Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Quyoshga qarshi qurilmalar – quyoshdan himoyalovchi fazoviy panjara 
tipidagi relefli to‘siq (ko‘p hollarda betondan tayyorlanadi) bo‘lib, u binolarning 
derazalariga to‘g‘ridan – to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlarini to‘sishga va 
xonalarning isib ketishining oldini olishga mo‘ljallanadi. Quyoshdan himoyalovchi 
qurilmalar (o‘rnatmalar) issiq iqlim sharoitlarida fasadlarni arxitekturaviy 
ishlashning bosh elementlaridan biri hisoblanadi. 
Muhit sharoit – muhitni hisobga olgan holda yondashish – arxitekturaviy 
inshootlarni tashkil etilgan va etilayotgan shahar muhiti kontekstiga kiritilishini 
inobatga olgan ravishda loyihalash. 
Stilobat – qadimgi grek xramidan toshdan ishlangan zinapoyalar, ko‘p 
hollarda ular yirik uchta pog‘onalardan tashkil topadi. 
Textonika – inshootning konstruktiv sistemasiga tegishli yuklar va tayanchlar 
orasidagi nisbat bo‘lib, u tashkil etilish qonuniyatlarining badiiy ifodasidir. 
Termi– sport, mashg‘ulotlar, yig‘ilishlar va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘z 
ichiga olgan Qadimgi Rim jamoat hammomlari. 
Triglif – bo‘ylama o‘ymalarga ega bo‘lgan to‘g‘ri burchakli vertikal toshli 
plita. Trigliflar metopalar bilan almashinib (takrorlanib) doritik orderning frizlarini 
tashkil etadi. 
Unifikatsiya – buyumlarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tipli – o‘lchamlari va 
markalarining yagona sistemasi asosida qurilish detallari tiplari sonini ratsional 
qisqartirish. 
Friz – klassik arxitekturaviy orderlardagi gorizantal belbog‘ 
(antambliment)ning o‘rta qismi, bu qism arxitrav va karniz orasida joylashgan 
bo‘ladi. Doritik orderda friz navbatma – navbat takorolanadigan trigliflar va 
metodlardan tashkil topadi. 


140 
Fronitonbino fasadi, portik, kolonnadalarning uchburchakli tugallangan 
qismi bo‘lib, bu qism tom yopilmasining va karnizlarning og‘ma yon tomonlari bilan 
chegaralangan. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling