Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

 
 
 
 
 
 
 


28 
3. BINOLARNING TUZILMAVIY TUGUNLARI. 
BINOLARNING ASOSIY REJALASHTIRISH ELEMENTLARI 
3.1. Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda qo‘llaniladigan 
atamalar va ta’riflar 
 
Yer usti qavati – xonalar polining belgisi yerning rejalashtirish belgisidan past 
bo‘lmagan qavat. 
Chordoq – tom yopmalari (tashqi devorlar) va yuqori qavatning orayopmalari 
o‘rtasidagi bo‘shliq. 
Bolxona qavati (mansarda) – chordoq bo‘shlig‘idagi qavat, uning fasadi qiya 
(yoki siniq shakldagi) tom yuzasidan (qisman yoki to‘liq) iborat bo‘ladi, bunda tom 
tekisligi va fasadning kesishish chizig‘i mansarda qavatidagi pol sathidan 1,5 
metrdan katta bo‘lmasligi zarur. 
Yerto‘la qavati – xonalaridagi pol sathining belgisi yerning rejalashtirish 
belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kattaroq chuqurlikda joylashgan qavat. 
Poypesh (sokol) qavati – xonalaridagi pol sathining belgisi yerning 
rejalashtirish belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kamroq chuqurlikda 
joylashgan qavat. 
Texnik qavat – muhandislik uskunalarini joylashtirish va kommunikatsiyalar 
yotqizish uchun mo‘ljallangan qavat. Uning balandligi 1,8 metrdan kam bo‘lsligi 
lozim. Texnik qavat binoning pastki (texnik yerto‘la), yuqori (texnik chordoq) o‘rta 
qismi qismida joylashtirilishi mumkin. 
 
 
3.2. Binoning tuzilmaviy tugunlari 
 
Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosi ichidagi barcha jarayonlarni, ularning 
turi qanday bo‘lishidan qatiy nazar, umumiy ko‘rinishda umumiy, o‘ziga xos va 
yordamchi jarayonlarga ajratish mumkin. Ushbu jarayonlar normal kechishi uchun 
jamoat binosida muayyan tuzilmaviy tugunlar mavjud bo‘lishi lozim. Har bir jamoat 
binosi quyidagi tuzilmaviy tugunlardan tashkil topgan: 
- binoga kirish xonalari guruhi: tamburlar, vestibyullar, garderobxonalar; 
- asosiy xonalar guruhi: turli funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan zallar, 
auditoriya va sinflar; 


29 
- yordamchi va qo‘shimcha xonalar guruhi, sanitariya bloklari; 
- texnik xonalar guruhi: qozonxonalar, ventilyatsiya kameralari, nasoslar, suv 
o‘lchagichlar uchun xonalar, liftlarning mashinalar bo‘linmalari; 
- gorizontal kommunikatsiyalar: yuqorida sanab o‘tilgan xonalar guruhlarini 
yagona karkasga birlashtiruvchi galereya, foye, xoll va yo‘laklar; 
- vertikal kommunikatsiyalar: zinapoya, pandus, lift, eskalatorlar. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling