, repetitsiya 
ishidagi alohida bosqichlarni bajarish, maxsus treninglarni o‘tkazish va matn hamda 
boshqa materiallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Xonalardagi artistlar soniga 
qarab pardozxonalar individual – bitta ijrochi uchun, 2 tadan 6 tagacha kishidan 
iborat guruhlar uchunva 6 tadan ko‘p artistni sig‘diradigan – umumiy (yoki 
ommaviy) bo‘lishi mumkin. Vazifasi (janri) turlicha bo‘lgan teatr binolari uchun 
pardozxonalarning uchta asosiy turi loyihalashtiriladi: dramatik, musiqali drama 
aktyorlari, musiqali teatr xonandalari va balet artistlari uchun pardozxonalar. 
Sahnalashtirish (postanovka)da qo‘llaniladigan anjomlar uchun omborlar sahnada 
o‘rnatish uchun tayyor sahna bezaklari va anjomlari saqlanadigan – navbatchi 
ombor; muayyan teatr mavsumidagi repertuar uchun mo‘ljallangan barcha bezak va 
anjomlar saqlanadigan – joriy mavsum ombori; kam qo‘yiladigan yoki repertuardan 
olingan spektakllar uchun tayyorlangan va qayta ishlatishga mo‘ljallangan bezak va 
anjomlar saqlanadigan – zaxira omborlarga ajratiladi. Alohida saqlash prinsipiga 
ko‘ra omborxonalar 8 ta asosiy turga bo‘linadilar: hajmli va stanok dekoratsiyalari; 
mebel, butaforiya va rekvizit; kostyumlar; poyafzal; elektr apparatura va elektr 
rekvizit; ovoz texnikasi appraturasi; yumshoq va manzarali dekoratsiyalar; pariklar 
va boshqa pastijyor buyumlar saqlanadigan omborlar. S-1-S-5 sahnalar uchun 
repetitsiya zallarining o‘lchamlari, vazifalari va soni quyida keltirilgan jadvalga 
muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi. 


78 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling