Toshkent arxitektura-qurilish universiteti menejment fakulteti


Download 5.52 Mb.
bet2/5
Sana20.10.2023
Hajmi5.52 Mb.
#1711899
1   2   3   4   5
Bog'liq
hisobot

Sana

Imzo

1

Tashkent city







2

Hilton mehemonxonasi







3

Moliya Markazi







4

Nest One







5

Akay City







6

Olmazor Business City







7

High Town City







KIRISH
Respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar sharoitida iqtisodiyot tarmoq va sohalarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ularni zamon talabalari darajasida rivojlantirish, xususan qurilish tarmog'idagi ishlab chiqarish korxonalarida rejalashtirish, tashkil эtish va boshqarish jarayonlari samarasini yanada oshirish muhim vazifalar hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda oliy ta'lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur o'zgarishlarga o'z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan hamda jahon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni etkazib berish muhim masala hisoblanadi.
Shu boisdan, qurilishni boshqarish samaradorligini oshirishda soha mutaxassislaridan yuqori darajada bilim, ko'nikma va mahorat talaba qilinadi. Bu o'z navbatida qurilishda menejment yo'nalishida nazariy bilim hamda uning tamoyillari va usullaridan amaliyotda unumli foydalana olish ko'nikmalariga эga bo'lishni talab qilinadi.
Umumiy qoidalar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida” PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3151-sonli, 2018 yil 2 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil эtish to'g'risida”gi PQ-3646-sonli qarorlari, shuningdek 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5392-sonli va 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5577-sonli farmonlari, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ3775sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 60411200 – “Menejment(qurilish)” bakalavriat ta'lim yo'nalishri talabalari uchun mazkur dasturda o'quv tanishuv amaliyotini o'tish tartibi belgilangan.

1. O'quv tanishuv amaliyotining maqsad va vazifalari


O'quv tanishuv amaliyoti talabalarning o'quv jarayoni bilan chambarchas bog'liq bo'lib, rejalashtirilgan o'quv dasturini o'zlashtirishda va tanlangan kasbi bilan chuqurroq tanishishda katta ahamiyatga эga hisoblanadi.


O'quv tanishuv amaliyotining maqsadi – ta'lim sohasi davlat ta'lim standarti va malaka talablariga muvofiq talabalar tomonidan o'quv jarayonida olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash, qurilish korxonalari va tashkilotlari faoliyati hamda turli qurilish ob'ektlari haqida tasavvurga эga bo'lish, qurilish maydonlarida bevosita amalga oshirilayotgan texnologik jarayonlar haqida ma'lumotlarga эga bo'lish hamda sohaga doir tanishuv amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdir.
O'quv tanishuv amaliyotining vazifalari – qurilish tashkilotlari, korxona(firma)lar va kompaniyalar faoliyati, ularda qo'llanilayotgan zamonaviy menejment tamoyillari va usullar, shuningdek zamonaviy turar joy majmualari va biznes markazlari qurilishi (Toshkent shahridagi) bilan yaqindan tanishish, shuningdek qurilish amaliyotida qo'llanilayotgan texnologik jarayonlar va jihozlarning ishlashini texnologik hamda эkologik jihatdan kuzatish, qurilishda kechayotgan jarayonlarning tashkil эtilganligi va uni boshqarilishida ishtirok эtayotgan mutaxassislar faoliyati, o'quv jarayonida olingan nazariy bilimlardan hosil bo'lgan ko'nikma va malakalar bilan amaliyotda bevosita tanishishdan iborat.

Download 5.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling