Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

Nazorat savollari: 
1. 
Qat’iy autentifikatsiyalash muolajalarini tushuntirib bering. 
2. 
Simmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash 
sxemasini tushuntirib bering. 
3. 
Kerberos protokolida domenlararo autentifikatsiyalash xususiyatilari 
nimada? 
4. 
Bir tomonlama kalitli xesh funksiyalardan foydalanishga asoslangan 
qat’iy autentifikatsiyalash sxemasini tavsiflang. 
5. 
Asimmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash 
protokollari ishlash sxemasini tushuntirib bering. 
6. 
Raqamli imzoga asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash protokolini 
yoritib bering. 


178 
6.5. Foydalanuvchilarni biometrik identifikasiyalash va 
autentifikatsiyalash 
 
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, 
xulqining 
xususiyatlarini 
o‘lchash 
orqali 
foydalanuvchini 
ishonchli 
autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng 
tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga ega: 
- biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning 
ishonchlilik darajasi yuqori; 
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi; 
- biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi. 
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik 
alomatlar quyidagilar: 

barmoq izlari; 

qo‘l panjasining geometrik shakli; 

yuzning shakli va o‘lchamlari; 

ovoz xususiyatlari; 

ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi. 
Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namunaviy sxemasi 
quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga olinishida foydalanuvchidan o‘zining xarakterli 
alomatlarini bir yoki bir necha marta namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar 
tizim tomonidan qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi. 
Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda elektron shaklda saqlanadi va o‘zini 
qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni tekshirishda ishlatiladi. 
Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan ro‘yxatga olinganlarining mosligi yoki 
mos kelmasligiga qarab qaror qabul qilinadi. Iste’molchi nuqtai nazaridan 
biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi: 

xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate);


179 

xatolik tasdiqlar koeffitsientiFAR (false-alarmrate). 
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo 
bo‘ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq 
tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP 
qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir biri 
bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum xatolik tasdiq 
koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala 
parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu 
sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar 
shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik 
tasdiqlarning istalgan koeffitsientiga erishiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling