Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

Tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalari. Aksariyat xujumga 
urinishlar tashqaridan bo‘lishi sababli tarmoq xavfsizligiga alohida e’tibor berish 
zarur. Tarmoqlararo ekran – ma’lum protokollarga muvofiq kiruvchi va chiquvchi 
ma’lumotlar paketini filtrlash vazifasini bajaruvchi apparat yoki dasturiy vositalar 
kompleksi. Quyida muayyan tashkilotlar uchun tarmoqlararo ekran ishlashini 
sozlash va tayyor variantlarini tanlash imkonini beruvchi dasturiy mahsulotlar 
keltirilgan. 
Trust Access – taqsimlangan tarmoqlararo ekran Rossiyaning “Hisoblash 
texnikasi vositalari. Tarmoqlararo ekranlar. Ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash. 


247 
Axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash ko‘rsatkichi” talablariga muvofiq 
sertifikatlangan. 
Security Studio Endpoint Protection – o‘zida tarmoqlararo ekranni, 
xujumlarni aniqlash va virusga qarshi vositalarni birlashtiradi. Tarmoq 
resurslaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi, spam va turli xil tashqi 
tahdidlardan himoyalaydi. 
UserGateProxy&Firewall 
– 
foydalanuvchilarning 
Internetdan 
foydalanishlarini, trafikni qayd etishni va filtrlashni, resurslarni tashqi xujumlardan 
himoyalashni tashkil etishga mo‘ljallangan. 
CISCO IDS/IPS – xujumlarni qaytarish bo‘yicha echim. Unda an’anaviy 
mexanizmlar bilan bir qatorda tarmoq trafigidagi nonormalliklarni va tarmoq 
ilovalarining normal harakatidan chetlanishlarini kuzatuvchi noyob algoritmlar 
ishlatiladi. 
DallasLock 8.0 – K – axborotni himoyalash markazi “Konfident” tomonidan 
ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan ishchi stansiyalarni va serverlarni ruxsatsiz 
foydalanishdan himoyalash tizimi. 
Secret Net 6.5 (K - varianti) – axborotni ruxsatsiz foydadanishdan 
himoyalash tizimi. 
PAK “Sobol” – ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashni ta’minlovchi 
ishonchli yuklashning dasturiy-apparat moduli. Lokal tarmoq tarkibidagi alohida 
kompyuterni hamda ishchi stansiya/serverlarni himoyalashni ta’minlashi mumkin. 
SZI “Blokxost-set” – axborot resurslarini ruxsatsiz foydalanishdan ko‘p 
funksiyali himoyalashga mo‘ljallangan. Windows oilasidagi operasion tizim 
boshqaruvidagi tizimlarda ishlaydi. 
PAK “Blokxost-MDZ” – kompyuterni yuklash bosqichida axborot 
resurslarini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalaydi. Qattiq diskdagi axborotning 
saqlanishini ta’minlaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling