Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bajardi: 042-19


Download 236.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana19.06.2023
Hajmi236.76 Kb.
#1603892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Pedagogika

7. Kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, 
o’quvchilarga yondashish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik 
nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning 
mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. 
Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat 
katta hissa qo’shgan. Uning fikricha bunda muhimi o’quvchilarga ta`sir etishning 
eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta`sirni qo’llashda maqsadga muvofiq 
pedagogik choralarga e`tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, 
o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda 
mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. 
Pedagogik taktiing yaqqol ifodalaridan biri - har qanday pedagogik ta`sirga 
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni (rag’batlantirish, jazolash, pand-nasihat) 
his eta bilishdan iboratdir, Farosatli o’qituvchi bolalarga e`tibor berib, ziyraklik 
bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U 
biz bilan hayron qolarli darajada, ajoyib, yaqin do’stlarcha yaqin munosabatda 
bo’ladi»; «Bizning tarix o’qituvchimizning kuchli tomoni - har kimga qanday 
yondoshishini bilar edi»; «Eng yomoni – o’qituvchining o’quvchilar oldida 
xushomadgo’ylik qilishidir. Bizning zoologiya o’qituvchimiz Lola opamlar 
shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo’lsa-da, u bolalarni o`ziga qaratish uchun 
xushomadgo’ylik qilardi! Nega ular o’zlarini shunchalik kamsitib yerga uradi? deb 
o’ylar edim. Axir ular o’z fanini yaxshi bilardiku»; «Ibrohim aka esa, qarabsankn, 


hech narsadan hech narsa yo’q, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki 
behudaga urishib, koyib berar edi». 
Pedagogik taktning yo’qligi ko`pincha og’ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent 
maktablaridan birida ona tili va adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarga juda ko`p 
talablarni qo’ygani, ammo hech qanday izchillik bo’lmagan: bir vazifa berib turib, 
shu zahotiyoq boshqa talablarni qo’ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib 
buzishlar ro’y bersa, shu zahotiyoq mazmunan va shakl jihatidan o’ta qo’pol va 
alam qiladigan keskin gaplarni qilib, «2» qo’yardi. 
Masalan, daftarning chetida qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom 
buzganlik kabi va arzimagan narsalar uchun yopishgani, yopishgan edi. 
O’qituvchining bu xatti-harakatlari uchun o’quvchilarda dard, alam to’lib 
toshgandi. Ko`p o’tmay o’quvchilarning noroziligi va qat`iy e`tirozi ochiqdan-
ochiq namoyishkorona bildirilib, o’qituvchiga quloq solmaydigan, ataylab intizom 
buzadigan va o’qituvchini keskin tanqid qiladigan bo’lib qoldilar. Bunday achinarli 
ahvol faqat ana o’sha o’qituvchi maktabdan ketgandan keyingina tuzatildi. 
O’qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish 
joyizki, qachon o’quvchilar o’qituvchining ijobiy xislatlari to’g`risida gapirar 
ekanlar, ular hamisha o’qituvchining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o’ringa 
qo’yadilar. 
«Ko`p hollarda nohaq ish qiladilar — biror masalani yaxshilab tekshirib 
ko’rmasdan ish tutadilar». O’qituvchining bunday xislatiga o’quvchilar nechukdir 
achinish talabchanlik munosabatida bo’ladilar. O’qituvchining adolatsizligi yomon 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to’g`rida har qaysimiz maktab amaliyotidan 
qandaydir tasavvurga egamiz. 

Download 236.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling