MEHNAT MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO MEHNAT TASHKILOTINING O`RNI VA AHAMIYATI. - Bu delegatlarning ikki nafari xukumatdan va bittadan mehnatkashlar va tadbirkorlardan bo`ladi. Bundan tashqari, ko`p mamlakatlarning delegatsiyalari tarkibiga maslahatchilar ham kiritiladi, yirik delegatsiyalarning tarkibi 40-50 kishiga etadi. Konferentsiyada hammasi bo`lib Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlarning 1500-2000 vakili ishtirok etadi. Xukumatlar delegatlarining ko`plari o`z mamlakatlarida mehnat masalalariga javob beradigan shaxslar bo`ladilar. Har bir Konferentsiyada faxriy mehmonlar sifatida bir yoki ikki davlat yoxud xukumatning boshliqlari so`zga chiqadilar.
O’zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solinishi. - O’zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlari asosiy Mehnat kodeksi yordamida tartibga solinadi. Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
O’zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solinishi. - Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. OʻzR Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1995 yil 21 dek.da qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan.
O’zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solinishi. - 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |