Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
V
" saqlanadi. "n" niyati buzuq odam "A" abonentda saqlanayotgan ochiq kalitlardan foydalana oladi. U o‘zining juft (ochiq va maxfiy) "K n " va "k n " kalitlarini yaratadi va "A" abonentda saqlanayotgan "V" abonentning "K V " kalitini o‘zining ochiq "K n " kaliti bilan almashtiradi. "A" abonent qandaydir axborotni "V" abonentga jo‘natish uchun uni "K n " kalitda (bu "K V " kalit deb o‘ylagan holda) shifrlaydi. Natijada, bu xabarni "V" abonent o‘qiy olmaydi, "n" abonent osongina rasshifrovka qiladi va o‘qiydi. Ochiq kalitlarni almashtirishni oldini olishda kalitlarni sertifikasiyalashdan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlash tizimlari ochiq kalitli shifrlash tizimlari deb ham yuritiladi.Ochiq kalitli tizimlarini qo‘llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funksiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funksiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma’lumki x ma’lum bo‘lsa y=f( x ) funksiyani aniqlash oson. Ammo uning ma’lum qiymati bo‘yicha x ni aniqlash amaliy jixatdan mumkin emas. Kriptografiyada yashirin deb ataluvchi yo‘lga ega bo‘lgan bir tomonli funksiyalar ishlatiladi. z parametrli bunday funksiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma’lum z uchun E z va D z algoritmlarini aniqlash mumkin. E z algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha x uchun f Z ( x ) funksiyani osongina olish mumkin. Xuddi shu tariqa D z algoritmi yordamida joiz qiymatlar sohasidagi barcha y uchun teskari funksiya x=f -1 ( y ) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joiz qiymatlar sohasidagi barcha z va deyarli barcha, y uchun xatto E z ma’lum bo‘lganida ham f -1 ( y )ni hisoblashlar yordamida topib bo‘lmaydi. Ochiq kalit sifatida y ishlatilsa, maxfiy kalit sifatida x ishlatiladi. Ochiq kalitni ishlatib shifrlash amalga oshirilganda o‘zaro muloqotda bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasida maxfiy kalitni almashish zaruriyati yo‘qoladi. Bu esa o‘z navbatida uzatiluvchi axborotning kriptohimoyasini soddalashtiradi. 116 Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonli funksiyalar ko‘rinishi bo‘yicha farqlash mumkin. Bularning ichida RSA, El-Gamal va Mak-Elis tizimlarini aloxida tilga olish o‘rinli. Hozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash algoritmi sifatida RSA algoritmini ko‘rsatish mumkin. RSA nomi algoritmni yaratuvchilari familiyalarining birinchi xarfidan olingan (Rivest, Shamir va Adleman). Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko‘tarish amalidan foydalanishga asoslangan. Algoritmni quyidagi qadamlar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalash mumkin. 1-qadam. Ikkita 200dan katta bo‘lgan tub son p va q tanlanadi. 2-qadam.Kalitning ochiq tashkil etuvchisi n hosil qilinadi n=p*q. 3-qadam.Quyidagi formula bo‘yicha Eyler funksiyasi hisoblanadi: f(p,q)=(p-1)(q-1). Eyler funksiyasi n bilan o‘zaro tub, 1 dan n gacha bo‘lgan butun musbat sonlar sonini ko‘rsatadi. O‘zaro tub sonlar deganda 1 dan boshqa birorta umumiy bo‘luvchisiga ega bo‘lmagan sonlar tushuniladi. 4-qadam.f(p,q)qiymati bilan o‘zaro tub bo‘lgan katta tub son d tanlab olinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling