Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Ob’ektlarni injener ximoyalash va texnik qo‘riqlash
Nazorat savollari:
1. Elektromagnit nurlanish indikatorining ishlash sxemasini tushuntirib bering. 2. Radiochastotomerlarning ishlash rejimlarini tushuntirib bering. 3. Skanerlovchi qurilmalarning axborot sirqib chiqishidan himoyalashdagi ahamiyati. 4. Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksi. 263 10.3. Ob’ektlarni injener ximoyalash va texnik qo‘riqlash Axborot manbalarini fizik ximoyalash tizimi niyati buzuqning ximoyalanuvchi axborot manbalariga suqilib kirishini oldini oluvchi hamda tabiiy ofatdan, avvalo yonG‘indan, ogoxlantiruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi. Injener konstruksiyalar taxdid manbalarini axborot manbalari tomon xarakati (tarqalishi) yo‘lida ushlab qoluvchi to‘siqlarni yaratadi. Ammo axborotni himoyalashni ta’minlash uchun taxdidlarni niyati buzuqning va tabiiy ofatning himoyalanuvchi axborotli manbaga ta’siridan oldin neytrallash zarur. Buning uchun taxdid neytrallash vositalari tomonidan aniqlanishi va oldi olinishi zarur. Bu masalalar axborot manbalarini texnik qo‘riqlash vositalari tomonidan hal etiladi. Axborotga taxdidlarning turlari va ro‘y berishi vaqtining noaniqligi, axborotni himoyalovchi vositalarining ko‘p sonliligi va turli – tumanligi, favqulot vaziyatlardagi vaqtning tanqisligi axborotni fizik himoyalash vositalarini boshqarishga yuqori talablar qo‘yadi. Boshqarish qo‘yidagilarni ta’minlashi lozim: axborotni himoyalashning umumiy prinsiplarini amalga oshirish; axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan himoyalash tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish; axborotni himoyalash bo‘yicha operativ qaror qabul qilish; himoya choralarining samaradorligini nazoratlash. Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar axborotni himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Ammo yo‘riqnomalarda barcha vaziyatlarni hisobga olish mumkin emas. Fizik himoyalash tizimining vositalari vaqt tanqisligi sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri xulosa qabul qilinishini ta’minlashi lozim. Axborotni ximoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan amalga oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimining muxim vazifasi ximoyalash bo‘yicha choralarni turli xil nazoratlashni tashkil etish va amalga 264 oshirishdir. Fizik ximoyalash tizimining tarkibi turli – tuman: oddiy qulfli yog‘och eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha. Fizik ximoyalash tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda keltirilgan. Ob’ektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati statistika orqali tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlarning 50% dan ko‘prog‘i xodimlar va mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan ob’ektlarga amalga oshirilsa, faqat 5 % kuchli qo‘riqlash rejimli ob’ektlarga amalga oshiriladi. Niyati buzuqlarning suqilib kirishlari yashirincha, instrument yordamida yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik buzish bilan amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi xollarda suqilib kirishlar qorovullarni neytrallash bilan xarbiy xujum ko‘rinishida amalga oshiriladi. 10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining strukturasi Axborotni injener ximoyalashni quyidagilar ta’minlaydi: niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga (yoki qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan yo‘ldagi tabiiy va sun’iy to‘siqlar; foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning to‘suvchi qurilmalari. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimi Axborot manbaini injener himoyalash Axborot manbaini fizik himoyalash vositalarini boshqarish Axborot manbaini texnik qo’riqlash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling