Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bajardi: 042-19
Tashkilotchilik qobiliyati
Download 236.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika
5. Tashkilotchilik qobiliyati - bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini
uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini to’g`ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O’quvchilar o’z o’qituvchilari haqida turlicha fikrda bo’ladilar. Jumladan, ayrim o’quvchilar: «...Biz Behzod akani juda yaxshi ko’ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizning o’zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o’quvchilar: «O’tkir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, hafsalamizni bir pul qiladilar. Ular ko`p ishga urinadilar-u, ammo birortasini ham oxiriga yetkazmaydi...» deydilar. Ba`zan ayrim o’quvchilarning o’z o’qituvchisi haqida: «...Dildora opamlar biz bilan xuddi ona tovuqdek ovora bo’ladilar. Agar biz sho’xlik qila boshlasak, ular o’zlarini ko’rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da...» degan fikrlarni ham eshitish mumkin. O’qituvchining o’z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o’z ishini to’g’ri rejalashtirib, uni nazorat qila olish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtga nisbatan o`ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo’yicha to’g’ri taqsimlab, mo’ljallangan vaqtdan to’g’ri foydalana olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Dars davomida, albatta, ko`p hollarda vaqtni behuda yo’qotish ham mumkin. Lekin bu yo’qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo’lishi mumkin, Tajribali o’qituvchilar vaqtni seza bilishni o’rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo’shimcha materiallar tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar. Download 236.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling