Тошкент автомобил-йўллар институти Йўл қурилиш машиналари кафедраси


Guruhiy o'zaro almashinuvchanligi deb


Download 438.5 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi438.5 Kb.
#1368690
1   2   3
Bog'liq
Mavzu 5

Guruhiy o'zaro almashinuvchanligi deb, o'lchamlari oldindan navlar-ga ajratilgan unsurlar guruhlari doirasidagina kiritish yoki almashtirish mumkin bo'lgan o'zaro almashinuvchanlik ataladi. Bunday o'zaro almashinuvchanlikni selektiv yig'ish deb ham atashadi. Bu usul g'ildirash podshipniklarini ishlab chiqarishda keng qo'llanadi. Uni ishlab chiqaruvchi zavodlarda podshipniklarning tashqi, ichki halqalari va g'ildirash jismlari tayyor bo'lgandan keyin o'lchanadi va o'lchamlari bo'yicha guruhlarga ajratiladi. Undan keyin, podshipnik detallari guruhlar bo'yicha yig'iladi, ya'ni birinchi guruh tashqi halqalar birinchi guruh g'ildirash jismlari bilan, ikkinchilari esa ikkinchilari bilan yig'iladi va hokazo. Har xil guruhdagi dctallarni bir podshipnikda yig'ib bo'lmaydi. Undan tashqari, funksional o'zaro almashinuvchanlik ajratiladi.
  • 1.3. Funksional o’zaroalmashuvchanlik
  • Funksional o'zaro almashinuvchanlik deb, buyumlarning vaqt o'tishi bilan belgilangan chegarada maqbul va barqaror ko'rsatkichlari bilan ishlash qobiliyatini yoki yig'ma qismlarning maqbul ko'rsatkichlar bilan sifatli ishlashini ta'minlaydigan o'zaro almashinuvchanlik ataladi. Buyumlarva alohida mexanizmlarning funksional o'zaro almashinuvchanligi faqat to'liq bo'lishi mumkin. Geometrik, elektrik, mexanikaviy va hokazo, mashina va boshqa buyumlarning foydalanish ko'rsatkichlariga yoki yig'ma qismlarning xizmat vazifalariga ta'sir qiluvchi parametrlar funksional bo'ladi. Masalan, porshen va silindr orasidagi tirqishga (funksional parametr) dvigatelning quwati (foydalanish parametri)ga bog'liq.
  • Nazorat savollari:
  • O'zaro almashinuvchanlik deb nimaga aytiladi?
  • Ichki va tashqi o'zaro almashinuvchanlik nima? Misollar keltiring.
  • To'liq va chala (cheklangan) o'zaro almashinuvchanlik nima? Misollar keltiring.
  • Funksional o'zaro almashinuvchanlik nimaligini tushuntirib bering?
  • O'zaro almashinuvchanlikni hozirgi mashinasozlikda afzalligi?

Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling