Toshkent arxitektura-qurilish universiteti texnologiya fakulteti


Download 69.57 Kb.
bet2/3
Sana01.11.2023
Hajmi69.57 Kb.
#1737009
1   2   3
Bog'liq
Falsafa mustaqil ish

Oila, er-xotinlik munosabatlari dinimizda muqaddas rishta hisoblanadi. Bu rishtani bog‘lash, oila barpo qilishda katta maqsadlar ko‘zlangan. Shu sababdan har ikkala tarafga ham o‘ziga yarasha mas’uliyatlar, burchlar, vazifalar yuklatilgan. Avvalo, oila qurishdan maqsad nimaligini tushunish lozim. Shariatimizda har bir ishdan ko‘zlangan maqsad bor. Dinimizda insonning hayoti, aqli, dini, sha’ni va molini muhofaza qilish muhim hisoblanadi va shunga yarasha ahkomlar joriy qilinadi. Oila qurishdan maqsad – iffatni saqlash, ya’ni ikkala tomon ham bir-birlarining iffatlarini saqlashlari kerak bo‘ladi. Yana bir asosiy maqsad esa nasl qoldirish. Tinch-totuv oila bunyod etish ham maqsadlardan biri bo‘lib, oila tinch bo‘lsa – jamiyat ham tinch-totuv bo‘ladi. Jamiyatning salohiyatli bo‘lishi oilalarning salohiyatli bo‘lishiga bog‘liq.

  • Oilada er va ayolning o‘ziga xos mushtarak burch va vazifalari bor: nikohlanib, halol hayot kechirish, bir-biriga nisbatan Allohdan qo‘rqqan holatda munosabatda bo‘lish lozim. Oilada erkakning o‘z ayoli oldidagi burchi ikki qismga bo‘linadi: moddiy va ma’naviy burchlar. Moddiy burchlarga ayol kishining ta’minoti nazarda tutiladi. Bu ayolga mahr berishdan boshlanib, oila qurilgach, uning barcha ehtiyojlari: yemak-ichmak, kiyim, maskan, agar qurbi yetsa, ayol uy yumushlarida qiynalib qoladigan bo‘lsa, uni yordamchi bilan ta’minlash, uy jihozlari, ozodalik uchun kerakli anjomlar bilan ta’minlash erkakning zimmasidagi burch hisoblanadi. U o‘z ayoli uchun bularni og‘rinmasdan amalga oshirishi kerak.
  • Ayol kishining o‘z eri oldidagi burchlarining asosi – uning itoatida. Erining ruxsatisiz nafl ro‘zasini tutmaslik, eri yoqtirmagan kishilarni uyiga kirgizmaslik, uydagi narsalarni uning iznisiz birovga bermaslik, erining sirlarini muhofaza qilish, uydagi oila ahli, bola-chaqalarini muhofaza qilish ayolning oldidagi vazifalardir.
  • Ikki tomon ham bir-birining yaqinlari, oila a’zolariga o‘zaro hurmatni saqlashi, yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu holat ko‘pincha erkaklar tomonidan buziladi. Ayol erning xonadoniga borgach, uning oila a’zolari va yaqinlarining hurmatini joyiga qo‘yadi, aks holda tezda nizo chiqadi. Shunga yo‘l qo‘yadigan ayollar ham uchraydi, bu esa erning ko‘nglini qoldirib, oraga sovuqchilik soladigan sabablardan biridir. Ayol o‘z ota-onasi, yaqinlari bilan ko‘rishishni istaganda er tomonidan taqiqlash, yo‘l bermaslik ham ko‘zga tashlanadi. Bu ham katta xato: ota-onaning maqomi qanchalik ulug‘ ekani ta’kidlanib, ularga yaxshilik qilishga buyurilgan. Shunday ekan, turmush qurish bunga monelik qilmasligi lozim. Qolaversa, dinimizda silai rahm ulug‘lanadi. Bordi-keldi chegaralangan taqdirda ham, ayolning yaqinlari bilan aloqani uzishga qarshilik bo‘lmasligi kerak.
  • Oilada er va xotinga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq va huquqlari belgilab berilgan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmalaridagi burch va masʼuliyatini his qilib, sitqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi. Bordiyu, er va xotin bir-birining haq-huquqini tanimasa, balki, ularni poymol qilsa, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik boʻlmaydi, oʻzaro mehr-muhabbat zavol topadi. Oila parokanda boʻlish va parchalanish xavfi ostida qoladi. Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga oʻziga xos huquqlar ato etib, maʼlum majburiyatlarni ham yuklagan.
  • Har bir erkak ayoliga gʻamxoʻrlik koʻrsatishi, muomala madaniyatiga ahamiyat berishi, berilgan buyuk marhamatni eʼzozlashi kerak. Avvalo unga muhabbat qoʻyish uchun erkak kishi insonparvarlik, mardlik nuqtayi nazaridan, ayol bilan hamfikr va hamnafas boʻlishga intilishi lozim. Ayniqsa hozirgi kunda yurtimizda boʻlayotgan karantin sabab uyda qolingan vaqtlarda agar, ayol kishi ovqat tayyorlagan boʻlsa, biror xabar yoki voqeani aytsa, er unga eʼtibor qilishi, munosabatini bildirishi darkor. 
  • Oilaviy janjal va kelishmovchiliklarning oldini olishda ayollarga ham bir necha vazifalar yuklanadi. Ayol esa hamisha bolalari bilan birga, ularning taʼlim-tarbiyasi, parvarishi bilan mashgʻul boʻladi. Ayol oila hayotining hamma sohasida erining yoʻl-yoʻriqlari, koʻrsatmalari, talablari asosida ish tutishi kerak. Aks holda, oilaning moddiy barqarorligini taʼminlash uchun doimiy harakatda, mehnatda boʻlgan erni uyda ham muntazam notinchlik, muammolar kutib tursa, u asabiy, tajang boʻlib qoladi, sogʻligini yoʻqotadi. Shuni unutmaslik kerak, oʻz uyida tinchlik-xotirjamligi boʻlmagan er bunday osoyishtalikni boshqa joydan izlab qolishi mumkin.

Download 69.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling