Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Nazorat savollari:
1. Operasion tizimni himoyalash qismtizimining asosiy funksiyalarini ahamiyati nimada? 2. Operasion tizimda identifikasiya, autentifikatsiya, avtorizasiya va foydalanishlarni cheklash funksiyalarini tushuntirib bering. 3. Operasion tizimda audit va xavfsizlik siyosatini boshqarish funksiyalarini yoritib bering. 4. Operasion tizimda kriptografik funksiyalar va tarmoq funksiyalarining ahamiyatini tavsiflab bering. 9.3. Axborotni himoyalashda dasturiy ilovalarning qo‘llanilishi Niyati buzuqning kompyuterdan ruxsatsiz foydalanishi nafaqat ishlanadigan elektron xujjatlarning o‘qilishi va/yoki modifikasiyalanishi, balki niyati buzuq tomonidan boshqariluvchi dasturiy zakladkani kiritilishi imkoniyati bilan xavfli. Ushbu dasturiy zakladka quyidagi harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi: - keyinchalik kompyuterda saqlanadigan yoki tahrirlanadigan elektron xujjatlarni o‘qish va/yoki modifikasiyalash; - elektron xujjatlarni himoyalashda ishlatiluvchi turli muhim axborotni tutib olish; - istilo qilingan kompyuterdan lokal tarmoqning boshqa kompyuterlarini istilo qilishda asos (plasdarm) sifatida foydalanish; - kompyuterda saqlanadigan axborotni yo‘q qilish yoki zarar keltiruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish yo‘li bilan kompyuterni ishdan chiqarish. Kompyuterni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash axborotni himoyalashning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, aksariyat operasion tizimlarga va ommabop dasturiy paketlarga ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashning turli qismtizimlari o‘rnatilgan. Masalan, Windows oilasidagi operasion tizimga kirishda foydalanuvchilarni autentifikatsiyalashni bajarish. Ammo, ruxsatsiz foydalanishdan jiddiy himoyalanish uchun o‘rnatiladigan vositalarning etishmasligi shubha tug‘dirmaydi. Shu sababli, himoyalashning 245 standart vositalariga qo‘shimcha tarzda foydalanishni cheklashning maxsus vositalaridan foydalanish zarur. Bunday maxsus vositalarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari; - tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalari; - VPNtarmoqni qurishning dasturiy vositalari; - himoyalanganlikni taxlillovchi dasturiy vositalar; - antiviruslar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling