Toshkent arxitektura va qurilish universiteti qurilish mexanikasi


Download 76.78 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi76.78 Kb.
#1758574
  1   2   3
Bog'liq
112-21 guruh talabasi Muratova Madina


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH UNIVERSITETI


Qurilish mexanikasi fanidan



MUSTAQIL ISH


Mavzu: Ta’sir chiziqlari yordamida zo’riqishlarni aniqlash



Guruh: 112-21-guruh talabasi
Bajardi: Muratova Madina Tekshirdi: Rahmanov B.K.



TOSHKENT 2023-yil


Mavzu: TA’SIR CHIZIQLAR YORDAMIDA ZO‘RIQISHLARNI ANIQLASH


Reja:


1. Ta’sir chiziqlari yordamida zo‘riqishlarni aniqlash.
2. Tugunlar orqali yuk uzatilganda ta’sir chiziqlar chizish.


Ta’sir chiziqlari yordamida zo‘riqishlarni aniqlash.

Inshootlarga qo‘zg‘almas yuk qo‘yilganda, ulardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlarni aniqlashni biz ilgari ko‘rgan edik. Endi qo‘zg‘almas yuklar ta’siridagi inshootning ixtiyoriy kesimidagi zo‘riqishini ta’sir chiziqlar yordamida aniqlashni qaraymiz. Buning uchun quyidagi yuklar ta’sirini ko‘ramiz.


1. Inshootga to‘plangan kuchlar sistemasi qo‘yilgan bo‘lsin. (6.1-rasm, b).
a). Tayanch reaksiyasi qiymatini ta’sir chizig‘idan foydalanib hisoblash.
Buning uchun berilgan balka tayanch reaksiyasi ( ) ta’sir chizig‘ini quramiz. Ma’lumki,

bu erda P kuch shartli ravishda P=1 ga teng (o‘lchamsiz) deb qabul qilinadi. U holda ga teng bo‘ladi. Bu erda ning birligi m da, ning ham birligi m da bo‘ladi, bundan ko‘rinib turibdiki, o‘lchamsiz bo‘ladi. Agar, bo‘lsa, ya’ni harakatdagi yuk A tayanchning ustida bo‘lsa, tayanch reaksiyasining qiymati harakat-lanuvchi yakka yukning qiymatiga teng bo‘ladi, ya’ni =1. Agar, yakka yuk balkaning o‘rtasida bo‘lsa, ma’lumki bo‘ladi. Yakka yukka mos kelgan ta’sir chizig‘ining ordinatasi ham ga teng. Demak, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, tayanch reaksiyasi ta’sir chizig‘ining ordinatalari tayanch reaksiyasining P=1 yakka yukning holatlariga ( ) mos kelgan qiymatlarini ifodalaydi. Agar balkaga harakatlanuvchi yakka yukning o‘rnida ixtiyoriy P1 qo‘zg‘almas yuk ta’sir etsa, bu yuk ta’sirida tayanch reaksiyasining qiymatini topish uchun P1 yukni tayanch reaksiyasi ta’sir chizig‘iga mos keluvchi ordinataga ko‘paytirish kerak ekan, ya’ni . Agar balkaga bir nechta kuchlar ta’sir etsa bu kuchlar ta’sirida tayanch reaksiyasining qiymati quyidagi munosabatdan aniqlanadi.


Download 76.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling