Toshkent arxitektura-qurilish universiteti axborot xati
Download 495.42 Kb. Pdf ko'rish
|
TAQU - Axborot XATI UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konferensiyaning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari: 1.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI AXBOROT XATI Hurmatli hamkasblar! “Shahar "dizayn-kod" qoidalarining shaklanish tendensiyalari va arxitektura muhitlarining ustuvor muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2023 yil 20 may kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya marhum professor, arxitektura doktori Ahmedov Muhammad Qosimovich xotirasiga bag‘ishlanadi. Anjumanda arxitektura va uning tarmoq sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishdagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar maqola, ma’ruza va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyaning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari: 1. Shahar muhitida “dizayn-kod” qoidalarini shakllantirish va rivojlantirish muammolari; 2. Shaharsozlik va landshaft arxitekturasining dolzarb muammolari hamda amaliy yechimlari; 3. Arxitektura yodgorliklari va madaniy meros obyektlarini saqlash hamda qayta tiklash muammolari; 4. Arxitektura obyektlarini rejalashtirishning an’anaviy va zamonaviy usullari; 5. Loyihalash va qurilish sohalarida BIM texnologiyalarini joriy etishning istiqbollari. Ilmiy maqolalar uchun qo‘yiladigan talablar: 1. Konferensiyaga maqolalar Microsoft Word dasturida taqdim etilishi, maqola matni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilgan bo‘lib, hajmi 4 betdan kam bo‘lmasligi lozim. 2. Annotatsiya (kamida 5-6 qator) maqola yozilgan tilga mos ravishda o‘zbek-ingliz yoki rus-ingliz tillarida taqdim etiladi. 3. Kalit so‘zlar (kamida 8 ta)o‘zbek-ingliz yoki rus-ingliz tillarida taqdim etiladi. 4. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar keltirilishi shart. 5. Maqola A4 formatda, matn shrifti Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda, abzats uchun qoldiriladigan masofa - 1,25 sm, sahifa hoshiyalari yuqori va pastki – tomondan 2 sm, chap va o'ng tomondan – 2 smdan joy qoldirib, matn ichidagi havolalar to'rtburchak qavs ichida - [1], [2] kabi berilishi kerak. 6. Rasmlar, grafik tasvirlar yoki jadvallar bo'lsa, ularning tagidan tartib raqami qo'yilib, izohi keltirilishi shart (jadvallarning tartib raqami yuqori o‘ng burchakda ko‘rsatiladi). ESLATMA: Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning mazmuniga, ishonchliligiga mualliflar shaxsan javobgardirlar. Tashkiliy qo‘mita konferensiya talablariga javob bermaydigan yoki belgilangan muddatdan keyin topshirilgan maqolalarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Xorijlik va mahalliy olimlar, ilmiy izlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida on-line ZOOM platformasi orqali ishtirok etish imkoniyati ham mavjud. https://us02web.zoom.us/j/88333010958?pwd=OU9DS3pLb25pNjhQUUkrdkJPT1ViZz09 1 ta maqola uchun to‘lov Download 495.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling