Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
INTERNET Marshrutizator 8.3–rasm. Parol bo’yicha foydalanuvchini autentifikatsiyalash sxemasi INTERNET Kommutator Foydalanuvchi nomi Parol Kozim Isayev ********** Tarmoqlararo ekran www.security.uz Ishchi stansiya Ishchi stansiya Ishchi stansiya Ishchi stansiya 214 va uni korporativ tarmoqning boshqa uzeli ishlatishi mumkin. Statik usulda uzel adresi barcha chiquvchi paketlar uzatiladigan tarmoqlararo ekranning bitta adresiga doimo bog‘lanadi. Tarmoqlararo ekranning IP-adresi tashqi tarmoqqa tushuvchi yagona faol IP-adresga aylanadi. Natijada, ichki tarmoqdan chiquvchi barcha paketlar tarmoqlararo ekrandan jo‘natilgan bo‘ladi. Bu avtorizasiyalangan ichki tarmoq va xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani istisno qiladi. Bunday yondashishda ichki tarmoq topologiyasi tashqi foydalanuvchilardan yashiringan, demak, ruxsatsiz foydalanish masalasi qiyinlashadi. Adreslarni translyatsiyalash tarmoq ichida tashqi tarmoq, masalan Internetdagi adreslash bilan kelishilmagan adreslashning xususiy tizimiga ega bo‘lishiga imkon beradi. Bu INTERNET Marshrutizator 8.4–rasm. Tarmoq adreslarini translatsiyalash INTERNET Kommutator Tarmoqlararo ekran 183.157.3.210 184.56.5.12 183.157.3.110 183.157.3.105 183.157.3.201 183.157.3.212 215 ichki tarmoqning adres makonini kengaytirish va tashqi adres tanqisligi muammosini samarali echadi. Xodisalarni qaydlash, xodisalarga reaksiya ko‘rsatish, hamda qaydlangan axborotni taxlillash va hisobotlarni generatsiyalash tarmoqlararo ekranlarning muhim vazifalari hisoblanadi. Korporativ tarmoqni himoyalash tizimining jiddiy elementi sifatida tarmoqlararo ekran barcha harakatlarni ro‘yxatga olish imkoniyatiga ega. Bunday harakatlarga nafaqat tarmoq paketlarini o‘tkazib yuborish yoki blokirovka qilish, balki xavfsizlik ma’muri tomonidan foydalanish qoidasini o‘zgartirish va h. ham taalluqli. Bunday ro‘yxatga olish zaruriyat tug‘ilganda (xavfsizlik mojarosi paydo bo‘lganida yoki sud instansiyalariga yoki ichki tergov uchun dalillarni yig‘ishda) yaratiluvchi jurnallarga murojaat etishga imkon beradi. Shubhali xodisalar (alarm) xususidagi signallarni qaydlash tizimi to‘g‘ri sozlanganida tarmoqlararo ekran tarmoq xujumga duchor bo‘lganligi yoki zondlanganligi to‘g‘risidagi batafsil axborotni berishi mumkin. Tarmoqdan foydalanish va uning zondlanganligining isboti statistikasini yig‘ish qator sabablarga ko‘ra muhimdir. Avvalo, tarmoqlararo ekranning zondlanishga va xujumlarga bardoshligini aniq bilish zarur va tarmoqlararo ekranni himoyalash tadbirlarining adekvatligini aniqlash lozim. Undan tashqari, tarmoqdan foydalanish statistikasi tarmoq asbob-uskunalariga va dasturlariga talablarni ifodalash maqsadida xavf-xatarni tadqiqlash va taxlillashda dastlabki ma’lumotlar sifatida muhim hisoblanadi. Ko‘pgina tarmoqlararo ekranlar statistikani qaydlovchi, yig‘uvchi va taxlillovchi quvvatli tizimga ega. Mijoz va server adresi, foydalanuvchilar identifikatori, seans vaqtlari, ulanish vaqtlari, uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlar soni, ma’mur va foydalanuvchilar harakatlari bo‘yicha hisob olib borilishi mumkin. Hisob tizimlari statistikani taxlillashga imkon beradi va ma’murlarga batafsil hisobotlarni taqdim etadi. Tarmoqlararo ekranlar maxsus protokollardan foydalanib, ma’lum xodisalar to‘g‘risida real vaqt rejimida masofadan xabar berishni bajarishi mumkin. 216 Ruxsatsiz harakatlarni qilishga urinishlarni aniqlanishiga bo‘ladigan majburiy reaksiya sifatida ma’murning xabari, ya’ni ogohlantiruvchi signallarni berish belgilanishi lozim. Xujum qilinganligi aniqlanganda ogohlantiruvchi signallarni yuborishga qodir bo‘lmagan tarmoqlararo ekranni tarmoqlararo himoyaning samarali vositasi deb bo‘lmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling