Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7. Kriptotahlil usullari
Nazorat savollari: 1. Steganografiyaning axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi o‘rni. 2. Moddiy steganografik usullarni tushuntirib bering. 3. Axborot steganografik usullarning turlarini tavsiflab bering. 4. Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsipini tushuntirib bering. 5.7. Kriptotahlil usullari Kriptotahlil–shifrlangan matndan maxfiy kalitni (tiklash algoritmini yoki matematik funksiyani) bilmay turib ochiq matnni (foydali xabarni) olish va tiklash usullari majmui. Kriptotahlilning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi natijasida ochiq matn olinishi hamda kriptotizimning zaif joylari aniqlanishi mumkin. Kriptotahlilni amalga oshirishga urinish fosh etish deb yuritiladi. Ochiq matnni kriptotahlil fosh etishning quyidagi xillari mavjud bo‘lib, har biriga nisbatan kriptotahlilchining ishlatilgan shifrlash algoritmi xususida to‘liq xabardorligi nazarda tutiladi. 1. Faqat shifrmatn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi ixtiyorida bir necha xabarning bitta shifrlash algoritmi yordamida shifrlangan shifrmatnlari mavjud. Kriptotahlilchining vazifasi iloji boricha xabarlarning katta sonining ochiq matnini fosh etish yoki, yaxshisi, xabarlarni shifrlashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega bo‘lish. 2. Ochiq matn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchining ixtiyorida nafaqat bir necha xabarning shifrmatnlari, balki ushbu xabarlarning ochiq matnlari mavjud. Uning vazifasi xabarlarni shifrlashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega 141 bo‘lish. 3. Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi ixtiyorida nafaqat shifrmatnlar va bir necha xabarning ochiq matnlari, balki shifrlash uchun ochiq matnni tanlash imkoniyati mavjud. Uning vazifasi xabarlarni shifrlashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) yoki shu kalit (kalitlar) yordamida shifrlangan yangi xabarlarni deshifrasiyalash imkonini beruvchi algoritmga ega bo‘lish. 4. Tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etish. Bu tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishning xususiy xoli. Kriptotahlilchi nafaqat shifrlangan matnni tanlashi, balki shifrlash natijasi asosida o‘zining keyingi tanlov rejasini tuzishi mumkin. Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishda kriptotahlilchi shifrlash uchun ochiq matnning faqat bitta katta blokini tanlashi mumkin bo‘lsa, tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etishda u ochiq matnning kichik blokini, so‘ngra birinchi tanlash natijasidan foydalanib keyingi blokni va h. tanlashi mumkin. 5. Tanlangan shifrmatn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi deshifrasiyalash uchun turli shifrmatnlarni tanlashi mumkin va deshifrlangan ochiq matnlardan foydalana oladi. Masalan, kriptotahlilchi avtomatik tarzda deshifrlashni bajaruvchi “qora quti”dan foydalana oladi. Kriptotahlilchining vazifasi kalitga ega bo‘lish. 6. Tanlangan kalit yordamida fosh etish. Bu xil fosh etish kriptotahlilchi kalitni tanlashi mumkinligini bildirmaydi, balki unda turli kalitlar orasidagi bog‘lanish xususida qandaydir axborot borligini bildiradi. 7. Jinoiy kriptotahlil. Kriptotahlilchi kalitga ega bo‘lish maqsadida kimnidir qo‘rqitadi, shantaj qiladi, qiynaydi. Poraxo‘rlik ba’zida kalitni xarid etish yordamida fosh etish deb ataladi. Bu kabi qudratli fosh etish usullari algoritmni sindirishning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi. Turli algoritmlarga, ularni sindirishning qanchalik qiyinligiga bog‘liq xolda xavfsizlikning turli satxlari taqdim etiladi. Algoritmni quyidagi xollarda xavfsiz deb hisoblash mumkin: - algoritmni sindirish qiymati shifrlangan ma’lumotlar qiymatidan katta 142 bo‘lsa; - algoritmni sindirish vaqti shifrlangan ma’lumotlarning sir saqlanishi shart bo‘lgan vaqtidan katta bo‘lsa; - bitta kalit yordamida shifrlangan ma’lumotlar xajmi algoritmni sindirish uchun zarur ma’lumotlar xajmidan kam bo‘lsa. Fosh etish murakkabligini quyidagi koeffitsientlar yordamida o‘lchash mumkin: - ma’lumotlar murakkabligi. Fosh etish amalining kirish yo‘lida foydalaniladigan ma’lumotlar xajmi; - ishlash murakkabligi. Fosh etish uchun kerakli vaqt. Ko‘pincha ish koeffitsienti deb yuritiladi; - xotiraga talablar. Fosh etishga kerakli xotira siG‘imi. Fosh etishning ba’zi amallari uchun koeffitsientlarning o‘zaro aloqasi joiz hisoblanadi: tezroq fosh etishga xotiraga talablarni kuchaytirish evaziga erishish mumkin. Murakkablik talaygina kattalik orqali ifodalanadi. Muayyan algoritm uchun ishlash murakkabligi 2128ni tashkil etsa, algoritmni fosh etish uchun 2128ta amal kerak bo‘ladi (ushbu amallar murakkab va davomli bo‘lishi mumkin). Masalan, agar hisoblash quvvati sekundiga million amal bajarsa va masalani echish uchun million parallel protsessor ishlatilsa, kalitga ega bo‘lish uchun 1019 yildan ko‘proq vaqt talab etiladi. Bu koinot mavjud bo‘lgan vaqtdan million marta ko‘pdir. Fosh etish murakkabligi o‘zgarmay qolganida kompyuter quvvati oshib boradi. Oxirgi 50 yil mobaynida hisoblash quvvati nihoyatda oshib ketdi va ushbu tendensiya davom etishiga shubha yuq. Aksariyat kriptografik usullar parallel kompyuterlar uchun yaroqli hisoblanadi: masala milliard kichik fragmentlarga ajratiladiki, ularni echish uchun protsessorlararo ta’sirning keragi bo‘lmaydi. Kriptotizimlarni sindirishga bardosh qilib loyihalashda hisoblash vositalari kelajagini hisobga olish zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling