Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti Muhandislik qurilish infrostrukturasi fakulteti
Download 28.9 Kb.
|
IIIII
Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti Muhandislik qurilish infrostrukturasi fakulteti “Qurilish Materiallari va Kimyo” Kafedrasi “Ikkilamchi resurslar asosida qurilish materiallari va buyumlari” Fanida MUSTAQIL ISH Mavzu: QURLISH MATERIALLARI SANOATIDA O’ZNING CHIQINDILARINI ISHLATISH QAZILMA VA QAYTA ISHLANGAN QOPLAMA VA ARRALANGAN TOSHLAR CHIQINDILARI SOBIROV OG’ABEK 112-20 GURUH
1. Tog‘ jinslarí va ulaming sinflari 2. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish 3.Tabiiy tosh materiallari va buyumlarning xossalari va turlari Tog‘ jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yo‘li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yo‘llar bilan) olinadigan qurilish materiallari tabiiy tosh materiallar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog‘ jinsining fizik-mexanik xossalarini qariyb to‘la saqlab qoladi. Tog‘ jinslari yer qobig‘ini yuzaga keltiruvchi mustaqil geologik jinslami hosil qiladigan, m a’lum darajada o‘zgarmas tarkibli minerallarning tabiiy agregatlaridan iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog‘ jinslari oddiy yoki monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog‘ jinslari esa murakkab, yoki polimineral jinslar deb ataladi. Mineral (lotin tilida minera — ruda) — kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo‘yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, yer qobig‘ida sodir bo‘ladigan har xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo'ladi. Har qaysi mineral ma’lum kimyoviy tarkib va fizik-mexanik xossalar bilan tavsiflanadi. Tabiiy tosh materiallar qurilishda keng qo‘llaniladi, ular mineral bog‘lovchi moddalar va sun’iy tosh materiallari olish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Kelib chiqishi bo'yicha tog‘ jinslari magmatik (otqindi), cho‘kindi va metamorfik kabi uch guruhga bo‘linadi. Magmatik tog' jinslari olovli suyuq massa — magmaning sovishi natijasida hosil bo'lgan. Magma yer qobig'ini yorib chiqib yer/yuzasida yoyiladi yoki yer qobig'i ustida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chuqurlikda sovigan (intruziv) va otilib chiqib sovigan (effuziv) jinslarga bo'linadi. Chuqurlikdagi tog ‘ jinslari (granitlar, siyenitlar, diorit va boshqalar) yuqori qatlamlarning bosimi ostida yer qobig'ida magmaning sekin sovishi natijasida hosil bo'lgan. Bunday sharoitlarda tog' jinslari bir tekis kristallik strukturaga ega bo'ladi, buning natijasida turli kristallarning yirik donalari o'zaro bitta bo'lib qo'shilib ketadi. Otilib chiqib oqqan tog‘ jinslari (bazaltlar, andezitlar, diabaz va boshqalar) magmaning yer yuzasida tez soVishi natijasida hosil bo'ladi. Bunday sharoitlarda sovigan magma to'liq kristallanmaydi. Hosil bo'lish sharoitlariga qarab, otqindi tog' jinslari mayda donador, yashirin kristallik yoki amorf tuzilishga ega bo'ladi . Agar yopishqoq magmadan gazsimon mahsulotlar sekin ajralib chiqqan boMsa, unda g'ovakli yoki pemzasimon struktura hosil bo'ladi. Bundan tashqari, otqindi tog' jinslari jumlasiga chaqiq jinslar ham kiradi. Ular vulqon otilib chiqqanda yer yuzasiga chiqarib tashlangan, maydalangan lavaning juda mayda zarrachalaridan hosil bo'ladi. Bu qatlamlar yumshoq holatda (vulqon kuli, pemza) qolgan yoxud sementlovchi tabiiy moddalar mavjud bo'lganda va yuqorida yotgan qatlamlaming bosimi ostida sementlangan zich jinslar (vulqon tufi) ga aylangan. Cho‘kindi tog' jinslari ko'pincha ikkilamchi tog' jinslari deb yuritiladi. Ular otilib chiqqan (birlamchi) va boshqa tog' jinslarini tashqi sharoitlar ta’siri ostida yoki qandaydir muhitdan moddalaming cho'kishi natijasida yemirilishi (nurashi)dan hosil bo'ladi. Hosil bo'lish xarakteri va tarkibiga ko'ra cho'kindi tog' jinslari chaqiq jinslarga (mexanik qatlamlar), gilli, shuningdek, xemogen va organogen jinslarga bo'linadi. Chaqiq jinslar (mexanik yotqiziqlar) — haroratning kes/d n o'zgarishi, suv va shamol ta’sirida otqindi va boshqa tog' jinslarining mexanik yemirilishidan hosil bo'lgan dag'al mahsulotlardir (brekchin, konglomeratlar, qum va boshqalar). Ular yemirilgan birlamchi tog' jinslarining alohida donalaridan tashkil topgan g'ovak aralashmadan iborat; ba’zi hollarda g'ovak aralashmalar turli tabiiy moddalar bilan birikib, sidirg'a tog' jinslari hosil qiladi. Gilli jinslar — silikat va alyumosilikatli minerallar tog' jinslarining chuqur kimyoviy o'zgarishi natijasida yangi mineral turlariga o'tgan dispers mahsulotlardir. Xemogen jinslar (kimyoviy cho'kindilar) — suv eritmalardan mineral moddalar cho'kkanida hosil bo'lgan va keyinchalik zichlangan hamda birikkan tog' jinslarid Metamorfik yoki ko‘rinishi o‘zgargan tog‘ jinslari cho‘kindi yoki magmatik tog‘ jinslarining yuqori harorat, yuqori bosim va boshqa omillarning ta’sirida o‘z ko'rinishlarini o‘zgartirishlari natijasida yer po‘stining qalinligida hosil bo‘lgan. Bunday sharoitlarda minerallar erimasdan qayta kristallanadi, bu esa hosil bo‘lgan jinslar zichligining dastlabki jinslar zichligiga nisbatan ortishiga yordam beradi. Odatda, metamorfik tog‘ jinslari slanets tuzilishiga ega bo‘ladi, lekin birlamchi jinslar strukturasini saqlab qolishlari mumkin. Tosh materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun awalo tog‘ jinsini qazib olish va unga ishlov berish zarur. Tosh qazib olish. Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan tog‘ jinslarini qazib olish usullari ulaming joylashish sharoitlari, mustahkamligi va qattiqligi, shuningdek, yasaladigan buyumlaming shakli hamda o ‘lchamlariga bog‘liq. Tog‘ jinslari uncha chuqur joylashmalgan yoki yer yuzasiga yaqin joylashgan hollarda ulami qazib olish ochiq usulda olit/ boriladi. Chuqur joylashgan tog‘ jinslari tosh maydalanadigan joylar yoki shaxtalarda yerosti usulida qazib olinadi. Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun m o‘ljallangan zich tog‘ jinslari, odatda, portlatish usulida qazib olinadi, lekin tog‘ jinslaridan katta o'lchamli plitalar va bloklar tayyorlashda ushbu usul qo'llanmaydi, chunki jinslarda darzlar paydo bo‘lishi mumkin. Alohida bloklar massivdan tosh tarashlash va qo‘porish mashinalari, shuningdek, maxsus asboblar yordamida arra22-rasm. Toshga pnevmatik asbob bilan lab yoki sindirib olinadi. ishlov berish. Oson ishlov berish mumkin bo'lgan tog‘ jinslari, masalan, tuf va ohaktoshchig‘anoqtoshlar toshtaroshlash mashinalari yordamida mexanizatsiyalashgan usulda qazib olinadi. Mashinalaming qirquvchi elementlari ko‘ndalang va tik qo‘yma keskichli disk arradan iborat. Toshtaroshlash mashinasi kon bo‘ylab rels yo‘lda yuradigan aravachaga o ‘matiladi. Uchta o ‘zaro perpendikulyar tekislikda joylashadigan disk plitalar yordamida zarur o‘lchamdagi va geometrik shakldagi bloklar massivdan arralab olinadi. Ochiq usulda qazilganda Galanin qurilmasi asosida ishlab chiqilgan toshtaroshlash mashinasi yaxshi ishlaydi. Yirik bloklami arralab oladigan toshtaroshlash mashinalari ham mavjud. Maydalanadigan tog‘ jinslari (qum, shag‘al, gil) bir va ko‘p kovshli ekskavatorlar va|boshqa mashinalardan foydalanib, ochiq usulda qazib olinadi. Tog‘ massividan ajratib olingan katta o ‘lchamli toshlarga ishlov berish natijasida tosh zarur shakl va o‘lchamlarga, ustki yuzasi esa belgilangan holatga keladi. Toshga, odatda, maxsus zavodlarda mexanizatsiyalashgan usulda ishlov beriladi. Qoplama toshlarga ishlov berish, ayniqsa, sermehnat va murakkab ishdir. U quyidagi asosiy bosqichlami o ‘z ichiga oladi: tosh bloklarini talab etilgan qalinlikda plitalar va bo'laklarga arralash; plitalar va bo‘laklami berilgan o ‘lchamlarda qirqish, profillash va faktura bezak berish va hokazo. Toshga ishlov berish uchun har xil qurilmadagi ko‘chmas stanoklardan, shuningdek, ixcham pnevmatik asbobdan foydalaniladi. Qurilish maydonchalarida bu asbob vositasida qoplama ishlami bajarishda detallaming kerakli joylari jilvirlanadi. Tabiiy tosh materiallarining xossalari. Tabiiy tosh materiallarining turli-tuman fizik-mexanik xossalari ichida zichligi, siqilishga mustahkamlik chegarasi, sovuqqa chidamliligi ajratib ko'rsatiladi. Bu xossalaming qiymatiga ko‘ra materiallar sifati baholanadi va markalarga bo‘linadi. Quruq holatdagi zichligi bo‘yicha tosh materiallar og‘ir (1800 kg/m3 dan ortiq) va yengil (1800 kg/m3 dan kam) guruhlarga bo‘linadi. Tosh materiallariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: Tosh materiallari mustahkam, chidamli, issiq o'tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Toshning mustahkamligi uning markasi bilan belgilanadi. Toshlaming markasi ulardan tayyorlangan namunalaming siqilishdagi muvaqqat qarshiligi bo‘yicha aniqlanadi, g‘ishtning markasi esa uning siqilishdagi va egilishdagi mustahkamligi bo‘yicha belgilanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo'linadi: yuqori mustahkam (M300—1000); o ‘rtacha mustahkam (M35—250); mustahkamligi past (M 4-25). Sovuqqa chidamliligi bo'yicha tosh materiallarining SCh 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200 va 300 markalari mavjud. Bunda raqamlar namuna chidaydigan muzlatish va eritish bosqichlari sonini bildiradi.Suvga chidamlilik darajasi bo'yicha (yumshash koeffitsienti/bo'yicha) materiallar — 0,6; 0,75; 0,9 va 1 ko'rsatkichlari bilan guruhlarga bo'linadi. Yo'l qoplamalari, sanoat binolarining pollari uchun mo'ljallangan materiallarga qo'shimcha talablar qo'yiladi (ishqalanib yedirilish, yeyilishga yuqori chidamlilik va boshqalar). Qoplama plitalar tayyorlanadigan tabiiy tosh uchun tashqi ko'rinishi va rangi katta ahamiyatga ega. U yoki bu tosh materiallar va buyumlar uchun tog' jinslari namunalarini sinash natijalari tashqi ko'rinishini baholash, shuningdek, foydalanish sharoitlarini hisobga olib tanlanadi. Tabiiy tosh materiallar va buyumlaming turlari. Qurilishda tabiiy tosh materiallar va buyumlaming quyidagi turlaridan foydalaniladi: xarsangtosh, devorbop toshlar va bloklar, qoplama tosh va plitalar, tomga yopiladigan plitka va boshqalar. Qurilishda xarsangtoshdan tog' jinslari noto'g'ri shakldagi bo'laklar (qo'porilgan xarsangtosh) yoki noto'g'ri plitalar ko'rinishida ishlatiladi. Qo'porilgan xarsangtosh cho'kindi tog'jinslaridan (ohaktosh, dolomit, qumtoshlar) portlatish usulida, plitalar esa qatlamli tog' jinslaridan ponalar va urib harakatga keltirilgan mexanizmlar va boshqalar yordamida qazib olinadi. Alohida xarsangtoshlar massasi 20—40 kg atrofida o'zgaradi. Xarsangtoshning siqilishga mustahkamlik chegarasi kamida 10 M Pa bo'lishi, yumshatish koefiitsienti esa 0,75 dan past bo'lmasligi kerak. Unda darz qatlam va qurilish xossalarini pasaytiruvchi uvalanadigan qatlamlar bo'lmasligi kerak. Devor toshlari va bloklari ohaktoshlardan, vulqon tuflaridan va zichligi ohaktoshlardan, vulqon tuflaridan va zichligi 2200 kg/m 3 gacha bo'lgan boshqa tog' jinslaridan tayyorlanadi. Dastaki terish uchun mo'ljallangan toshlar o'lchami 390x190x190 mm, mexanizatsiyalashgan usulda terish uchun moslangan yirik bloklaming o'lchamlari esa jinsning mustahkamligi va ko'targich (kran)laming yuk ko'tarish quwatiga asoslanib belgilanadi. Toshlar va bloklaming to'g'ri geometrik shakli va talab etiladigan o'lcham lari, odatda, ulami toshtaroshlash mashinalari yordamida massivdan arralab olish yo'li bilan hosil qilinadi; sindirib, donalab tayyorlangan toshlar deyarli kam ishlatiladi. Devor toshlari va bloklarining ustki yuzasi manzaralik talablariga iavob berishi kerak. Devor toshlari va bloklari tayyorlash uchun ishlatiladjgan tog' jinslarining siqilishga mustahkamlik chegarasi 25 M Pa dan past, sovuqqa chidamliligi SCh 15 dan va yumshash koefiitsienti 0,6 dan kichik bo'lmasligi kerak. Qoplama toshlar va plitalar arralangan va yo'nilgan bo'ladi MAVZU BO’YCHA TEST TOPSHIRIQLARI 1.TABIY TOG’ JINSLARI QANDAY YO’L BILAN OLINADI? A)MEXANIK USULDA B)KIMYOVIY USULDA C) HAR QANDAY USSULDA 2. Mineral LOTIN TILIDA OLINGAN B/B NIMA DEGAN MA’NONI BERADI? A)MINERAL B)JISM C)RUDA 3. Chuqurlikdagi tog ‘ jinslari (granitlar, siyenitlar, diorit va boshqalar) yuqori qatlamlarning bosimi ostida yer qobig'ida magmaning sekin sovishi natijasida nimani hosil qilgan? A) granitlar, siyenitlar B) A va C javob to’ri C) diorit va boshqalar 4. Otilib chiqib oqqan tog‘ jinslari qaysilar? A) bazaltlar B) andezitlar C)3ta javob tog’ri 5. Cho‘kindi tog' jinslari ko'pincha …………..deb yuritiladi. A) ikkilamchi tog' jinslari B)METAMORFIK C) POLIMER 6. Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo‘ljallangan zich tog‘ jinslari, odatda, qanday usulida qazib olinadi? A) Portlatish B)KESISH C)MAYDALASH 7. Tosh materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun awalo tog‘ jinsini qazib olish va unga …….berish zarur? A)ISHLOV B)EZISH C)BOYTISH 8. Oson ishlov berish mumkin bo'lgan tog‘ jinslari, masalan? A) tuf va ohaktosh B)KVARTS C)KERAMIX 9. 0 ‘zbekistonda qancha dan ortiq marmar konlari bor? A)30 B)55 C)102 10.Tabiy tosh materiallining yuqori siqilishga mustahkamlik qancha? A)M(300-1000) B)M(150-400) C)M(200-1500) 11. Kimyoviy cho‘kindi: A) ohaktosh, dolomit B) magnezit, gips, angidrit C)hamma javob to’ri 12.Ekologik muozanatninh buzlishiga olib keladigan omillardan biri A) Tog’ konlariI B) Suv tanqisligi C) Sanoat chiqindilari 13. Bazalt qanday tog’ jinsiga kiradi? A)qattiq nozik B)yumshoq C)g’ovakli 14. Bazaltning siqilishdagi mustahkamligi A)15-55MPa B)30-200MPa C)100-500MPa 15. . Dastaki terish uchun mo'ljallangan toshlar o'lchami ? A)390x190x190mm B)520x480x420mm C)210x250x300mm Download 28.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling