Toshkent arxitektura qurilish universiteti


Davlat investitsiya dasturi


Download 37.8 Kb.
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi37.8 Kb.
#1451137
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
loyihalash referat

Davlat investitsiya dasturi loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash uchun obyektni foydalanishga topshirishgacha bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili dasturning asosiy koʻrsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq roʻyxati yangilangan holda uch yillik davrga shakllantiriladi. \
Dasturda loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilish va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar boʻyicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Dasturni ishlab chiqishda yirik va oʻta muhim loyihalar alohida, katta boʻlmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, kollejlar qurilishi va boshqalar). Dastur yigʻma jadvallari bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatidan iborat boʻladi. Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha barcha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtiradi. Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
II.ASOSIY QISM
Investitsion loyiha yuzaga kelgan vaqtdan toki u tugatilgunga qadar oʻtgan vaqt oraligʻiga investitsion loyihaning hayot davri, loyiha bosib oʻtishi lozim boʻlgan holatlarga esa fazalar, bosqichlar deyiladi. Loyihalar hayot davri(LHD) ning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
1. Investitsiya oldi bosqichi.
a) investitsiya imkoniyatlarining tahlil;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash;
v) texnik-iqtisodiy asoslash;
g) investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida doklad.
2. Investitsiya bosqichi.
a) muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
b) loyihalashtirish;
v) qurish(qurilish ishlarini amalga oshirish);
g) marketing;
d) xodimlarni oʻqitish.

Download 37.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling