Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Axborot steganografik usullar ma’lumotlarni konteynerning axborot bilan
to‘ldirilishi xususiyati asosida bekitish uchun ishlatiladi. Ushbu usullar lingvistik va raqamlilarga ajratiladi. Lingvistik steganografik usullarda til yoki xarflarni, raqamlarni o‘z ichiga olmaydigan (rasmlar, ob’ektlarning o‘zaro joylashishi va h.)boshqa muhit ortiqchaligi ishlatiladi. Ushbu sinfga maxfiy xabarni bekitish uchun zarur matnni generatsiyalash usulini hamda saxifadagi qator xolatini yoki gapdagi so‘z xolatini o‘zgarishiga va h. asoslanuvchi usullarni kiritish mumkin. Raqamli steganografik usullar bir tomondan absolyut aniqlikka muxtoj bo‘lmagan fayllarning vazifasini yo‘qotmagan holda shaklini bir muncha o‘zgartirish mumkinligiga, ikkinchi tomondan bunday fayllardagi bir muncha o‘zgarishlarni farqlovchi maxsus asboblarni yo‘qligiga yoki inson sezgi organlarining qobiliyatsizligiga asoslangan. Raqamli steganografik usullar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: 1. Konteynerni tanlash usuli bo‘yicha. 2. Axborotdan foydalanish usuli bo‘yicha. 3. Konteynerni tashkil etish usuli bo‘yicha. 4. Xabarni qayta tiklash usuli bo‘yicha. 5. Konteynerni ishlash usuli bo‘yicha. 6. Vazifasi bo‘yicha. 138 7. Konteyner turiga ko‘ra. 8. Konteynerga axborotni o‘rnatish usuli bo‘yicha. Raqamli steganografik usullarga misol tariqasida LSB-usulni (Least Significant Bits – eng kichik qiymatli bit)ko‘rsatish mumkin. Ushbu usulga binoan fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir necha kichik bitlari bekitiluvchi xabar bitlari bilan almashtiriladi. Ushbu usul amalga oshirilishining soddaligi, demak, ushbu usulga asoslangan dasturiy maxsulotning tezkorligi, hamda yaratilgan steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liq qator afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlik talab qilinmaydigan masalalarni echishda foydalanish mumkin. Chunki LSB – usul niyati buzuqning aktiv xujumlariga bardosh bera olmaydi. Xabarni fayl - konteynerning spektral soxasida bekituvchi usullar steganobardosh usullar hisoblanadi. Raqamli steganografiyaning spektral usullari xilma-xil, ba’zilari esa LSB-usul bilan kombinasiyalab ishlatiladi. Fayl - konteynerdagi ma’lumotlarni chastotali iofdalashda kosinusni diskret o‘zgartirish, Fureni diskret o‘zgartirish, veyvlet-o‘zgartirish, Karunen-Loev, Adamar va Xaar o‘zgartirishlar kabi diskret ortogonal o‘zgartirishlardan foydalaniladi. Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsiplari. Steganografik tizimlarni buzuvchi passiv, aktiv va badniyatli bo‘lishi mumkin (5.25- rasm). Aktiv Badniyatli Passiv - steganokanalni aniqlaydi - ma’lumotlarni o’qiydi - qalbaki steganogrammalarni yaratadi - bekitilgan ma’lumotlarni buzadi 5.25-rasm. Steganografik tizimlarni buzuvchilar turi Passiv buzuvchi faqat stegokanal mavjudligi faktini aniqlashi va o‘rnatilgan 139 ma’lumotlarni o‘qishi mumkin. Aktiv buzuvchi nafaqat bekitilgan ma’lumotlarni aniqlashi va o‘qishi, balki ularni to‘laligicha yoki qisman buzishi mumkin. Badniyatli buzuvchi eng xavfli hisoblanadi, chunki u nafaqat steganogrammani buzadi, balki qalbaki steganogrammani yaratadi. Buzuvchi (taxlilchi) u yoki bu taxdidni amalga oshirish uchun quyidagi xujumlardan foydalanadi: - ma’lum to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. Buzuvchi bir yoki bir necha steganogrammaga ega va steganokanal mavjudligi faktini aniqlash, hamda boshqa steganogrammalarni taxlillash imkoniyati uchun ochiq matnni tiklash yoki kalitni aniqlash topshirig‘ini bajaradi; - ma’lum o‘rnatilgan ochiq matn asosidagi xujum. Buzuvchi bir necha bekitilgan ochiq matnlar va mos steganogramma namunalari asosida kalitni olish maqsadida mos taxlilni amalga oshiradi. Bunday xujumlar ko‘pincha intellektual mulkni himoyalash tizimlariga taalluqli hisoblanadi; - tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi xujum. Bunda taxlilchi (steganotaxlilchi) shaxsiy ochiq matnlarini taklif qilish va steganogrammalarni taxlillash imkoniyatiga ega bo‘ladi; - tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi adaptiv xujum. Ushbu xujum oldingi xujumning xususiy xoli hisoblanadi va taxlilchining avvalgi steganogrammalarni taxlillash natijalariga bog‘liq xolda tiqishtirish uchun xabarni adaptiv tanlash imkoniyati bilan xarakterlanadi; - tanlangan to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. Steganoanalitik steganogramma namunalarini aniqlash maqsadida o‘zi tanlagan ochiq matn uchun steganogrammani yaratish imkoniyatiga ega; - ma’lum bo‘sh konteyner asosidagi xujum. Bunday steganotaxlilchi ma’lum bo‘sh konteyner bilan nazarda tutilgan steganogrammani taqqoslash bilan steganokanal mavjudligini har doim aniqlashi mumkin; - tanlangan bo‘sh konteyner asosidagi xujum. Bunda steganotaxlilchining xabar jo‘natuvchisini tavsiya etilgan konteynerdan foydalanishga majbur etish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart; 140 - konteynerning yoki uning qismining ma’lum matematik modeli asosidagi xujum. Bunda xujumchi o‘rnatilgan shubxali ochiq matnning unga ma’lum modeldan farqini aniqlashga urinadi. Xabar jo‘natuvchisi va xujumchi turli modellarga ega bo‘lishi mumkin. U holda yaxshi model egasi yutib chiqadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling