Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga asoslangan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga asoslangan 
protokollar. Bir tomonlama xesh-funksiya yordamida shifrlashning o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, u mohiyati bo‘yicha bir tomonlamadir, ya’ni teskari 
o‘zgartirish-qabul qiluvchi tarafda rasshifrovka qilish bilan birga olib borilmaydi. 
Ikkala taraf (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) bir tomonlama shifrlash muolajasidan 
foydalanadi. 
Shifrlanayotgan ma’lumot Mga qo‘llanilgan K parametr-kalitli bir 
tomonlama xesh-funksiya h
k
(.) natijada baytlarning belgilangan katta bo‘lmagani 
sonidan iborat xesh-qiymat (daydjest) "m" ni beradi (6.4-rasm). 
Daydjest "m" qabul qiluvchiga dastlabki xabar M bilan birga uzatiladi. 
Xabarni qabul qiluvchi, daydjest olinishida qanday bir tomonlama xesh-funksiya 
ishlatilganligini bilgan holda, rasshifrovka qilingan xabar M dan foydalanib, 
daydjestni boshqatdan hisoblaydi. Agar olingan daydjest bilan hisoblangan 
daydjest mos kelsa, xabar M ning tarkibi hech qanday o‘zgarishga duchor 
bo‘lmaganini bildiradi. 
Daydjestni bilish dastlabki xabarni tiklashga imkon bermaydi, ammo 


174 
ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishga imkon beradi. Daydjestga dastlabki xabar 
uchun o‘ziga xos nazorat yig‘indisi sifatida qarash mumkin. Ammo, daydjest va 
oddiy nazorat yig‘indisi orasida jiddiy farq ham mavjud. Nazorat yig‘indisidan 
aloqaning ishonchsiz liniyasi bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning yaxlitligini 
tekshirish vositasi sifatida foydalaniladi. Tekshirishning bu vositasi niyati buzuq 
odamlar bilan ko‘rashishga mo‘ljallanmagan. Chunki, bu holda nazorat 
yig‘indisining yangi qiymatini qo‘shib xabarni almashtirib qo‘yishga ularga hech 
kim xalaqit bermaydi. Qabul qiluvchi bunda hech narsani sezmaydi.
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy 
kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga 
ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki 
xabarning har qanday modifikasiyasi darhol ma’lum bo‘ladi. 
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy 
kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga 
ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki 
xabarning har qanday modifikasiyasi darhol ma’lum bo‘ladi. 
6.5-rasmda ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama xesh-
funksiya ishlatilishining boshqa varianti keltirilgan. 
Bu holda bir tomonlama xesh-funksiya h(.) parametr–kalitga ega emas, 
ammo u maxfiy kalit bilan to‘ldirilgan xabarga qo‘llaniladi, ya’ni jo‘natuvchi 
Xabar М 
h
k
(M) 
Daydjest m 

Xabar М 
Xabar М 
h
k
(M) 
Daydjest m 

Daydjest m' 

m=m' 
Ha 
Yo’q 
Jo’natuvchi 
Qabul qiluvchi 
6.4–rasm. Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama xesh-funksiyaning 
ishlatilishi (I-variant). 


175 
daydjest m=h(M, K)ni hisoblaydi. Qabul qiluvchi dastlabki xabarni chiqarib olib, 
uni o‘sha ma’lum maxfiy kalit bilan to‘ldiradi. So‘ngra olingan ma’lumotlarga bir 
tomonlama xesh-funksiya h(.)ni qo‘llaydi. Hisoblash natijasi – daydjest "m" 
tarmoq orqali olingan daydjest "m" bilan taqqoslanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling