Sement.
Tavsiya qilinuvchi portlandsement markasi – 400 va undan yuqori.
To‘ldiruvchilar.
Yirik to‘ldiruvchilar shag‘al,chaqiq tosh, og‘ir to‘ldiruvchilar sifatida talab qilinmaydi. Engiliroq to‘ldiruvchilar masalan, keramzit qo‘shish mumkin bunda g‘ovaksimon betonning zichligi 100-200 % ga oshadi.
Mayda to‘ldiruvchilar zichligi 400-600 kg/m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun qoidaga ko‘ra qum ishlatilmaydi. Zichligi 600 kg/ etgandagina mayda to‘ldiruvchilar qo‘shilishi mumkin – bu maydalangan qumdir. Eng yaxshisi daryo qumidir. U toza bo‘lmog‘i kerak, xech qanday keraksiz narsalarsiz. Betonni joylash (yotqizish) uchun mayda fraksiyali qum ishlatiladi 0-0,2 mm. Loy aralashmalari 2-3 % dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
1.6 – jadval
1m3 ko‘pikbeton uchun:
№
|
Ko‘pikbetonning zichligi
|
Sement m-500, kg
|
Qum, kg
|
1
|
300 kg/
|
270
|
0,0
|
2
|
400 kg/
|
360
|
0,0
|
3
|
500 kg/
|
430
|
0,0
|
4
|
600 kg/
|
382
|
160
|
5
|
700 kg/
|
426
|
210
|
6
|
800 kg/
|
470
|
260
|
7
|
900 kg/
|
520
|
300
|
8
|
1000 kg/
|
565
|
350
|
Suv. Ko‘pikblokning tayyorlanishida ichimlik suvidan foydalanish tavsiya etiladi. Suvning borligi g‘ovaksimon betonda massaning to‘g‘ri qorilishi uchun kerakli miqdorda ishlatiladi. Ko‘pikni ishlatishdan oldin suv va sementning borligi 0,38 ni tashkil qiladi. Suv va sementning kamligi uning zichligini oshishiga sabab bo‘ladi. Bu esa betonning ko‘pikdan kerakli kimyoviy va fizik xususiyatlarini suv tortib olishga va penobetonning xajmining kamayishiga olib keladi.
Suv tempuraturasi + 2 dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |