Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Nazorat savollari: 1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar tushunchasi. 2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasini tushuntirib bering. 3. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi. 10.2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va vositalari Elektromagnit nurlanish indikatorlari qo‘shimcha elektromagnit nurlanishlarni aniqlash va nazoratlash uchun ishlatiladi. Indikatorning soddalashtirilgan sxemasi 10.4-rasmda keltirilgan. 256 Yuqori chastota kuchaytirgichi Busaga qurilmasi Indikator Amplituda detektori Past chastota kuchaytirgichi 10.4-rasm. Elektromagnit nurlanish indikatorining sxemasi Asbob fazoning ma’lum nuqtasidagi elektromagnit nurlanishlarni qaydlaydi. Agar ushbu nurlanishlarning sathi bo‘sag‘a nurlanishdan oshib ketsa tovush yoki nur yordamida ishlovchi ogohlantiruvchi qurilma ishga tushadi. Demak, ushbu joyda yashirincha o‘rnatilgan radio qurilmasi (radiozakladka) mavjud. Indikatorning ishlash prinsipi quyidagicha. Indikator sxemasida tashqi signallar fonida test akustik signalini ajratishga imkon beruvchi past chastota kuchaytirgichi va radiokarnay mavjud. Test akustik signal bilan modulyatsiyalangan nurlanishni indikator antennasi qabul qiladi va kuchaytirilgandan so‘ng radiokarnayga uzatiladi. Radiozakladka mikrofoni bilan indikator radiokarnayi orasida xushtakni eslatuvchi tovush signali ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi musbat teskari bog‘lanish o‘rnatiladi. Bu akustik teskari bog‘lanish yoki "akustik bog‘lanish" rejimi deb ataladi. Elektromagnit maydon indikatorlari quyidagi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi: chastotaning ishchi diapazoni; sezuvchanlik; zakladkani topish radiusi; ta’minot manbai xili; zakladkani qidirish rejimida avtonom ishlash vaqti; 257 indikasiya xili. Zamonaviy indikator D-008 ning ko‘rinishi 10.5 - rasmda keltirilgan. Asbob ishlashining ikkita rejimi mavjud: radionurlantiruvchi zakladkani qidirishga mo‘ljallangan maydonni aniqlash; yashirincha tinglovchi qurilmalarni qidirishga mo‘ljallangan simli liniyalarni taxlillash. Ushbu asbob modulyatsiya xiliga bog‘liq bo‘lmagan holda zakladkalarni aniqlaydi. Aniqlash radiusi nurlanish quvvatiga, zakladka ishlashi chastotasiga, tekshiriluvchi xonadagi elektromagnit ahvolga bog‘liq. Zakladka quvvati 5 mVt bo‘lganida aniqlash radiusi taxminan 1m ga teng bo‘ladi. 10.5-rasm. D-008 indikatori Akustik teskari bog‘lanish rejimi qurilmaning lokal elektromagnit maydon ta’sirida yanglish ishlashini bartaraf etish va o‘ziga xos tovush signali bo‘yicha zakladkani aniqlash imkoniyatini beradi. Qurilma 501500 mGs chastota diapazonida ishlaydi. Radiochastotomerlar elektromagnit nurlanishning chastota bo‘yicha bo‘sag‘aning oshib ketishini qaydlaydi. Zakladkani qidirish xonani reja asosida radiochastotomer bilan aylanish yo‘li orqali amalga oshiriladi va zakladka bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy tekshirilayotgan xonaning ma’lum nuqtasidagi signalning maksimal sathi bo‘yicha aniqlanadi. Nurlanish aniqlanganda displeyda olingan signal chastotasi ko‘rsatiladi, tovush yoki yorug‘lik orqali xabar beriladi. Radiochastotomerlarning ba’zi xillari axborotni yuqori chastotada liniya orqali uzatuvchi zakladkalarni aniqlashda qo‘llaniladi. Niyati buzuqning texnik 258 vositasining uzatish chastotasi 40-600 KGs (ba’zida 7 MGs gacha) diapazonda bo‘ladi. RICh-3 chastotomerning (10.6-rasm) ishlash prinsipi radiosignallarni keng polosali detektirlashga asoslangan. Bu esa ixtiyoriy modulyatsiyali radiouzatuvchi qurilmalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Asbob ikkita rejimda ishlaydi:qidirish va qo‘riqlash. Qidirish rejimi radiomikrofonlar, telefon radiotranslyatorlar, radiostetoskoplar, yashirin videokameralar o‘rnatilgan joylarni aniqlashda ishlatiladi. Undan tashqari radiostansiyalar va radiotelefonlarni ruxsatsiz ishga tushirilganligini aniqlaydi. 10.6-rasm. RICh-3 chastotomeri Qo‘riqlash rejimi begona radionurlanish manbasini paydo bo‘lish onini qaydlashga va trevoga signalini uzatishga imkon beradi. RICh-3 asbobi chastota o‘lchanishining yuqori aniqligida (0,002%), chastotaning 100-3000 MGs diapazonida ishlaydi. Skanerlovchi priemniklar transportda tashiladigan va qo‘lda olib yuriladiganlarga bo‘linadi. Maydon indikatori va radiochastotomerlarga o‘xshab, skanerlovchi priemniklar axborot sirqib chiquvchi kanallarni aniqlashda qo‘llanilishi mumkin. 10.7-rasmda Winradio skanerlovchi priemnikning tashqi ko‘rinishi keltirilgan. Ushbu priemnik kompyuterning 16-bitli slotiga o‘rnatiladigan karta ko‘rinishida yasalgan (10.8-rasm), bu esa uning ketma - ket portlar orqali 259 ulanadiganlariga nisbatan imkoniyatlarini orttiradi. Winradio 1000 modeli 500 kGs dan 1300 mGs gacha chastotalarda ishlaydi va turli modulyatsiyali signalni qabul qilishi mumkin. Dasturiy boshqarish sichqoncha va klaviatura yordamida qurilma resurslarini operativ boshqarishga imkon beradi. Boshqarish paneli monitor ekranida akslantiriladi. Tezligi – 50 kanal/s, chastota bo‘yicha o‘zgartirish qadami 1 kGs dan to 1 mGs gacha. 10.7-rasm. Winradio skanerlaydiganqabul qiluvchi qurilma 10.8-rasm. Winradio skanerlovchi priemnikning kompyuterga o‘rnatish Winradio Communication firmasi radiopriemniklari komplekti tarkibiga boshqarishning quyidagi dasturiy vositalari kiradi: bazaviy dasturiy ta’minot; qo‘shimcha dasturiy ta’minot; skanerlash rejimini amalga oshirishiga imkon beruvchi dasturiy ta’minot. Bazaviy dasturiy ta’minot priemnik ishlashini boshqaruvchi asosiy boshqarish dasturi bo‘lib, quyidagi masalalarni hal etadi: priemnikni ish chastotasiga va ishlash rejimiga o‘rnatish, skanerlash parametrlarini belgilash va 260 natijalarini akslantirish, ish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish. Qo‘shimcha dasturiy ta’minot priemnikning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi: Digital Suite dasturi signalning vaqt va chastota xarakteristikalarini taxlillashga, turli standartlardagi signallarini ishlashga, hamda audio - signallarini WAV – formatda qattiq diskga yozishga imkon beradi. Signallarni taxlillash va ishlash muolajalarini amalga oshirishda kompyuterning standart tovush kartasidan foydalaniladi. Datebase dasturi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllanishini ta’minlaydi. Dastur tarkibiga butun dunyo bo‘yicha uch yuz mingdan ortiq qaydlangan chastotalarini, manzil mamlakati, geografik koordinatlari ko‘rsatilgan radiostansiyalar xususidagi axborotli ma’lumotlar bazasi kiradi. Skanerlashning ko‘pgina algoritmlari mavjudki, ularning asosiy vazifalari quyidagilar: agar qabul qilinadigan signal sathi berilgan bo‘sag‘adan oshsa skanerlash to‘xtatiladi. Operator tovush yoki nur orqali ogohlantiriladi. signal aniqlanganda skanerlash to‘xtatiladi va signal yo‘qolganida skanerlash qaytadan boshlanadi; signalni taxlillash vaqtida skanerlash to‘xtatib turiladi va skanerlash rejimi ishga tushirilganda davom ettiriladi; qo‘l yordamida skanerlash – priyomnikni sozlash operator yordamida amalga oshiriladi. Qo‘shimcha dasturiy ta’minot chastotalari ma’lum radiozakladkalarni qidirishda ishlatiladi. Bunda ba’zi skanerlovchi priemniklarda modulyatsiyaning berilgan xili va ustivor kanallar bo‘yicha skanerlash ko‘zda tutilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, shaxsiy kompyuterlarning aniqlash qurilmalari bilan kompleksda ishlatilishi signallarni aniqlash va taxlillash bo‘yicha imkoniyatlarni jiddiy kengaytiradi. "Skanerlovchi priemnik + shaxsiy kompyuter" komplekti avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksining oddiy misoli hisoblanadi. 261 Yanada murakkab tizimlar ham shaxsiy kompyuter va skanerlovchi priemnik asosida quriladi, ammo ular kompleksning tezkorligini hamda funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘shimcha bloklarga ega. Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksi ishlashini "Nelk" firmasining "KRONA" va "KRONA Pro" komplekslari misolida ko‘ramiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling