Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar fakulteti 23-21-guruh talabasining Qurilish materiallari va buyumlari fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 286.41 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi286.41 Kb.
#1375915
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qurilish materiallari

Xom ashyo aralashmasi yarim quruq, plastik yoki xo’l (shliker) usullarida tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, keramik massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning o’lchamlari va vazifasiga bog’liq. Yarim quruq usulda xom-ashyo materiallari quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil, odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, dizentegratorlar yoki sharli tegirmonlarda parchalanadi va maydalanadi, quraqli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Presslanadigan uqinning namligi 9-11%. Presslanadigan kukun kerakli namlikka ega bo’lguncha suv yoki bug’ bilan namlanadi.

  • Xom ashyo aralashmasi yarim quruq, plastik yoki xo’l (shliker) usullarida tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, keramik massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning o’lchamlari va vazifasiga bog’liq. Yarim quruq usulda xom-ashyo materiallari quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil, odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, dizentegratorlar yoki sharli tegirmonlarda parchalanadi va maydalanadi, quraqli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Presslanadigan uqinning namligi 9-11%. Presslanadigan kukun kerakli namlikka ega bo’lguncha suv yoki bug’ bilan namlanadi.
  • Yarim quruq presslab tayyorlangan qurilish g’ishti, pol plitkalari, qoplama plitka va boshqalar tayyorlashda xom-ashyo aralashma tayyorlashning yarim quruq usulidan foydalaniladi. Plastik usulda xom ashyo materiallari tabiiy namlikda aralashtiriladi yoki namligi 18-23% bo’lgach gil qorishmasi bo’lgunga qadar suv qo’shiladi. Xom ashyo materiallarni maydalash va qayta ishlash uchun turli tipdagi tegirmon toshdan, aralashtirish uchun esa gilkorgichlardan foydalaniladi. Plastik usulda plastik qoliplanadigan keramik g’ishtni, keramik toshlarni, cherepitsalar, truba va boshqalarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo aralashmasi tayyorlanadi. Shliker usulida xom-ashyo materiallar oldindan maydalab kukun qilinadi, so’ngra esa ko’p miqdorda suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bunda bir jinsli suspenziya (shliker) xosil bo’lishi kerak. Bu usul chinni va fayans buyumlar, qoplama plitka va boshkalarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Download 286.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling