Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

"KRONA" 
kompleksi(10.9-rasm) 
quyidagi 
muolajalarni 
bajarishga 
mo‘ljallangan:

hozirgi kunda ma’lum barcha niqoblash vositalaridan foydalanuvchi 
radiozakladkalarni aniqlash va lokalizasiyalash. Z GGs gacha diapazonda ishlaydi 
(qo‘shimcha konvertor bilan 18 GGs gacha). Ma’lumotlarni uzatuvchi raqamli 
kanallarni va axborotni radiokanal bo‘yicha uzatuvchi yashirin videokameralarni 
avtomatik tarzda aniqlash imkoniyatiga ega. Mavjud dasturiy ta’minot 
radiozakladkalarni yuqori darajada ishonchlilikda aniqlashga imkon beradi

himoyalanuvchi 
ob’ektdagi 
elektromagnit 
ahvolni 
muttasil 
monitoringlash. Dasturiy ta’minot yangi yoki ma’lum signallar parametrlarini 
qidirish va baholash, chastota diapazonini nazoratlash, qayd etilgan chastotalarni 
nazoratlash va h. masalalarini echishga imkon beradi. 
10.9-rasm. "KRONA" rusumli avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksi 
"KRONA Pro" kompleksi ko‘p kanalli kompleks bo‘lib radionurlanuvchi 
vositalarni aniqlashda va radiomonitoringni amalga oshirishda qo‘llaniladi. 
Nazorat diapazoni 10..3000 MGs (qo‘shimcha konvertor bilan 18000 MGs gacha). 


262 
Ushbu kompleks yashirin radiouzatuvchi radiokameralarni, ma’lumotlarni 
uzatuvchi raqamli kanallarni avtomatik tarzda aniqlaydi. O‘rnatilgan joyni topish 
aniqligi 10 sm gacha, avtonom ta’minot 2 soatgacha. Kompleks axborotni ruxsatsiz 
oluvchi vositalarni aniqlash imkoniyatiga ega. 
Yuqorida ko‘rilgan avtomatlashtirilgan qidiruv komplekslari standart 
kompyuterlarda va oddiy ko‘chmas skanerlovchi priemniklar asosida qurilgan. 
Maxsus qidiruv dasturiy – apparat vositalar alohida guruhga ajratiladi. Masalan, 
RK855-S, ScanbockSelectPlus, OSCOROSC-5000 Deluxe (10.10-rasm). Ular 
radiozakladkalarni avtomatik tarzda qidirishga mo‘ljallangan. Komplekslar 
tarkibida maxsus skanerlovchi priemnik, mikroprotsessor va test akustik signal 
generatori yoki tovushsiz korrelyator mavjud. Bunday komplekslarning asosiy 
xarakteristikasi - unumdorlik, ya’ni aniqlangan signalni radiozakladka signallari 
sinfiga taaluqli ekanligiga sarflangan vaqtni inobatga olgan holda radiodiapazonni 
taxlillash tezligi. 
10.10-rasm. OSCOR OSC-5000 DeLuxe rusumli maxsus avtomatlashtirilgan qidiruv 
kompleksi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling