Toshkent Arxitektura va qurilish unversituti Devorbop va pardozbop yo’nal
Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish shakllari
Download 1.67 Mb.
|
“Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkiletish va boshqarish” fanining mazmuni va vazifasi.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish shakllari.Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish shakllari.Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg‘or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi.Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog‘liqdir. Korxonalararo va ular o‘rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi. Korxonalarni, sexlarni ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni kooperativlashtirishni va biron-bir mahsulot tayyorlash uchun birgalikda ish olib borishni taqozo qiladi. Zavod ichidagi kooperativlashtirish deganda sexlar va ish joylarining birgalashib mahsulot ishlab chiqarishini tashkil etish tuShuniladi.Kombinatsiyalashni quyidagicha ta’riflash mumkin: kombinatsiyalash sanoatning turli tarmoqlarining bir korxonaga qo‘shiluvidirkim, bunda ushbu tarmoqlar xom ashyolarni ketma-ket ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho‘yan quyish va cho‘yanni po‘latga aylantirish, so‘ngra po‘latdan turli tayyor buYumlar ishlab chiqarish bo‘lishi mumkin) yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o‘ynovchi tarmoqlar bo‘ladilar (masalan, chiqindilarni yoki bir narsani ishlaganda chiqqan narsalarni ishga solish, mol joylash uchun kerakli narsalar ishlab chiqarish va hokazolar).Sanoat korxonalarining ish tajribasi Shuni ko‘rsatadiki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy turlari donalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishdan iborat.Korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, avvalo, boshqaruvning maqsadlari, Shuningdek, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur. Shu bilan bir paytda boshqaruv maqsadlari tuShunarli bo‘lishdan tashqari, ular barcha bajaruvchilar tomonidan amalga oshirilishiga ham e’tibor berish lozim. To‘g‘ri qo‘yilgan maqsad korxona rahbarining, Shuningdek, butun jamoa va har bir xodimning manfaatlarini ifodalaydi. Bunday natijaga maqsad korxonaning joriy va istiqboldagi rivojlanishi bo‘yicha vazifalar majmuasining bir bo‘lagiga aylangan holda erishish mumkin. Bunday yondashuv, ishlab chiqarish maqsadining ishlab chiqarishni boshqarish bilan moslashuvini ta’minlovchi eng qisqa yo‘lga olib keladi. Bunday moslashuv esa, boshqaruvning ham tizim sifatida, ham alohida faoliyat turi sifatida maqsadga muvofiqligidan darak beradi. Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo‘lib tasniflashimiz mumkin: amalga oshirish muddatiga ko‘ra – joriy va istiqbolli; ahamiyat darajasiga ko‘ra – asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik); boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra – xususiy va umumiy; natijaga erishish darajasiga ko‘ra – yakuniy va oraliq yoki bosqichli. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling