Toshkent arxitektura qurilish universiteti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexlari


Download 0.69 Mb.
bet20/21
Sana16.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1667484
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Akramxonov diplom

4.2. Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexlari
sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.
Qurilishda sanitariya va mehnat gigiyenasi masalalari bir qator meyoriy hujjatlar asosida rejalashtiriladi. Bu hujjatlarda sanoat korxonalarini loyihalashtirishda mavjud sanitariya me’yorlari, “Sanoat korxonalari bosh rejasini loyihalash me’yorlari ”, “Qurilish tashkilotlarining yordamchi bino va xonalarini loyihalash bo’yicha ko’rsatma” va boshqalar kiradi. Bu hujjatlarning asosiy vazifasi sog’lom mehnat sharoiti yaratish yo’li bilan jarohatlanish va kasallikning oldini olishdan iborat. Ularda sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va foidalanish davrida sanitariya talablarini rejalashtirish chora tadbirlari berilgan.
Sanoat korxonalaridan ajralib chiqadigan va ishchi muhitga tarqaladigan har xil zaharli chang va zaharli gaz moddalarini odam uchun zaharsiz ruxsat etilgan miqdorini belgilab beradi. Shunday qilib qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi tozalik va ozodalik bo’yicha tadbirlar tuzishdan , korxonalarda sog’lom mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat.
Tashkilot hududidagi hojatxonalar isitish va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yuk bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlaridan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi.
4.3. Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish
sehlarida mehnat xavfsizligi.
Qurilish boshqarmalari va sanoat korxonalari tarkibida mehnat muhofazasini tashkil qilish va uni boshqarish bo’yincha maxsus xavfsizlik mavjud. Mehnat avfsizligi xizmzatini bevosita tashkilotning bosh rahbari chiqaradi. Jismoniy mehnat jarayonida inson mehnat quroli yordamida jisimga ta’sir etish yo’li bilan uning shaklini va mohiyatini o’zgartirishga erishadi. Bu mehnatning samarasi mehnat quroli va ishchining mohirligidan tashqari, ish joyining harorati va yoritilganligi, ozoda va saramjonligi, havoning musaffoligi shovqin - suronning yo’qligi va shunga o’xshash bir qator omillarga bog’liqki, bularning barchasi mehnat sharoitini ifodalaydi.
Davr talabi va mehnat jarayonlarini murakkablashib borayotganligi sababli, tashkilotlarda, qurilishda va sanoat korxonalarida mehnat xavfsizligini boshqarishda tashkil etishda zarurat tug’uldi. Mehnat xavfsizligini boshqarishning maqsadi mehnat muhofazasi qoidalarini ishchilarga yetkazish, uni ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.
Sement va to’ldiruvchilar omborida, beton quyish sexida ishlovchi ishchilar chang o’tkazmovchi markasi FR - 30, FR - 90 filtrlardan foydalanishi kerak. Shuningdek, alohida beshta kiyiladigan F 45 markali resperator, germetik ko’zoynak va mahsus kiyim-boshlar ishlatiladi.
Ishchilar rezinali oyoq-kiyim kiyishi, quloqqa tovush o’tkazmaydigan moslama taqishi, mahsus rezina qo’lqop kiyishi kerak.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonida mehnat havfsizligini ta’minlash asosan quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
- ish joylarikeng va ishlash uchun qulay bo’lishi
- elektr tarmog’i fazasi yerga ulangan bo’lishi
- ishlatiladigan asbob va uskunalar soz bo’lishi
-ish joyiga rezina gilamchalar to’shalgan bo’lishi kerak.
Bloklarni issiqlik bilan ishlov berish uchun bug’lash kamerasining qopqog’i germetik mahkamlanishi, shuningdek, kamerani ta’mirlash va tozalash uchun uning devorida tushish va chiqish ilgaklaribo’lishi kerak. Sexdagi tovush va shovqin miqdori 90 dbdan oshmasligi kerak. Qoliplar va buyumlarni ishlab turgan odamlar ustidan ko’tarib o’tish qat’iyan man qilinadi. Kerakli jihozlar va mexanizmlarga yorug’lik yoki tovush signali o’rnatilishi kerak. Ish joylari mahsus afisha va texnika xavfsizligi qoidalari plakatlari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. ko’pik beton ishlab chiqarish sehidagi Texnologik jarayonlarda ishlatiladigan barcha jihozlar, uskunalar, mashina va mexanizmlar doimo nazorat qilinib borilishi lozim. Korxona (sex) ishchi-xodimlari texnika havfsizligi qoidalari bo’yicha kerakli instruktajdan o’tgan bo’lishi kerak.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling