Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
3.3. Binoga kirish xonalari guruhi Binoga kirish xonalari guruhini tahlil qilishdan avval qurilish klimotologiyasi talablari bilan qisqacha tanishib chiqish lozim. Mamlakatning butun hududi geografik kengligiga bog‘liq ravishda to‘rtta: I, II, III va IV iqlimiy mintaqaga bo‘linadi [46], ushbu mintaqalar, o‘z navbatida, eng sovuq oyning o‘rtacha haroratiga qarab A, B, G va D kichik hududlarga ajratilgan. Ana shu ko‘rsatkichlar inshootlarni loyihalashtirishni belgilab beradi. Tambur – binoga, zinapoya katagi yoki boshqa xonalarga sovuq havo, tutun va hidlarning kirishidan himoya qiladigan eshiklar o‘rtasidagi o‘tish bo‘shlig‘i Binoga kirishdagi tamburning maqsadi – binoning ichki bo‘shlig‘ini ko‘chadagi sovuq havodan himoya qilishdan iborat. U o‘ziga xos bufer vazifasini bajaradi. Tamburning minimal chuqurligi 1500 mm ni tashkil etishi kerak. Tamburning minimal kengligini belgilash uchun binoga kirish eshigining eniga har bir tomondan 150 mm dan qo‘shish lozim. Binoga kirish joyidagi polning belgisi binoga kirish oldidagi trotuarning rejaviy belgisidan kamida 150 mm ga balandroq bo‘lishi lozim. Vestibyullar jamoat binolarining asosiy taqsimlovchi xonalaridir. Ularga gorizontal va vertikal kommunikatsiyalar tutashib ketadi. Odamlar oqimi aynan vestibyulda shakllanadi, shuning uchun vestibyul tarkibida bir qator yordamchi xonalar bo‘lib, ularning vazifasi – jamoat binosining murakkab tuzilmasida odamga yo‘nalishlarni ko‘rsatib berishdan iborat. Masalan, binoning funksional vazifasiga qarab ma’lumotlar byurosi, operatorlar xonasi, savdo shoxobchalari va hk. Vestibyullarning talqini turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy vazifasi odamlarga to‘g‘ri yo‘nalishlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Garderobxonalar ustki kiyim-boshni joylashtirish uchun loyihalashtiriladi, bunda bitta o‘rin uchun quyidagicha maydonlar ajratilishi ko‘zda tutiladi: 30 konsol turidagi ilgichlar uchun – 0,08 m 2 ; oddiy va osma ilgichlar uchun – 0,1 m 2 . Garderob chuqurligi 6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Kiyim-bosh berish uchun mo‘ljallangan to‘siq (barer) eni 0,6-0,7 metrga teng bo‘lib, harakatlanishlar ommaviy tusga ega binolardagi taxminiy uzunligi – 30 o‘rin uchun 1 pogonli metr, harakatlanishlar ommaviy emas, lekin muntazam bo‘lgan binolar uchun – 50-60 o‘rin uchun 1 pogonli metr qilib belgilanadi. Ustki kiyim-bosh garderoblari uchun minimal masofalar quyidagicha qabul qilinadi: - barer oldidagi bo‘shliq – 3-4 metr; - barerdan ilgichlargacha – 0,8-1,0 metr; - ilgichlar o‘qlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,6 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 1,2 m; - ilgichlarning chekka qatori va devor yoki pardevor o‘rtasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,3 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,9 m; - konsolli-buriluvchi ilgichlarning turtib chiqqan qismlari yoki kiyim-bosh saqlanadigan shkaflar orasidagi masofa, shuningdek shu kabi ilgichlar va shkaflarning turtib chiqqan qismlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,0 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,6 m. Vestibyulning rejaviy yechimiga bog‘liq ravishda gardebxonalar joylashtirishining turlicha sxemalari qo‘llaniladi: - yon tomonli (bir yoki ikki taraflama); - ichkariga chuqurlashtirilgan; - perimetr bo‘yicha; - orolli shaklda. Sxemani tanlashda, birinchi navbatda, garderobxonadan chiqib kelayotgan odamlar oqimi kesishmasligi nazarda tutiladi. Garderobxonalari bo‘lgan vestibyullarning maydoni ilgichdagi bir o‘ringa 0,18-0,28 m 2 hisobidan qabul qilinadi. Bunda garderobdagi o‘rinlar soni binoning sig‘imiga qarab belgilanadi. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling