Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Muzeyning funksional-rejaviy tuzilmasi


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Muzeyning funksional-rejaviy tuzilmasi: 
1 – vestibyul va garderob; 2 – axborot-ma’lumotnoma bo‘limi; 3 – ekskursovod 
xonasi; 4 – tibbiy punkt; 5 – chekish xonasi; 6 – hojatxona; 7 – kiosklar; 8 – dam 
olish xonasi; 9 – bufet; 10 – bolalar uchun o‘yin xonasi; 11 – leksiya zali; 
12 – ommaviy tadbirlar zonasi; 13 – davriy ko‘rgazmalar zonasi; 14 – auditoriya; 
15 – kutubxona; 16 – foye; 17 – direksiya; 18 – majlislar zali; 19 – ilmiy xodimlar 
kabinetlari; 20 – xizmat vestibyuli; 21 – maishiy xonalar; 22 – xodimlar 
yemakxonasi, yordamchi xonalari bilan; 23 – foto va boshqa laboratoriyalar va 
ustaxonlar; 24 – eksponatlarni qabul qilish, konservatsiya qilish, tayyorlash; 
25 – texnik xonalar; 26 – seyf. 


51 
Rekreatsiya zonasi ekspozitsiyalarni ko‘rgandan keyin dam olish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, kirish zonasi (agar u shaharda yetarlicha ajratilgan bo‘lsa) bilan 
birlashtirilishi, shuningdek ochiq ekspozitsiya bilan qo‘shilib ketishi mumkin. 
Xo‘jalik zonasi muzey uchun zarur bo‘lgan issiqlik punkti, transformator 
podstansiyasikabi muhandislik xizmatlarini, shuningdek omborlar va garajlarni 
joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Ta’kidlash lozimki, zamonaviy tendensiyalarga 
ko‘ra, rivojlangan xo‘jalik zonasini rad etish kuzatilmoqda: texnik xonalar imkon 
qadar binoning yerto‘la va sokolli qavatlariga joylashtirilayotganini ko‘rish mumkin. 
Xo‘jalik zonasini muzey va ko‘rgazma eksponatlarini qabul qilish va jo‘natish uchun 
mo‘ljallangantomondan joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Muzeylar faoliyatining asosiy turlari. 
Muzeylar faoliyatining asosiy turlari quyidagilardan iborat: kolleksiyalarni 
jamlash, shakllantirish va saqlash, ilmiy tadqiqot ishlari, madaniy-ma’rifiy faoliyat. 
Kolleksiyalarni jamlash, shakllantirish va saqlash. Muzey funksional dasturni o‘ziga 
xos vositalar yordamida bajaradi. Ashyoviy yodgorlik – yo‘nalishlari bo‘yicha turli 
bo‘lgan muzeylar faoliyatining asosi hisoblanadi. Fondlarni aniqlash, hisobga olish 
va jamlash muzeyning ixtisoslashuviga asoslangan holdabajariladi. Eksponatlar 
ahamiyatiga qarab muzey fondlari asosiy va ilmiy-yordamchi fondlarga bo‘linadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati bir nechta izchil ketma-ketlikka ega fazalardan iborat. 
Birinchi bosqich – materialni aniqlash va uni toifalash, kelgusida ilmiy nuqtai 
nazarda ishlanishi va madaniy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishiimkoniyatlarini 
belgilash, fondlar va ekspozitsiyaga qabul qilingan materiallar va eksponatlarni 
joylashtirish. Muzey to‘plamidagi material va eksponatlarning ilmiy klassifikatsiyasi 
kataloglar va boshqa ilmiy-yordamchi hujjatlarni tuzishda aks ettiriladi. Ekspozitsiya 
tashkil etilishi va ilmiy maqolalarni tayyorlanishi muzey materiallarining ilmiy 
ishlanishidagi yakuniy faza hisoblanadi. Ilmiy ishlarni o‘tkazish uchun muzey 
xodimlari va fondlarning mutaxassislari uchun fond kolleksiyalaridagi barcha 
materiallardan foydalanish imkoniyati ta’minlanishi zarur. Muzey faoliyati asosini 
doimiy ekspozitsiya tashkil etadi. Ekspozitsiya, asosan, dastlabki ilmiy ishlovdan 
o‘tgan asl eksponatlardan shakllanadi. Ekspozitsiyaga bo‘lgan asosiy talablar: 
- me’moriy rejali tuzilishi va ilmiy konsepsiyaning yagonaligini ta’minlash; 
- tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar: harakatlanishning puxta 
o‘ylangan jadvali, eksponatlarni yakka tartibda va ekskursion guruhlar tarkibida 


52 
tomosha qilish imkoniyatlari, tomoshabinlarlarning turli toifalari manfaatlarini 
hisobga olish; 
- namoyish etiladigan materialni muzeyning tuzilmasi va tematik-ekspozitsion 
rejasiga muvofiq ifodali taqdim etish shakli; 
- eksponatlar saqlanishini ta’minlash: yoritilishning, harorat va namlikning 
zarur darajasiga, kolleksiyani qo‘riqlash choralariga qat’iy rioya qilish. 
Muzeyning me’moriy hajmi ekspozitsiya zallari va ochiq ekspozitsiyadan 
tashkil topadi. Xonalar tarkibida tashrif buyuruvchilarga muzey kolleksiyalari va 
bino haqida axborot-ma’lumotlar taqdim etiladigan kirish zalini loyihalashtirish 
maqsadga muvofiq. 
Ko‘rgazmalarni o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat muzeyning zamonaviy hayotda 
ishtirok etishining shakllaridan biri hisoblanib, ko‘rgazmalar muzeyning o‘z fondi 
hamda boshqa muzeylarning fondi yordamida tashkil qilinadi. Bunday tadbirlar 
muzeyning ekspozitsiya imkoniyatlarini oshirib, tashrif buyuruvchilarning yangi 
toifalarini jalb qilishga yordam beradi. Ko‘rgazma o‘tkazishning ikkita asosiy 
shaklidan foydalaniladi: muzey ichida va ko‘chma ko‘rgazmalar – bunda maxsus 
ko‘rgazma zallari va transport vositalari bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rgazma zallariga 
qo‘yiladigan asosiy talablar: 
- vestibyulga yaqinlik, boshqa xonalar orqali o‘tmasdan, bemalol kirish 
imkoniyati; 
- fazoviy va badiiy yechimlarning neytralligi; 
- oson va tez transformatsiya (o‘zgartirish) imkoniyati. 
Zallar qoshida ko‘rgazma uskunalarini va inventar saqlash uchun xonalarni 
ko‘zda tutilishi, fond saqlanadigan xonalarda ko‘chma ko‘rgazmalar uchun maxsus 
xonalarni (imkon qadar chiqish eshigiga yaqin joyda) loyihalashtirish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi [28]. 
Madaniy-ma’rifiy ishlar sirasiga ko‘rgazmalar, ekskursiyalarni tashkil etish
leksiyalar, uchrashuvlar, konferensiyalar, kechalar, suhbatlarni o‘tkazish, 
kinofilmlarni namoyish qilish, to‘garaklar faoliyatini yuritish kabilar kiradi. Bu, o‘z 
navbatida, muzey tuzilmasiga kinoleksion zal, to‘garaklar uchun xonalar
shuningdek universal maydonlar kiritilishini shartlab beradi. 
Madaniyatlararo muloqot tomonga umumiy burilish ro‘y berayotgan, muzey 
binolari esa universal san’at markazlariga aylanib borayotgan hozirgi sharoitlarda 
muzeylar uchuntarkibida boshqa funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan binolarga 


53 
xos bo‘lgan xonalarning bo‘lishi tabiiy holdek qabul qilinmoqda. Masalan, ba’zi 
muzeylarda o‘quv ustaxonalari, tomosha zallari, mediatekalar loyihalashtirilayapti. 
Kolleksiyalarni saqlash ekspozitsiya zallari va muzey fondlarida eksponatlarni 
saqlash bo‘yicha tadbirlardan iborat. Saqlash eksponatlarning turlari bo‘yicha tashkil 
qilinadi. Eksponatlar konservatsiyasi va restavratsiyasi ishning asosiy qismi 
hisoblanadi. Muzeyning kattaligi va ahamiyatiga bog‘liq tarzda bitta restavritsiya 
ustaxonasi yoki ustaxonalar va laboratoriya kompleksi ko‘zda tutilishi mumkin. Bir 
nechta muzeylarga tegishli fondlar markazlashtirilgan sharoitlar uchun fondlar 
saqlanadigan maxsus omborlar, ustaxonalar va laboratoriyalarning bazaviy 
markazini tashkil etish maqsadga muvofiqdir

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling