191
- mantiqiy bombalar;
- masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker utilitalari;
- Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish parollarini
o‘g‘rilovchi dasturlar.
Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar bo‘lishi,
viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h.
Troyan dasturlar o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tashqaridan
troyan
dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali funksiyalarni tavsiya etadi. ammo
foydalanuvchi bunday
dasturni kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur
bildirmay zarar keltiruvchi funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan
dasturlar viruslarni dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan
foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda ishlatiladi.
Mantiqiy bomba – ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi harakatlarni
bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy bomba, masalan, ma’lum
sana kelganda yoki ma’lumotlar bazasida yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q
bo‘lganida va h. ishga tushishi mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan
dasturlarga va oddiy dasturlarga joylashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: