Mundarija
Kirish………………………………………………............................................
1.Texnologik qism……………………………………………………………
Mahsulot nomenklaturasi………………………………………………….
1.2. Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash…………………….……….
1.3. Korxonaning ish rejimi…………………………………………………….
1.4. Buyum turlari bo’yicha sex mahsuldorligini hisoblash ………………….
1.5. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga korxonaning talabini aniqlash….…….
1.6. Ko’pik beton tarkibini hisoblash…………………………………...……….
1.7. Texnologik linyanlari loyihalash…………………………………….…….
1.8. Texnologik uskunani tanlash va hisoblash………………………….…….
1.9. Penokonsentrat omborini hisoblash………………………………………
1.10. Toldiruvchilar omborini hisoblash………………………………………
1.11. Ko’pik beton qorish sexini hisoblash…………………………………….
1.12. Tayor mahsulotlar omborini hisoblash…………………………….……..
2. Hisobiy qism………………………………………………………..……….
3. Iqtisodiy qism……………………………………………………………..…
4 Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi……………………………….…..
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………..
KIRISH
O’zbekistonda so’nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik ko’lamlari tobora kengayib bormoqda.
Ko'pikli beton —sement, qum, suv va ko'pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topgan eritmaning qotishi natijasida butun hajmi bo’ylab yopiq kovaklar (ko’piklar) hosil bo’lishi hisobiga kovakli tuzilishga ega bo'lgan uyali beton.
Bunday betonlarda kovaklarning bir qismi ko'pik hosil qiluvchi qo'shimchalar bilan yaratiladi. Ko'pikli betonning mustahkamligi xom ashyoning hajmli og'irligiga, turi va xususiyatlariga, shuningdek, issiq-namlik bilan ishlov berish rejimlariga va betonning namligiga bog'liq. Uyali beton sement bog’lovchisi asosoida ishlab chiqariladi. Shuning uchun u uzoq vaqt davomida mustahkamlikga ega bo'lishi davom etadi. 40-50 yildan keyin avtoklav bo’lmagan uyali beton konstruksiyalarni o'rganish, ular nafaqat foydalanish uchun yaroqli, balki markali betonga nisbatan 3-4 marta mustahkamligi balandligi aniqlangan. Qo'shimchalar jamlanmasini kiritilishi betonning mustahkamligini oshiradi, suv sarfini va quriganida cho’kishini kamaytiradi, suv va sovuqqa chidamliligini oshiradi, muvozanat namligini va ekspluatatsion issiqlik o'tkazuvchanligini pasaytiradi
"Penostrom" va "Morpen" ko'pik hosil qiluvchisini ishlatish mumkin. - "Penostrom" sintetik ko'pik hosil qiluvchi modda past qatlamli turg'un ko'pikni hosil qilish, ko’pikbetonni ishlab chiqarish, shuningdek yengil devor va pardozlash materiallarini ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. - "Morpen" past toksik, qiyin yonuvchi va GOST 12.1.007-76 talablari bo'yicha IV darajadagi zararli moddalarning ekologik jihatdan kamroq xavfli moddasi hisoblanadi. Ko'pik hosil qiluvchi modda ishlab chiqaruvchilarining asosiy texnik xususiyatlari pasport ma'lumotlari bo'yicha quyiadgi jadvalda keltirilgan. Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib keldi va “Shaffof qurilish” axborot tizimi ishga tushdi. Natijada:
- qurilish sohasida axborot-texnologiyalar rivojlantirish Markazi tashkil etildi;
- yuridik va jismoniy shaxslarga keng foydalanish imkonini beruvchi “O’zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geoaxborot tizimi joriy qilindi;
- qurilish-montaj ishlarida tizimli nazorat o’rnatilib, qurilishning barcha bosqichlarida nazorat qilishning aniq mexanizmlari va ijro hujjatlarini yuritishning elektron onlayn tizimi yaratildi;
- shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini elektron hujjatlar almashinuvi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish tizimi joriy etildi;
- vazirlik tizimidagi tashkilotlar zamonaviy kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlandi.
Qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish va qurilish ishlari sifatini oshirish maqsadida:
- qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini baholash reytingi joriy etildi;
- tashkilotlarning ixtisoslashuvi, qurilish-montaj ishlari turlari, doimiy ishlaydigan ishchi-xodimlar soni, asosiy ishlab chiqarish vositalari to’g’risida ma’lumotlarning yagona elektron bazasi joriy etildi;
- qurilish-pudrat tashkilotlari ishchilarini qayta tayyorlash va kasbga o’qitish bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslari, kasb-hunarga ega bo’lganligi to’g’risida sertifikatlar berish ko’zda tutilyapti.
Shu o’rinda bir jihat e’tiborni tortadi. Keyingi yillarda xorijiy kompaniyalarning qurilishning xamirturishi hisoblangan sementga bo’lgan taklifi ortib boryapti. Ayni kezda yurtimizda ham mazkur mahsulotni ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu yo’nalishga ixtisoslashgan 29 ta korxona bo’lib, ularning yillik quvvati yil oxiriga borib 20 million tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. Tez orada yana 10 dan ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlarida barpo etiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ham 2020-2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo’yicha umumiy qiymati 500 million dollar bo’lgan investitsiya loyihalari ishga tushiriladi. Buning natijasida umumiy quvvati 3 million tonna bo’lgan Qorao’zak tumanidagi "Qarataw Cement Plant" va Beruniy tumanida joylashgan "Caris Karakalpak cement" MChJ XKlaridir. E’tiborli jihati shundaki, yangi sement zavodlari energiya tejamkor, muqobil energiya manbaida ham ishlaydigan, ekologiyaga ta’siri kam bo’lgan texnologiyalar bilan jihozlanmoqda.
Keyingi yillarda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirildi. Korxonalarda “raqamli texnologiyalar”ni qo’llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasida oshirildi. Qurilish materiallari sohasida yangi yo’nalishlar rivojlantirilib, bunga xorijiy investorlar keng jalb qilindi. Yetakchi xorijiy davlatlar qurilish sohasining rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, yangi mahsulotlarni o’zlashtirish va innovatsiyani jalb qilish o’z samarasini bera boshladi.
Yildan-yilga qurilish materiallariga bo’lgan talabning ortib borishini inobatga olib, joriy yilda arxitektura-qurilish oynasini 23 million, kv.m, sementni 14,5, keramik plitkani 32 million kvadrat metrga, sanitar-texnik buyumlarni 650 ming dona, issiqlik izolyasiyasi materiallarini 67 tonna, 2,6 million o’ram, gazobeton bloklarini 1 million kub metrga yetkazish rejalashtirilgan.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, joriy yilda mamlakatimizda shu kungacha ishlab chiqarilmagan: gazobeton bloklari, gulqog’oz, keramogranit, quyma pol, 600 markali sement, geosetka, penoblok, shisha kristallit, kompozit va DSP ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Yurtimizning drayver sohalaridan biri bo’lgan sanoat qurilish mahsulotlari sohasining bugungi kundagi tendensiyalari, uning O’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni ham katta. Shu bois mazkur yo’nalishdagi izlanishlar va rivojlanishlar jarayonlarini izchil taraqqiy ettira borish bugungi kun va yaqin kelajakdagi eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.
Texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari darajasi bo’yicha beton va temir-beton dunyoda qurilish buyumlari ishlab chiqarish tizimida xanuzgacha asosiy konstruksion material bo’lib qolmoqda. Noyob xossalarga egaligi sababli ularlardan foydalanish sohalari kengayib bormoqda va shu bilan birga ko’pgina xollarda konstruksiyalar tayyorlashda qimmat bo’lgan metallning ham o’rnini egallamoqda.
Beton va temir-betondan foydalanish qurilish texnologiyalari sohasida ko’pgina yutuqlarga erishish va shu bilan birga chidamli, pishiq-puhta, ulkan, nodir bino va inshootlarni barpo etish imkonini bermoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini g'ovak to'ldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Bular ma'lum miqdorda konstruksiyalarni yengillashtirish masalalarini hal qilmoqda. Konstruksiyalarini yengillashtirish arrnatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalar ko'ndalang kesimining kamayishiga va ularning prolyotini uzaytirishga olib keladi. Seysmik kuchlar ta'sirida bo'lgan yengillashtirilgan konstruksiyalar alohida ahamiyatga ega. Ular ma'lum miqdorda dinamik kuchlarni so'ndirdi. Beton texnologiyasi va yig'ma temir-beton konstruksiyalar ish labchiqarishni rivojlantirishda asosiy yo'lanmalari quyidagilar bo'lishi kerak: yig'ma temir-beton konstruksiyalarining sifat darajasi va samarasini oshirish; ish lab chiqarishda mehnat va metall sarfini kamaytirish; bog'lovchi moddalarning samarali turlari, armatura po'latlari, yuqori sifatli to'ldiruvchilar va kompleks kimyoviy qo'shimchalami ko'plab ish lab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarish; konstruksiyalaming og'irligini kamaytirish va o'lchamlarini kattalashtirish; beton va temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlami keng ko'lamda tatbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalami, robotlami, manipulyatoriami ishlatish; betonlaming xossalarini aniqlashda mahsulotlaming
sifatini boshqarish va nazorat sistemasining eng sifatlisini qo'lIash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslaming tejash texnologiyasini qo'lIash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko'lamda qo'llash; ishchi, energiya va material resurslari tejamkoriigini oshirish maqsadida ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish darkor. Qurilish materiallari sohasida yangi yo’nalishlar rivojlantirilib, bunga xorijiy investorlar keng jalb qilindi. Beton va temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qurilish ishlari samaradorligi va sifati bo’yicha talablar qo’yiladi.
|
Ma’lumki, bugungi kunning eng dоlzarb muammоsi - har tоmоnlama rivоjlangan, mustaqil fikrlaydigan, raqоbatbardоsh kadrlarni tayyorlashdir.
Qurilish texnikasining hоzirgi taraqqiyot sharоitida har bir kishi o’z malakasini muttasil оshira bоrmasa, ilg’оr texnоlоgiyani, shuningdek ishlarni tashkil etishning eng qulay yo’llarini bilib-o’rganib оlmasa, yaxshi quruvchi bo’lishi qiyin. Har bir o’quvchi o’z kasbinn puxta egallab оlishi va o’z ishida qurilishning ilg’оr usullaridan ijоdiy fоydalana bilishi, ularni rivоjlantira va takоmillashtira bоrishi, qurilish qiymatini kamaytirish, mehnat unumdоrligini оshirish yo’llarini tinmay izlashi kerak.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimiz mentaliteti, axoli tarkibiy va o’sishiga ko’ra dunyoning biron-bir mamlakatiga aslo o’xshamaydigan O’zbekiston uchun taraqqiyot borasida o’ziga xos yo’l talab qilinar edi.
Mustaqillik yillari davomida qo’llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O’zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va o’z mavqyeiga ega bo’ldi.
Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import o’rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bo’lgan qo’l ostimizdagi o’z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir[1].
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo’lgan shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o’z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Qurilish, moddiy ishlab chiqarish tarmog’i sifatida, avvalo ishlab chiqariladigan mahsulotning xarakteri, ya'ni uning ko’chmasligi, o’lchamlari kattaligi, serqirra va murakkabligi bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Qurilish mahsuloti ko’p mehnat va kapital sarf-harajatlarni talab qiladi, uni ishlab chiqarish sikli uzoq muddatlidir, ya'ni uni ishlab chiqarishga soat yoki daqiqa emas, balki hatto 10, 20 kundan kam ko’p vaqt talab qilinadi. Shuningdek, qurilishda qo’llaniladigan asbob-uskunalar va mehnat predmetlari o’ziga xos turda va tarkibda bo’lishidan tashqari, ular harakatlanuvchi ham bo’ladi. Ishlab chiqarish sikliga qarab qurilish mahsulotining shakli va tayyorligi turlicha bo’ladi.
Tayyor qurilish mahsuloti-bu qurilgan va buyurtmachiga belgilangan tartibda topshirilgan asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridir (korxonalar, elektrostansiyalar, shaxtalar, uylar, maktablar, shifoxonalar v boshqa ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish ob'ektlari). Qurilish mahsuloti o’zining ekspluatatsiya maqsadidan tashqari takror ishlab chiqarish funksiyasini ham bajaradi va xalq xo’jaligining asosiy fondlarini yangilash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Sanoat qurilishi–mavjud sanoat korxonalarini kengaytirish, qayta ta'mirlash va texnik qayta jihozlash hamda yangilarini qurish, shuningdek, yordamchi sanoat ishlab chiqarishlarini qurishdir. Masalan, mashinasozlik va metallurgiya zavodlarini qurish, neft, gaz, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari korxonalarini qurish. Sanoat qurilishi ko’p jihatdan industriyalashtirishning ko’lami va sur'atlarini, texnik taraqqiyot darajasini belgilab beradi.
Qurilish ishlab chiqarishining xarakteri ham tubdan o’zgarib bormoqda. Og’ir qo’l mehnati yirik va mayda mexanizatsiya vositalari tomonidan tobora siqib chiqarilmoqda. Quruvchi-montajchilarning qurilish maydonchalaridagi mehnati industrial mehnatning bir turiga aylanib bormoqda. Qurilish ishlab chiqarishining texnik jihozlanganlik darajasi ortib borgan sari, jonli mehnat sarflari kamayib, yengillashib boradi, bundan tashqari, uning unumdorligi ortadi, qurilishning muddatlari qisqarib, uning sifati yaxshilanib boradi.
Qurilishning asosiy ishlab chiqarish bo’g’inlari-bu qurilish boshqarmalari, montaj boshqarmalari, qurilish-montaj boshqarmalari, ko’chma mexanizatsiyalashgan kolonnalar yoki ixtisoslashgan mexanizatsiyalashgan kolonnalar, uy-joy va zavod qurish kombinatlari, pardozlash ishlari boshqarmalari, ko’prik qurilishi otryadlari, ishga tushirish-sozlash boshqarmalari va hokazolardir. Ularning ko’pchiligiga boshqaruvning yuqori pog’onasi sifatida tegishli trestlar boshchilik qiladi. Hozirgi paytda, hukumatimizning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to’g’risidagi qarorlariga muvofiq, xususiy qurilish firmalari tarmog’ini tashkil qilish va rivojlantirish, qurilishni bir-ikki pog’onali boshqaruv tizimiga o’tkazish masalalari ilgari surilmoqda.
Ta'kidlash joizki, qurilishning quyi ishlab chiqarish bo’g’inlari ba'zan sanoatdagi zavod yoki fabrikalar bajaradigan ishlab chiqarish funksiyalarini bajarmoqdalar. Aynan shu tashkilotlar asosiy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaradilar va shu tariqa kapital qurilish oldiga qo’yilgan asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish vazifalarini birinchi bo’lib bajaradilar. Shuning uchun qurilishning xalq xo’jaligining bir tarmog’i sifatidagi faoliyatining ko’rsatkichlari va samaradorligi ko’p jihatdan ushbu birlamchi qurilish tashkilotlarining faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |