Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bajardi: 042-19


Download 236.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi236.76 Kb.
#1603892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Pedagogika

 
 Pedagogik qobiliyatlar 


Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni 
muvaffaqiyatli amalga oshirishidir. 
Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo’lib, kishining pedagogik 
faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishini 
aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? Quyida bu masalani 
ko’rib chiqamiz. 
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va 
ko`p qirrali psixologik bo’limlardan iboratliligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqiqot 
ma`lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin 
egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratab ko`rsatish mumkin: 
1. Didaktik qobiliyatlar-bu bolalarga o’quv materiallarni aniq va ravshan 
tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda 
mustaqil faol fikrlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlardir. 
Didaktik qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv 
materialini osonroq, murakkabrog`ini soddaroq, tushunishi qiyin bo’lganini 
tushunarliroq qilib o’quvchilarga moslashtirib bera oladi, o’qituvchining mana shu 
xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda: «o’qituvchining eng muhim tomoni ham 
uning hamma narsani aniq, ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday 
o’qituvchining qo’lida mazza qilib o’qiging keladi»; «Unusi esa hech narsaga 
yaramaydigan o’qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv 
materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, 
zerikarli va noaniq - mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni 
yoqtirmaymiz» - deydilar. 
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq, 
hammabop va tushunarli qilib o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina 
emas, balki, shu bilan birga o’qituvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish 
faolligini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo’naltirib 
turishdan iborat qobiliyatni ham o’z ichiga oladi. 
Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy 
ustanovka (yo’naltirish) yotadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik
darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani 
bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini 
tasavvur qila oladi. 
Ko`pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali 
oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab 
qilmaydigandek tuyuladi. 
Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini 
nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o`ziga qarab 
tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, 
kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarli bo`lgan material o’quvchilar uchun 
noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladilar. 
Shuning uchun ham bunday o’qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon 
etish usullarini alohida o’ylab ko’rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish 
jarayonida 
qobiliyatli 
o’qituvchi 
uchun 
o’quvchilarning 
qanday 
tushunayotganliklari va zarur bo`lganda dars bayonotiga alohida e`tibor berishga 


intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’gri tasavvur qilib, xulosa chiqara 
oladi. 
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin 
juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda 
o’qituvchining fikri ayrim sinf o’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni 
alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish
shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari uchun 
qulay qilib tuzish tavsiya etiladi. 
Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, 
o’quvchilarga bir oz nafas olib, o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat-e`tiborlarini 
bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «so’ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, 
ularning bo’shashganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamin 
tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit 
yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan 
dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya 
faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlarini yetarlicha idrok qilmaydi, 

Download 236.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling