Toshkent arxitektura va qurilish universiteti qurilish mexanikasi


b). Eguvchi moment zo‘riqishini M


Download 76.78 Kb.
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi76.78 Kb.
#1758574
1   2   3
Bog'liq
112-21 guruh talabasi Muratova Madina

b). Eguvchi moment zo‘riqishini Mk ta’sir chizig‘idan foydalanib hisoblash.
Oddiy balkaning ixtiyoriy k kesimida eguvchi momentning ta’sir chizig‘i Mk ni quramiz (6.1-rasm, d). Mk zo‘riqish ta’sir chizig‘ining y1 ordinatasi ustiga, balkaga R1 kuch qo‘yilgan bo‘lsa, u holda Mk zo‘riqishning miqdori
Mk = P1×y1 bo‘ladi. P2 kuch ta’siridan esa Mk zo‘riqishning miqdori Mk = P2×y2 bo‘ladi. Boshqa to‘plangan kuchlardan ham Mk zo‘riqishning miqdori shunga o‘xshash aniqlanadi.
Agar balkaga n ta to‘plangan kuchlardan iborat yuklar sistemasi qo‘yilgan bo‘lsa, k kesimdagi Mk zo‘riqishning miqdori kuchlar ta’sirining mustaqilligi shartiga asosan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Mk = P1×y1+ P2×y2 + ... + Pn×yn = Σ Pi×yi (6.1)
bu erda yi - Mk zo‘riqishi ta’sir chizig‘idagi Pi kuchlarga mos keluvchi ordinatalari.
v). Kesuvchi kuch zo‘riqishini Qk ta’sir chizig‘idan foydalanib hisoblash. Buning uchun balkaning k kesimida Qk kesuvchi kuch zo‘riqishining ta’sir chizig‘i quriladi (6.1-rasm, e). Agar balkaga R1 kuch qo‘yilgan bo‘lsa, balkaning k kesimidagi Qk zo‘riqishning qiymati Qk=P1×y1 ga teng bo‘ladi. Bu erda y1 - Qk ta’sir chizig‘ining P1 kuchga mos kelgan ordinatasi. Agar balkaga kuchlar qo‘yilgan bo‘lsa, u holda balkaning k kesimidagi Qk zo‘riqishning qiymati quyidagicha aniqlanadi
Qk = P1×y1+ P2×y2 + ... + Pn×yn = Σ Pi×yi

2. Inshootga tekis tarqalgan yuk q qo‘yilgan bo‘lsin (6.2-rasm, a). Mk zo‘riqishning miqdorini aniqlash uchun tekis yoyilgan yuk uzunligini elementar dx bo‘lakchalarga bo‘lib qaraymiz. Biror elementar dx bo‘lakka mos keluvchi tekis yoyilgan yukni elementar to‘plangan kuch q×dx deb qarasak, u holda bu elementar kuchdan hosil bo‘lgan elementar dMk zo‘riqish (6.1) formulaga asosan aniqlanadi:


(a)
b u erda dω = dx×u – Mk ta’sir chizig‘ining dx oralig‘iga mos kelgan elementar yuzasi.
Tekis yoyilgan yukdan hosil bo‘lgan Mk zo‘riqish miqdorini aniqlash uchun (a) ifodani integrallaymiz:
(6.2)
bu erda - tekis yoyilgan yuk qo‘yilgan oraliqga mos keluvchi ta’sir chizig‘ining yuzasi (6.2-rasm, b).
Agar inshootga har xil intensivlikdagi tekis yoyilgan bir nechta yuk qo‘yilgan bo‘lsa, u holda kuchlar ta’sirining mustaqillik shartiga asosan Mk zo‘riqishning miqdori (6.2) ifodaga binoan quyidagicha aniqlanadi:
(6.3)

3. Inshootga moment juft kuch yoki moment Mi qo‘yilgan bo‘lsin (6.3-rasm, a). Balkani k kesimidagi Mk zo‘riqish miqdorini aniqlaymiz. Mi momentni juft kuchlar sistemasi bilan almashtiramiz Mi = P×dx (6.3-rasm, b). Bu to‘plangan kuchlardan hosil bo‘lgan Mk zo‘riqishni (6.1) formulaga asosan aniqlaymiz.


Mk = P×y1 - P×y2 = P(y1 – y2 ) = P×dx×tga = Mi ×tgai (6.4)


bu erda tgai - moment qo‘yilgan nuqtada ta’sir chizig‘iga o‘tkazilgan urinmaning absissa o‘qi bilan hosil qilgan burchagining tangensi.


Agar inshootga bir qancha to‘plangan kuch, tekis yoyilgan kuch va momentlar qo‘yilgan bo‘lsa, unda hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar miqdori S ta’sir chizig‘i yordamida (6.1), (6.2) va (6.4) formulalarga asosan umumiy holda quyidagicha aniqlanadi.
(6.5)

(6.5) formuladan foydalanishda quyidagi ishoralar qoidasiga rioya qilish kerak:



Download 76.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling