Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet120/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

 
Nazorat savollari: 
1. 
Axborotni himoyalashda qo‘llaniladigan dasturiy vositalarning shartli 
ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
2. 
Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalarini ishlash 
prinsipini tushuntiring. 
3. 
Tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalarini tavsiflab bering. 
4. 
VPN tarmoqlarni qurish dasturiy vositalarini ishlash prinsipini 
tushuntirib bering. 
5. 
Himoyalanganlikni tahlillovchi dasturiy ilovalarning ahamiyati. 
6. 
Antivirus vositalarining operasion tizimlarni himoyalashda tutgan 
o‘rni. 


251 
X bob. AXBOROT SIRQIB CHIQISH KANALLARI 
10.1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning 
turkumlanishi 
Axborotning texnik kanal bo‘yicha sirqib chiqishi nuqtai nazaridan ob’ekt 
modeli o‘zaro va tashqi muxit bilan bog‘langan axborot, energetik, moddiy 
tizimlarni o‘z ichiga oladi (10.1-rasm). 
Axborot tizimi energetik tizim bilan va u orqali tashqi muxit bilan o‘zaro 
ta’sirda bo‘ladi. Energetik tizim orqali axborot sirqib chiqadigan kanal shakllanishi 
mumkin. Ob’ektning energetik tizimining tashqi muxitga ta’siri natijasida niqobni 
ochuvchi akustik maydon yaratiladi. Energetik tizim moddiy tizim bilan xam 
o‘zaro ta’sirda bo‘ladi va natijada, tebranma (mexanik) maydon shakllanadi. 
Tebranma maydon axborot tizimi signalini modulyatsiya qilishi mumkin. Har bir 
tizim o‘zining elementlariga, bog‘lanishlarining ichki strukturasiga, o‘zgaruvchi 
parametrlari soniga xamda tashqi muxit orqali o‘zaro ta’siriga bog‘liq 
cheklashlarga ega. Ob’ektlarning ishlashi ularning xaqiqiy maqsad va vazifalarini 
kuzatishdan bekitadi. Xar bir tizimda axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar 
10.1-rasm. Obyekt modeli 
Axborot 
Moddiy 
Energetik 
Kirish yo’li 
ta’siri 
Chiqish yo’li 
ta’siri 
1.1. Axborot 
1.2. Energetik 
1.3. Moddiy 
2.1. Axborot 
2.2. Energetik 
2.3. Moddiy 
2.4. Tashqi 
muhitga ta’sir 
TIZIM 


252 
mavjud. 
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar deganda texnik vositalarning 
ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi turli tabiatli qo‘shimcha nurlanish hisobiga 
axborotning bexosdan uzatilishi tushuniladi. Axborot sirqib chiqadigan texnik 
kanalning strukturasi 10.2 – rasmda keltirilgan. 
10.2-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasi 
Kanal kirish yo‘liga dastlabki signal ko‘rinishidagi axborot qabul qilinadi. 
Dastlabki signal – axborot manbaidan olinadigan axborot eltuvchisidir. 
Quyidagi signal manbalarini ko‘rsatish mumkin: 

elektromagnit va akustik to‘lqinlarini qaytaruvchi kuzatuv ob’ekti; 

o‘zidan optik va radio diapazonlaridagi elektromagnit to‘lqinlarini 
tarqatuvchi kuzatuv ob’ekti; 

funksional aloqa kanalining uzatuvchi qurilmasi; 

yashirincha o‘rnatilgan qurilma; 

xavfli signal manbai; 

axborot bilan modulyatsiyalangan akustik to‘lqinlar manbai. 
Kanal kirish yo‘liga manbadan axborot signali manba tilida (xarf, raqam, 
matn, simvollar, belgilar, tovush signallari va h. ko‘rinishida) qabul qilinganligi 
sababli uzatuvchi qurilma axborotning ushbu ifodalanish shaklini tarqalish 
muxitiga mos axborot eltuvchisiga yozishni ta’minlovchi shaklga o‘zgartiradi.
Uzatish muhiti - eltuvchi ko‘chib yuruvchi fazoning qismi. U eltuvchining 
ko‘chib yurishi shartlarini belgilovchi fizik parametrlar nabori orqali 
Manba 
Signal 
manbasi 
Uzatuvchi 
muhit 
Priyomnik 
Niyati 
buzuq 
Axborot sirqib chiqadigan kanal 


253 
xarakterlanadi. Tarqalish muhitini tavsiflashda quyidagi asosiy parametrlarni 
hisobga olish zarur: 

sub’ektlar va moddiy jismlar uchun fizik to‘siqlar; 

masofa birligidagi signalning susayish o‘lchovi; 

chastota xarakteristikalari; 

signal uchun xalallar ko‘rinishi va quvvati. 
Qabul qiluvchi qurilma quyidagi vazifalarni bajaradi: 

qabul qiluvchiga kerakli axborot eltuvchisini tanlash; 

qabul qilingan signalni axborotni olishni ta’minlovchi qiymatigacha 
kuchaytirish; 

eltuvchidan axborotni olish; 

axborotni qabul qiluvchiga (insonga, texnik qurilmaga) tushunarli signal 
shakliga o‘zgartirish va signalni xatosiz o‘zlashtirilishiga yetarli qiymatgacha 
kuchaytirish. 
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi 10.3­rasmda 
keltirilgan. 
Axborot eltuvchining fizik tabiati bo‘yicha quyidagi axborot sirqib 
chiqadigan texnik kanallar farqlanadi: 

radioelektron; 

akustik; 

optik; 

moddiy. 
Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifatida 
radiodiapazondagi elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar, xamda metall 
o‘tkazuvchilar bo‘yicha tarqaluvchi elektr toki (elektronlar oqimi) ishlatiladi. 
Radioelektron kanalning chastotalar diapazoni quyidagicha: 

past chastotali 10-1 km (30-300 KGs); 

o‘rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs); 

yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs); 
Оптик 


254 

ultra yuqori chastotali 10-1m (30-300 MGs); 

o‘ta yuqori chastotali 10-1sm (3-30 GGs). 
Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muxitda tarqaluvchi akustik 
to‘lqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar diapazoni quyidagicha: 

infratovush 1500-75 m (1-20Gs); 

pastki tovush 150-5m(1-300Gs); 

tovush 5-0,2m (300-16000Gs); 

ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha. 
Optik kanaldagi axborot eltuvchisi – elektromagnit maydon (fotonlar). Optik 
diapazon quyidagilarga bo‘linadi: 

uzoq infraqizil qism. Diapazon 100-10mkm (3-300TGs); 

o‘rta va yaqin infraqizil qism. Diapazon 10-0,76 mkm (30-400 TGs); 

ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4 mkm (400-
750 TGs). 
Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi ximoyalanuvchi axborotli 
eltuvchilarning nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsatsiz tarqalishi hisobiga ro‘y 
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar 
Eltuvchining 
fizik tabiati 
radioelektron 
Informativligi 
bo’yicha 
Faollik
bo’yicha 
Strukturasi 
bo’yicha 
akustik 
optik 
moddiy 
informativ 
informativligi 
kam 
informativ emas 
doimiy 
davriy 
tasodifiy 
bir kanalli 
ko’p kanalli 
10.3-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi 


255 
beradi. Eltuvchi sifatida ko‘pincha xujjatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash 
qog‘ozlari ishlatiladi. 
Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar informativ, 
informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Kanal informativligi kanal 
bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali baxolanadi. 
Faollik vaqti bo‘yicha kanallar doimiy, davriy va tasodifiylarga bo‘linadi. 
Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha muntazam xarakterga ega. 
Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chiqishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega 
bo‘lgan kanallar tegishli. 
Axborot sirqib chiqadigan kanallarning amalga oshirilishi natijasida 
quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin: 

akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi; 

tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi; 

axborotning qo‘shimcha elektromanit nurlanishlar va navodkalar 
bo‘yicha sirqib chiqishi xavfi. 
Strukturalari bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar bir kanalli va ko‘p 
kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot sirqib chiqishi bir qancha 
ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling