Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bajardi: 042-19
Download 236.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Perseptiv qobiliyatlar
2. Akademik qobiliyatlar - matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot,
tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko`pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z fani bo’yicha bunday yuksak bilim, saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg`ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali (bilimdon) odam bo’lmog’i lozim. Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o’zginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez-tez o’ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba`zan o’quvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi. 3. Perseptiv qobiliyatlar - bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga ko’ra bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog`liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir. Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda xatti- harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday hollarda o’quvchilar: Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki kimdir darsga tayyorlamasdan kelgan bo’lsa ko`ziga qaraboq bilib oladi», «.Bizning o’qituvchimiz hech qaramasa ham, hamma narsani ko’rib turadi» deydilar. Download 236.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling