Toshkent arxitektura-qurilish universiteti texnologiya fakulteti


Download 69.57 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi69.57 Kb.
#1737009
  1   2   3
Bog'liq
Falsafa mustaqil ish

Reja:

1. Islomda nikohning o’rni

2. Islomda er-xotin munosabatlari

3. Oilada er-xotinning o’rni


Nikoh masalasi har bir kishi, oila, jamiyat va davlat, butun insoniyat uchun muhim ekanini xamma biladi. Chunki bu amaliy hayotda o‘ta muhim bo‘lib, halol va haromga, oila tashkil qilishga, kelajak avlod - farzandlarimizning dunyoga kelishiga va uning tarbiyasiga bog‘liq masaladir. Shuningdek, u er-xotinlarning haq-huquqlari va majburiyatlari, ularga amal qilish, oilani tashkil etish, boshqarish, qolaversa, saodatli qilish bilan bog‘liq masaladir. Agar oilalar jips, baquvvat, baxtli bo‘lsagina jamiyat xam jips, baquvvat, baxtli bo‘lishi o‘z-o‘zidan ayondir.

Musulmonlar boshqa ishlar kabi oila masalasida ham ko‘ngliga kelgan narsani, turli bid’at - xurofotlarni yoki qandaydir odamlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun-qoidalarni o‘zlariga ko‘rsatma yoki qo‘llanma deb bilmaydilar. Musulmonlar bu nozik ishda ham o‘z Xoliqlari, butun olam tarbiyachisi - Alloh subhanahu va taoloning amriga, Uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga qat’iy amal qiladilar. Chunki oila ilohiy ko‘rsatmalar, nabaviy ta’limotlar, diynu diyonat, fazilatli axloq asosida qurilgandagina mustahkam va baxtli bo‘la oladi. “Allox taolo maxfiy va oshkor ishlarimni ko‘rib turibdi, qalbimni, tilimni va a’zolarimni iffatli tutay”, - degan kishilarning oilalarigina saodatli oila bo‘la oladi.

Ana shunday oilalargina mustahkam, xotirjam, qarorli, sabotli, xar turli kelishmovchilik va badbaxtliklardan uzoqda bo‘ladi. Ana shundagina nikohdan ko‘zlangan oliy maqsadga erishiladi, olijanob nasllar etishtiriladi, bashariyat muhofaza kilinib, uning sofligi saqlanib qoladi. Alloh taolo olamdagi barcha narsalarni juft-juft qilib yaratgan. Bu haqda Qur’oni karimda alohida oyati karimalar nozil bo‘lgan. Jumladan: “Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik”. (Zoriyat surasi 49-oyat)

Haqiqatan, hayvonot, nabotot (o‘simlik) dunyosidan tortib parranda-darrandalarning hammasi erkak-ayol jinslardan iborat bo‘lib, ilohiy qonun-qoidalarga binoan tabiiy ravishda nasl qoldirish harakatida bo‘ladilar. Bular ichida insoniyat dunyoda o‘zi uchun eng oliy maqomni egallaganligi bilan yashash, turmush qurish, zurriyot qoldirish hususida o‘ziga xos yo‘ldan boradi. Zero, inson aqlli mavjudot. U aql-idrokidan tashqari o‘zi e’tiqod qilgan din ahkomlariga ham amal qilgan holda yashaydi.


Download 69.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling