Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Himoyalashning ma’muriy choralari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

 Himoyalashning ma’muriy choralari. 
Operasion tizimni himoyalashning dasturiy-apparat vositalari himoyaning 
ma’muriy choralari bilan to‘ldirilishi shart. Ma’mur tomonidan doimiy malakali 
madadsiz, hatto ishonchli dasturiy-apparat himoya ham buzilishi mumkin. 
Himoyaning asosiy ma’muriy choralari quyidagilar. 
1. 
Operasion tizimning, ayniqsa uning himoyalash qismtizimining to‘g‘ri 
ishlashini doimiy nazoratlash. Agar operasion tizim eng muhim xodisalarning 
maxsus jurnalda avtomatik tarzda qayd etilishini madadlasa bunday nazoratni 
tashkil etish qulay hisoblanadi. 
2. 
Xavfsizlikning adekvat siyosatini tashkil etish va madadlash
Operasion tizimda qabul qilingan xavfsizlik siyosatining adekvat bo‘lmasligi niyati 
buzuq shaxsning tizim resurslaridan ruxsatsiz foydalanishiga va operasion 
tizimning ishonchli ishlashini pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Operasion tizim 
xavfsizligi siyosati niyati buzuqning operasion tizim xavfsizligini engishga 
urinishiga, hamda OT konfigurasiyasining o‘zgarishiga, tatbiqiy dasturlarining 
o‘rnatilishiga va yo‘qotilishiga operativ tarzda reaksiya bildirib operasion tizimga 
doimo tuzatish kiritishi lozim. 


241 
3. 
Foydalanuvchilarni operasion tizim bilan ishlaganda xavfsizlik 
choralariga rioya qilishlari lozimligini uqtirish va ushbu choralarga rioya 
qilinishini nazoratlash. 
4. 
Operasion tizim dasturlari va ma’lumotlarining rezerv nusxalarini 
muntazam tarzda yaratish va yangilash
5. 
Operasion tizimning konfigurasion ma’lumotlaridagi va xavfsizlik 
siyosatidagi o‘zgarishlarni doimo nazoratlash. Ushbu o‘zgarishlar xususidagi 
axborotni operasion tizim xavfsizligini enggan niyati buzuq shaxsga o‘zining 
ruxsatsiz harakatlarini niqoblashga qiyinchilik tug‘dirish uchun noelektron axborot 
eltuvchilarida saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
Ta’kidlash lozimki, muayyan operasion tizimda axborotni himoyalashning 
yana boshqa ma’muriy choralari talab etilishi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling