g)imtiyozlardan foydalanish;
h)tizim utilitlari va ilovalaridan foydalanish;
i)fayllardan foydalanish va foydalanish turi;
j)tarmoq adreslari va bayonnomalari;
k)foydalanishni boshqarish tizimidan chiqadigan xabarlar;
l)muhofaza qilish tizimini, masalan, antivirus muhofazasi va buzib kirishlarni aniqlash tizimlarini aktivatsiya va deaktivatsiya qilish.
89. Tizimlardan foydalanish monitoring, uni joriy etish bo‘yicha qo‘llanma
Boshqarish vositasi
Axborotga ishlov berish vositalaridan foydalanish monitoringi tartibini tasdiqlash, shuningdek, monitoring natijalarini muntazam ko‘rib chiqish zarur.
Joriy etish bo‘yicha qo‘llanma
Axborotga ishlov berish muayyan vositalarining monitoringi darajasini xavflarni baholash asosida aniqlash kerak. Tashkilot kuzatib borish bo‘yicha o‘zining xatti-harakatlariga tegishli yuridik talablarni bajarishi kerak. Monitoringda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) ruxsat berilgan, jumladan quyidagi detallarni hisobga olgan foydalanish;
1) foydalanuvchining identifikatori;
2) asosiy voqealar sanasi va vaqti;
3) voqealar turlari;
4) foydalanish amalga oshirilgan fayllar;
5) foydalaniladigan dasturlar/utilitlar;
b) quyidagilar kabi barcha imtiyozli amallar:
1) imtiyozli hisobga olinadigan yozuvlardan foydalanish, masalan, qo‘llanmalar, tizim ma’muri va ma’murning yozuvlaridan;
2) tizimni ishga tushirish va to‘xtatish;
3) kiritish/chiqarish qurilmasini ulash/uzish;
s) quyidagilar kabi ruxsat berilmagan foydalanishga urinishlar;
1) foydalanuvchilarning muvaffaqiyatsiz yoki rad etilgan xatti-harakatlari;
2) ushbu va boshqa aktivlarga tegishli muvaffaqiyatsiz yoki rad etilgan xatti-harakatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |