Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari – mustaqil yoki
boshqa tizimlar tarkibida ishlovchi va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun uni kriptografik o‘zgartirilishini ta’minlovchi ma’lumotlarni ishlash tizimining dasturiy va texnik elementlari majmui. Quyida ushbu dasturiy vositalarga taalluqli xorijiy va mamlakatimiz kompaniyalarining maxsulotlari keltirilgan. M-506A-XP – MS Windows 2000/XP/2003/7 operasion tizim boshqaruvida ishlovchi lokal hisoblash tarmoqlarida axborotni himoyalashga mo‘ljallangan dasturiy-apparat kompleks. M-506A-XP ikkita asosiy masalani hal etadi: axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalaydi va Rossiya standarti GOST28147-89ga muvofiq amalga oshirilgan ma’lumotlarni kriptografik himoyalashni bajaradi. Kriptoprovayder KriptoPro CSP 3.6 – axborotni kriptografik himoyalashning sertifikasiyalangan vositasi bo‘lib, ikkita asosiy masalani xal etadi: standart va hamma joyda ishlatiluvchi Microsoft firmasining ishonchli Rossiya kriptografiyasili ilovalardan foydalanish imkoniyati (korporativ foydalanuvchilar uchun) va Microsoft firmasi maxsulotlaridan foydalangan holda yangi, ishonchli himoyalangan ilovalarni yaratish imkoniyati (tizimli integratorlar uchun). Axborotni himoyalash tizimining Secret Disk oilasi shaxsiy kompyuterdan muayyan foydalanuvchilar uchun himoyalangan axborot eltuvchilarini virtual mantiqiy disklarini tashkil etish yo‘li bilan axborotni himoyalashga imkon beradi. Foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni shifrlash “shaffof” rejimida amalga oshiriladi, ya’ni axborot yozilishida avtomatik tarzda shifrlanadi, o‘qishda 246 deshifrovka qilinadi. Blok xost – ERI – sertifikasiyalangan kriptoProCSPdan foydalangan holda MS Windows platformasidagi shifrlash va elektron raqamli imzoni yaratish tizimi. MS Windows operasion tizimiga o‘rnatilgan boshqa kriptoprovayderlar bilan ham ishlash madadlanadi. KriptoARM – kriptografik vositalar bilan ishlashning qulayligini ta’minlovchi universal dasturiy ta’minot. KriptoARM axborotni ishonchli himoyalashga va Internet tarmog‘i bo‘yicha uzatiladigan va turli xil eltuvchilardagi (disketlardagi, flesh kartalardagi, tokenlardagi) elektron ma’lumotlarning muallifligini kafolatlashga mo‘ljallangan. HIMFAYL – fayllarni himoyalangan saqlash tizimi shaxsiy kompyuterda yoki axborotni tashqi disk eltuvchilarida saqlanuvchi papkalar va fayllarning maxfiyligini (konfidensialligini), yaxlitligini ta’minlash va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash uchun mo‘ljallangan. E-XAT – himoyalangan elektron pochta tizimi foydalanuvchilar orasida elektron xabarlarni himoyalangan almashishni tashkil etishga mo‘ljallangan. Ushbu tizim axborotni kriptografik himoyalash vositalaridan va axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi davlat standarti asosidagi elektron raqamli imzo (milliy kriptoprovayder) vositalaridan foydalanadi. E-XAT tizimi uyda ishlash uchun uchta tilni madadlaydi: o‘zbek (lotin va kirillitsa), rus (kirillitsa) va ingliz (lotin). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling