Toshkent axborot texnologiyalari instituti mikroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni


Download 449.59 Kb.
bet6/6
Sana16.01.2023
Hajmi449.59 Kb.
#1095313
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-VARIANT

Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsul­dor­ligining kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chi­qarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foy­dalanish o‘z­garmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi1.


4. Miqyos samarasi
Xarajatlarning proporsional o‘zgarishga ishlab chiqarish miqyosi­ning o‘zgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan – ish­chi kuchi va kapitaldan foydalanilganda, ulardan foydalanish ikki barobar oshsa va bo‘lsa, ishlab chiqarish miqyosi ikki barobar kengaydi deyiladi.
Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qis­qartirilsa( va ) ishlab chiqarish miqyosi ikki marta qis­qar­gan­ligini bildiradi. Ishlab chiqarishda omillardan foydalanishning propor­sional oshishi, ya’ni ishlab chiqarish miqyosining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta’sir qiladi, u mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o‘zgartirmasligi mumkin.
Agar ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’ati­dan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’rati yuqori bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga musbat miqyos samarasi deyiladi. Musbat miqyos samarasida uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar kamayadi.
Agar, ishlab chiqarish miqyosi kengayganda, omillar sarfi sur’ati­dan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati past bo‘lsa, bunday o‘si­shga manfiy miqyos deyiladi. Manfiy miqyos samarasida (keyinchalik ko‘ramiz) uzoq muddatli oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o‘rtacha harajatlar oshib boradi.
Ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’ati ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’ratiga teng bo‘lsa, bunday o‘sishga o‘zgarmas miqyos samarasi deyiladi.


1 Mikroiqtisodiyot: OO‘Yu uchun darslik/ S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, B.T.Sa­li­mov va b. –T.: “Sharq”, 2001.320-b.

Download 449.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling