Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
VPN tarmoqni qurishning dasturiy vositalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
VPN tarmoqni qurishning dasturiy vositalari. Ushbu dasturiy komplekslar
virtual xususiy tarmoqlarni qurishga, ularni kuzatishga, shifrlangan kanal bo‘yicha ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun tunnellarni yaratishga hamda talablar va 248 shartlarga muvofiq virtual tarmoqni o‘zgartirish imkoniyatiga xizmat qiladi. Quyida virtual xususiy tarmoqni qurish uchun dasturiy mahsulotlar keltirilgan. Shifrlashning apparat-dasturiy kompleksi “Kontinent”-3.5 – TCP/IP protokollarini ishlatuvchi umumfoydalanuvchi global tarmoqlar asosida virtual xususiy tarmoqlarni qurish vositasi hisoblanadi. Kompleks VPNning tarkibiy qismlari orasida ochiq aloqa kanali bo‘yicha uzatiluvchi axborotni kriptografik himoyalashni ta’minlaydi. Kompleks uzatiladigan va qabul qilinadigan paketlarni turli mezonlar (adreslash, o‘lchash, kengaytirish va h.) bo‘yicha filtrlashni amalga oshiradi. Bu esa tarmoqni ishonchli himoyalashni ta’minlaydi. VipNeTCustom – dasturiy va dasturiy - apparat mahsulotlar qatori hisoblanib, yirik tarmoqlarda axborotni himoyalashni tashkil etish imkoniyatiga ega va axborotni himoyalashning quyidagi ikkita masalasiga mo‘ljallangan: - boshqarish markazlariga ega virtual xususiy tarmoqni tashkil etish yo‘li bilan aloqaning umumfoydalanuvchi va ajratilgan kanallari bo‘yicha foydalanish cheklangan axborotni uzatuvchi himoyalangan muhitni yaratish; - elektron raqamli imzo mexanizmlaridan foydalanish maqsadida ochiq kalitlar infrastrukturasini tashkil etish. Himoyalanganlikni taxlillovchi dasturlar. Himoya samaradorligini nazoratlash axborotdan ruxsatsiz foydalanish hamda axborotni yoki axborotni ishlash va uzatish vositalarining normal ishlashining buzilishi evaziga axborotning texnik kanallar bo‘yicha sirqib chiqishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu vazifani “xavfsizlik skanerlari” deb ataluvchi “himoyalanganlikni taxlillash vositalari” bajaradi. Quyida himoyalanganlikni taxlillash vositalarining dasturiy maxsulotlari keltirilgan. XSpider 7.8 – zaifliklarni tatbiqiy hamda tizimli sathlarda tezdan samarali qidirishni amalga oshiruvchi tarmoq xavfsizligi skaneri. Ushbu skaner har qanday ko‘lamli tarmoqlarda xavfsizlik maqomini nazoratlashning samarali tizimini barpo etadi. Tarmoq revizori – ruxsatsiz foydalanishga urinishlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan tarmoq skaneri. Tarmoq revizori TCP/IP steki protokollaridan 249 foydalanuvchi o‘rnatilgan tarmoq dasturiy va apparat ta’minoti zaifliklarini aniqlash uchun ishlatiladi. Skaner BC - himoyalanganlikni kompleks taxlillash tizimi. Ushbu skaner operasion tizimli va oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotli yuklovchi DVD yoki USB –to‘plagich. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot axborot tizimi himoyalanganligini kompleks taxlillashni va testlashni amalga oshiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling