Toshkent arxitektura-qurilish universiteti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


Universitet rektori buyrig’i bilan tasdiqlangan №


Download 1.22 Mb.
bet2/27
Sana19.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1604827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Diplom Baxromov 1

Universitet rektori buyrig’i bilan tasdiqlangan №2/243. 28.10.2022 yil.



  1. Bitiruv malakaviy ishining dastlabki himoyaga taqdim etish vaqti: __




  1. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Akramov X.A.,Turapov M. Beton va temirbeton texnologiyasi. Darslik.Taqi, Toshkent-2020y.

  2. Akramov X.A., Turapov M. Yig‘ma temirbeton korxonalarini loyihalash. Darslik.Taqi, toshkent-2020y.

  3. Kadirova D.Sh. Bog’lovchi moddalar. Darslik.Taqi.Toshkent-2020y.

  4. Turapov M. Beton to‘ldirgichlari texnologiyasi. Darslik.Taqi, Toshkent-2021y.

  5. Ўз.РСТ 8267-93. Панели стеновие, внутренние бетонние и железобетонние для жилих и общественних зданий.

  6. Ўз.РСТ 707-96. Бетон. Правила подбора состава.

  1. Hisob – tushuntirish xatining mazmuni:_______________________

Kirish.Texnologik qism.Mahsulot nomenklaturasi. Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash. Korxonaning ish rejimi. Buyum turlari bo‘yicha korxona mahsuldorligini hisoblash. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sex (korxona)ning talabini aniqlash. Texnologik liniyalarni loyihalash. Texnologik asbob-uskunalarni tanlash va hisoblash. Sement ombori hisobi.To‘ldiruvchilar ombori hisobi.Beton qorish sexi hisobi. Tayyor mahsulotlar ombori hisobi. Xisob-kitob qismi.Iqtisodiy qism. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  1. Chizma materiallarning ro‘yxati: Bosh reja. Ishlab chiqarish korxonasi rejasi va qirqimi. Sement ombori.To‘ldiruvchilar ombori. Hisob qismi.




  1. Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha maslahatchilar:






Qismlar


Maslahatchi



Imzo, sana

Topshiriq berildi

Topshiriq qabul qilindi

1

Texnologik










2

Hisobiy










3

Iqtisodiy










4

Mehnat muhofazasi













  1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish grafigi:






BMI qismlarining bajarilishi

Bajarilish muddatlari

Bajarilishi
bo‘yicha belgi
(rahbar imzosi)

1

Texnologik







2

Hisobiy







3

Iqtisodiy







4

Mehnat muhofazasi









Bitiruv malakaviy ishi rahbari: dots.Amanov O.T._________________
(F.I.O.) imzo

QMB va KT” kafedrasi mudiri: t.f.n. dots., Shakirov T.T._____________


(F.I.Sh.) imzo


Bajarish uchun vazifani qabul qildi: Baxromov Mardon.________
(talaba imzosi)

“______”_________________202_ y.



Mundarija
Kirish

1.Texnologik qism
1.1. Mahsulot nomenklaturasi
1.2. Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash
1.3. Ko‘pikblok ishlab chiqarishni texnologik sxema tavsifi
1.4. Ishlab chiqarish texnologik sxemasi
1.5. Korxona (sex)ning ish rejimi
1.6 Buyum turlari bo’yicha korxona mahsuldorligini hisoblash
1.7. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga korxonaning talabini aniqlash
1.8. Texnologik uskunani tanlash va hisoblash
1.9. Sement omborini hisoblash
1.10. To’ldiruvchilar omborini hisoblash
1.11. Tayor mahsulotlar omborini hisoblash
2.Hisobiy qism
3.Iqtisodiy qism
4.Mexnat muxofazasi 5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish suratlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
O‘tgan yili faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratildi.
2021-yil 23-iyun kuni Nukusda qishloq joylarida to‘rt qavatli ko‘p kvartirali uylar qurilishida energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi.
Ushbu trening O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Global Ekologiya Fondining (GEF) hamkorlikdagi «O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida tashkil qilindi va o‘tkazildi. Loyihaning maqsadi O‘zbekistonning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholini yaxshilangan, arzon va ekologik toza hayot sharoitlari bilan ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda yonilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ularni tejash muammosi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha hal etilmoqda. Ularning orasida eng istiqbollisi iqtisodiy faoliyatning turli tarmoqlarida, shu jumladan qurilish sohasida energiyani tejash bilan bog‘liq. 2021-yil 4-mayda yonilg‘i-energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish va energiya iste’molini optimallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizi isitish va yoritishga sarflanishini aytgandi. Xususan, 1 m kv maydonni isitish uchun mamlakatda yiliga o‘rtacha 400 kVt/soat elektr energiyasi ishlatiladi, rivojlangan mamlakatlarda esa bu 170 kVt/soatni tashkil qiladi.
2021-yilda O‘zbekistonda penobetondan 950 ta bir qavatli 3 xonali energiya tejamkor uylar qurildi. Shundan 176 ta uy Samarqand viloyatida, 185 ta uy Surxondaryo viloyatida, 206 ta uy Farg‘ona viloyatida, 150 ta uy Navoiy viloyatida, 112 ta uy Xorazm viloyatida va 121 ta uy Buxoro viloyatida barpo etildi.
GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida ushbu uylarga yoritish ehtiyojlari uchun quvvati 300 Vatt bo‘lgan foto-elektr stantsiyalari (FES), o‘nta arzon qishloq uyiga issiq suv ta’minoti ehtiyojlari uchun quvvati 200 litr suvni isitishga yetadigan quyoshda ishlaydigan suv isitgichlari o‘rnatildi.
“O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi energiya tejamkor uylar qurilishida band bo‘lgan qurilish kompaniyalarining faoliyatini ekspertlar tomonidan to‘plangan tajribani o‘rganish va tahlil qilish asosida qurilish kompaniyalarining mutaxassislari uchun amaliy treninglar o‘tkazish yo‘li bilan boyitish va takomillashtirishga intiladi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda energiya tejamkor to‘rt qavatli ko‘p kvartirali qishloq uylarini qurishga jalb etilgan qurilish kompaniyalari uchun amaliy trening o‘tkazildi. 2021-yilda Loyiha tomonidan 6ta hududda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy viloyatida, Namangan va Toshkent viloyatlarida 22 ta energiya tejamkor uylarga foto-elektr stantsiyalarini o‘rnatishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Ushbu uylarda energiya iste’molining pasayishiga sifatli maxsus qurilish materiallaridan foydalanish, to‘sib turuvchi konstruksiyalarni issiq qilish, derazalarni zichlash, xonalardagi haroratni avtomat rostlash va hokazolar hisobidan ham erishilmoqda.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgandir.
Respublika xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati yetakchi rol o‘ynaydi. Bu o‘z xom ashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori extiyoj hamda malakali mutaxassislarning mavjudligi bilan belgilanadi.
Beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qurilish ishlarini samaradorligi va sifati bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Bularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun, material va konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, qurilish qiymati va sermehnatliligini, bino va inshootlarni og‘irligini pasaytirishni ta’minlovchi hamda ularni qurilish, ekspluatatsiya qilishdagi jami energetik mablag‘lar sarfini kamaytirishga erishish kerak.
Bunday vazifalarni hal etishda asosiy qurilish materiali hisoblangan beton va temir-betonga katta ahamiyat beriladi. Beton texnologiyasi va temir-beton sohasini rivojlanishini, uni ishlab chiqarish va ishlatilishini o‘sishi, bu sohadagi ilm-fan va texnikada erishilgan yutuqlar va qurilishni quvvatli industrial bazasini barpo etilishi bilan uzliksiz bog‘liq. Keyingi yillarda beton ishlarini bajarishning hamma bosqichlari: betonqorishmalarining tarkibini tanlashdan tortib, monolit konstruksiyalar sifatini nazorat qilishgacha mukammalashtirilgan.
Keyingi yillarda beton ishlarni bajarishning xamma bosqichlari: beton qorishmalarining tarkibini tanlashdan tortib monolit konstruksiyalar sifatini nazorat qilishgacha mukammallashtirilgan.
Beton qorishmalari va qotgan beton sifatining ekspluatatsion talablariga javob berishi katta axamiyatga ega. Beton qorishmasi tayyorlashni texnologiyasini tokomillashtirishning asosiy yo‘nalishi tavar beton ishlab chiqarishni markazlashtirishdan iboratdir. Bu beton zavodlarining quvvatidan samarali foydalanish, mexnat unumdorligini va beton sifatini oshirish imkonini beradi.
Kapital qurilishda material resuslarning umumiy narxini 25 % ga yaqin beton va temir - beton konstruksiyalariga to‘g‘ri keladi. Bu boshqa qurilish konstruksiyalarining narxi va xajmidan ancha yuqoridir. G‘ovak beton o‘zining fizik mexanik xususiyatlari, chidamliliga va ishlab chiqarishda texnik iqtisodiy samarodorligi xamda xom ashyo resuslarining etarli darajada ekanligi, beton xozir va kelajakda kapital qurilishda eng yuqori potensialga ega bo‘lgan qurilish materiallari bo‘lib qoladi.
Beton va g‘ovak betonning kelib chiqish va texnologiyasini rivojlanish.
XIX asrda quruvchilar bug'doy qonini tsement-ohak eritmasiga aralashtirdilar va eritma bilan reaksiyaga kirishib, ko'pik hosil qildi. Keyinchalik, ko'p miqdordagi ko'pikli moddalarni olishning murakkabligi tufayli ko'pikli beton tarqalmagan.

Beton eng qadimiy qurilish materiallaridan biri xisoblanadi. Eramizdan 3600 yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Xitoy devorining bir qismi, Xindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish inshootlarida beton ishlatilgan.


Hozirgi vaqtda Respublikamizda g‘ovak beton konstruksiyalarini g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi engil betonlardan tayyorlash talab qilinadi masalan, armatsement konstruksiyalari, g‘ovak va gazobeton. Bular ma’lum miqdorda konstruksiyalarni engillashtirish masalalarini xal qilmoqda. Konstruksiyalarni engillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko‘ndalang kesimining kamayishiga va ularni prolyotini uzaytirishga olib keladi. Siyosiy kuchlar ta’sirida bo‘lgan engillashtirilgan konstruksiyalar aloxida axamiyatga ega, ular ma’lum miqdorda dinamik kuchlarni so‘ndiradi.
G‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo‘llanmalar quyidagilar bo‘lishi kerak: to‘ldiruvchilarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mexnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli to‘ldiruvchilarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng qo‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; to‘ldiruvchilar xossalarini aniqlashda xom ashyo maxsulotlarining sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; chiqindiga chiqarmaydigan va resuslarni tejash texnologiyasini qo‘llash maqsadida foydalanish darkor.
Uy joy qurilishida g‘ovak beton maxsulotlari asosan yig‘ma temir - beton binolarida devor materiallari sifatida ishlatiladi. Yirik o‘lchamli elementlarga ega bunday uylarning asosiy konstruktiv sxemasi – bu tashqi o‘z-o‘zini ko‘taruvchi va qavatlararo yopmalar tayanuvchi ichki ko‘tarma devorli sxemalardir.
Ishlab chiqarish xajmini kengaytirish va raqobatdan maxsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora tadbirlar dasturiga muvofiq, 2017-2021 yillarda xisob kitoblar bo‘yicha qiymati 9 milliard 450 millon dollar bo‘lgan 520 dan ziyod investitsiya loyiha amalga oshirildi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling