Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bajardi: 042-19


Download 236.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana19.06.2023
Hajmi236.76 Kb.
#1603892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Pedagogika

6. Avtoritar qobiliyati - bu o’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta`sir 
etib, ularda obro’ ortira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchand o’qituvchining o’z 
fanini mukammal bilishi, sezgirligi va xushmuomalaligi asosida qozoniladi). 
Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostgo’yligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini 
tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy 
xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarni ta`lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, 
uning e`tiqodi, o’quvchilarga ma`naviy va ma`rifiy e`tiqodni singdira olganligiga 
ishonchi kabi xislatlarga ham bog`liqdir. 
O’quvchilar (ayniqsa, o’g`il bolalar, o’spirinlar - buni alohida ta`kidlashi 
kerak) talab qilishni biladigan, o’quvchilarni majbur qilmagan va do’q-po’pisa 
qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymagan holda o’z 
aytganini qildira oladigan o’qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat 
bilan o’quvchilarning o’qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz:
«Uning ajoyib xislati bor - u hech qanday zarda va baqiriq, chaqiriqsiz ishlay 
oladi»; «Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi ko’ramiz. 


U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning talabi 
shu qadar ta`sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas»; «Bizning matematika 
o’qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o’zini tutgan va shu bilan bir 
qatorda butun sinfga ajoyib ta`sir eta oladi»; «Kimyo o’qituvchimizning obro’siga 
e`tibor yetmay ko’ringchi, u har qanday sharoitda ham o’z aytganiga erishadi»; 
«Ilxom aka bizga ustunlik bilan ta`sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi, agar talab 
qiladigan bo’lsalar unda bo`yin tovlab bo’lmaydi», yoki o’quvchilarning o’z 
o’qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: «Ulug’bek aka maktabimizdan 
ketganiga biz xursand bo’ldik, U bizni do’q-po’pisa, baqiriq-qichqiriq
buyruqbozlik bilan qo’lga olaman, deb o’ylardi-yu, ammo bizni bardosh 
berishgagina majbur etardi, xolos». 
Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “Maktab 
ta`limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli” to’g’risida juda achinib 
aytgan fikrlarini keltirish o’rinli bo’lur edi: «Maboda biror o’quvchi o’qituvchiga 
e`tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. 
Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi 
tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi, prinsip ham tayyor: 
«Mening aytganim — aytgan, deganim - degan». 
Shu bilan bir qatorda o’quvchilar o’qituvchining bo’shligi, landavurligi, 
laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha riyogarchiligi
irodasizligi kabi xislatlarni baralla qoralaydilar: «Yaxshi odamu, lekin o’ta bo’sh: 
uni aldab ketish hech gap emas»; «Tushunib bo’lmaydi: birda juda qattiqqo’l, 
talabchan, ba`zan hech qanday talab degan narsa yo’q»; «Juda bo’shang, lanj: uni 
ko’rishing bilan uyqing keladi»... 

Download 236.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling