Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
- Bu sahifa navigatsiya:
- X bob. AXBOROT SIRQIB CHIQISH KANALLARI 10.1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning turkumlanishi
Nazorat savollari: 1. Axborotni himoyalashda qo‘llaniladigan dasturiy vositalarning shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin? 2. Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalarini ishlash prinsipini tushuntiring. 3. Tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalarini tavsiflab bering. 4. VPN tarmoqlarni qurish dasturiy vositalarini ishlash prinsipini tushuntirib bering. 5. Himoyalanganlikni tahlillovchi dasturiy ilovalarning ahamiyati. 6. Antivirus vositalarining operasion tizimlarni himoyalashda tutgan o‘rni. 251 X bob. AXBOROT SIRQIB CHIQISH KANALLARI 10.1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning turkumlanishi Axborotning texnik kanal bo‘yicha sirqib chiqishi nuqtai nazaridan ob’ekt modeli o‘zaro va tashqi muxit bilan bog‘langan axborot, energetik, moddiy tizimlarni o‘z ichiga oladi (10.1-rasm). Axborot tizimi energetik tizim bilan va u orqali tashqi muxit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Energetik tizim orqali axborot sirqib chiqadigan kanal shakllanishi mumkin. Ob’ektning energetik tizimining tashqi muxitga ta’siri natijasida niqobni ochuvchi akustik maydon yaratiladi. Energetik tizim moddiy tizim bilan xam o‘zaro ta’sirda bo‘ladi va natijada, tebranma (mexanik) maydon shakllanadi. Tebranma maydon axborot tizimi signalini modulyatsiya qilishi mumkin. Har bir tizim o‘zining elementlariga, bog‘lanishlarining ichki strukturasiga, o‘zgaruvchi parametrlari soniga xamda tashqi muxit orqali o‘zaro ta’siriga bog‘liq cheklashlarga ega. Ob’ektlarning ishlashi ularning xaqiqiy maqsad va vazifalarini kuzatishdan bekitadi. Xar bir tizimda axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar 10.1-rasm. Obyekt modeli Axborot Moddiy Energetik Kirish yo’li ta’siri Chiqish yo’li ta’siri 1.1. Axborot 1.2. Energetik 1.3. Moddiy 2.1. Axborot 2.2. Energetik 2.3. Moddiy 2.4. Tashqi muhitga ta’sir TIZIM 252 mavjud. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar deganda texnik vositalarning ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi turli tabiatli qo‘shimcha nurlanish hisobiga axborotning bexosdan uzatilishi tushuniladi. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanalning strukturasi 10.2 – rasmda keltirilgan. 10.2-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasi Kanal kirish yo‘liga dastlabki signal ko‘rinishidagi axborot qabul qilinadi. Dastlabki signal – axborot manbaidan olinadigan axborot eltuvchisidir. Quyidagi signal manbalarini ko‘rsatish mumkin: elektromagnit va akustik to‘lqinlarini qaytaruvchi kuzatuv ob’ekti; o‘zidan optik va radio diapazonlaridagi elektromagnit to‘lqinlarini tarqatuvchi kuzatuv ob’ekti; funksional aloqa kanalining uzatuvchi qurilmasi; yashirincha o‘rnatilgan qurilma; xavfli signal manbai; axborot bilan modulyatsiyalangan akustik to‘lqinlar manbai. Kanal kirish yo‘liga manbadan axborot signali manba tilida (xarf, raqam, matn, simvollar, belgilar, tovush signallari va h. ko‘rinishida) qabul qilinganligi sababli uzatuvchi qurilma axborotning ushbu ifodalanish shaklini tarqalish muxitiga mos axborot eltuvchisiga yozishni ta’minlovchi shaklga o‘zgartiradi. Uzatish muhiti - eltuvchi ko‘chib yuruvchi fazoning qismi. U eltuvchining ko‘chib yurishi shartlarini belgilovchi fizik parametrlar nabori orqali Manba Signal manbasi Uzatuvchi muhit Priyomnik Niyati buzuq Axborot sirqib chiqadigan kanal 253 xarakterlanadi. Tarqalish muhitini tavsiflashda quyidagi asosiy parametrlarni hisobga olish zarur: sub’ektlar va moddiy jismlar uchun fizik to‘siqlar; masofa birligidagi signalning susayish o‘lchovi; chastota xarakteristikalari; signal uchun xalallar ko‘rinishi va quvvati. Qabul qiluvchi qurilma quyidagi vazifalarni bajaradi: qabul qiluvchiga kerakli axborot eltuvchisini tanlash; qabul qilingan signalni axborotni olishni ta’minlovchi qiymatigacha kuchaytirish; eltuvchidan axborotni olish; axborotni qabul qiluvchiga (insonga, texnik qurilmaga) tushunarli signal shakliga o‘zgartirish va signalni xatosiz o‘zlashtirilishiga yetarli qiymatgacha kuchaytirish. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi 10.3rasmda keltirilgan. Axborot eltuvchining fizik tabiati bo‘yicha quyidagi axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar farqlanadi: radioelektron; akustik; optik; moddiy. Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifatida radiodiapazondagi elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar, xamda metall o‘tkazuvchilar bo‘yicha tarqaluvchi elektr toki (elektronlar oqimi) ishlatiladi. Radioelektron kanalning chastotalar diapazoni quyidagicha: past chastotali 10-1 km (30-300 KGs); o‘rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs); yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs); Оптик 254 ultra yuqori chastotali 10-1m (30-300 MGs); o‘ta yuqori chastotali 10-1sm (3-30 GGs). Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muxitda tarqaluvchi akustik to‘lqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar diapazoni quyidagicha: infratovush 1500-75 m (1-20Gs); pastki tovush 150-5m(1-300Gs); tovush 5-0,2m (300-16000Gs); ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha. Optik kanaldagi axborot eltuvchisi – elektromagnit maydon (fotonlar). Optik diapazon quyidagilarga bo‘linadi: uzoq infraqizil qism. Diapazon 100-10mkm (3-300TGs); o‘rta va yaqin infraqizil qism. Diapazon 10-0,76 mkm (30-400 TGs); ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4 mkm (400- 750 TGs). Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi ximoyalanuvchi axborotli eltuvchilarning nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsatsiz tarqalishi hisobiga ro‘y Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar Eltuvchining fizik tabiati radioelektron Informativligi bo’yicha Faollik bo’yicha Strukturasi bo’yicha akustik optik moddiy informativ informativligi kam informativ emas doimiy davriy tasodifiy bir kanalli ko’p kanalli 10.3-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi 255 beradi. Eltuvchi sifatida ko‘pincha xujjatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash qog‘ozlari ishlatiladi. Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar informativ, informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Kanal informativligi kanal bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali baxolanadi. Faollik vaqti bo‘yicha kanallar doimiy, davriy va tasodifiylarga bo‘linadi. Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha muntazam xarakterga ega. Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chiqishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega bo‘lgan kanallar tegishli. Axborot sirqib chiqadigan kanallarning amalga oshirilishi natijasida quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin: akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi; tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi; axborotning qo‘shimcha elektromanit nurlanishlar va navodkalar bo‘yicha sirqib chiqishi xavfi. Strukturalari bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar bir kanalli va ko‘p kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot sirqib chiqishi bir qancha ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling