- KERAMIK MATERIALLAR VA ULARNING TURLARI
-
- Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va kuydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi. Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pechgava tutun trubalarini terish, kanalizatsiya va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak debataladi. Konstruktsiyasi jixatidan mo’ljallangan bo’yicha keramik materiallar va buyumlar quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- devorbop (g’isht, keramik toshlar, g’ishtdan qilingan bloklar vapanellar);
- tomlar uchun (ichi ko`k toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar,cherepitsa);
binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasadplitkalari); - binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasadplitkalari);
- binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar);
- kanalizatsiya va drenajtrubalari;
- sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish bakchalari va boshqalar);
- kislota bardoshli buyumlar (gisht, plitkalar,trubalar);
- yul materiallari (gishtlar, toshlar);
- issiqlik o’tkazmaydigan (g’ovakli ichi bo’sh g’ishtlar vatoshlar);
- yengil betonlar uchun to’ldirgichlar (keramzit,agloporit);
- olovga bardoshli buyumlar (g’isht va fasonbuyumlar).
- Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyolar. Gil tog’ jinslarining mayda dispersiyali fraktsiyasi bo’lib, suv bilan plastik qorishma xosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan keyin tosh qattiqligiga ega bo’lish xususiyatiga ega.
- Keramik materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish
- Keramik materiallar va buyumlar turli o’lcham, shakl va xossalarga ega bo’ladi, lekin ularni ishlab chiqarish texnologiyasi taxminan bir xil bo’ladi va xom-ashyo materiallarini qazib olish, xom-ashyo massasini tayyorlash, xom ashyoni qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish xamda omborda saqlashni o’z ichiga oladi.
- Gil qazib olish. Keramik materiallar va buyumlarni ishlab chikarish uchun gil, odatda, bevosita zavod yaqinida joylashgan kargerlardan ekskavatorlar va boshqa mashina xamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Zavodga gil kuzovik ag’dariladigan vagonchalarda, avtosamosvallarda, tasmali transporterlarda, telejkali traktorlardatashiladi.
- Xom ashyo massasini tayyorlash. Kargerdan qazib olingan va zavodga tashib keltirilgan gil tabiiy xolatdan ko’pincha buyumlar qoliplash uchun yaroqsiz bo’ladi va tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash. Yirik aralashmalarni maydalash, gilga qo’shimchalar aralashtirish, shuningdek, qulay koliplanadigan massa xosil qilish uchun uni namlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |