Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Tabiiy to‘siqlarga tashkilot xududida yoki yonidagi yurish qiyin bo‘lgan
joylar (zovurlar, jarlar, qoyalar, daryolar, quyuq o‘rmon va changalzor) taalluqli bo‘lib, ulardan chegaralar mustaxkamligini kuchaytirishda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sun’iy to‘siqlar odamlar tomonidan yaratilib, tabiiy to‘siqlardan konstruksiyasi va niyati buzuq ta’siriga barqarorligi bilan jiddiy farqlanadi. Ularga turli devorlar, qavatlararo pollar, shiplar, bino derazalari va h. taalluqli. Barqarorligi eng past to‘siqlarga binolarning eshiklari va derazalari, ayniqsa binoning birinchi va oxirgi qavatlaridagi eshiklar va derazalar taalluqli. Eshiklar (darvozalar)ning mustahkamligi ularning qalinligiga, ishlatilgan material xiliga va konstruksiyasiga hamda qulflarning ishonchligiga bog‘liq. Derazalar mexanik ta’sirga bardosh oyna va metall panjaralar yordamida mustaxkamlanadi. Himoyaning oxirgi chegaralarini metall shkaflar, seyflar tashkil etadi. Shu sababli ularning mexanik mustaxkamligiga yuqori talablar qo‘yiladi. Metall shkaflar maxfiylik grifi yuqori bo‘lmagan hujjatlarni, qimmatbaho narsalarni, katta bo‘lmagan pul mablaG‘ini saqlashga mo‘ljallangan. Shkaflarning ishonchliligi faqat metalning pishiqligiga va qulflarning maxfiyligiga bog‘liq. Muhim hujjatlarni, narsalarni, katta pul mablaG‘ini saqlash uchun seyflar ishlatiladi. Seyflarga devorlari orasidagi bo‘shliqqa turli materiallar, masalan beton birikmalari bilan to‘ldirilgan ikki qavatli metall shkaflar taalluqli. Niyati buzuqlarning G‘ovlarni va mexanik to‘siqlarni engishga urinishlarini hamda yonG‘inni aniqlash uchun turli fizik prinsiplarda qurilgan ob’ektlarni qo‘riqlovchi texnik vositalardan foydalaniladi. 10.12 - rasmda ob’ektlarni qo‘riqlovchi texnik vositalar kompleksining namunaviy strukturasi keltirilgan. Qo‘riqlaydigan xabarlovchi (datchik) texnik qurilma bo‘lib, u unga niyati buzuq tomonidan mexanik kuch va maydon ta’sir qilganida trevoga signalini shakllantiradi. Samarali universal datchiklarni yaratish mumkin bo‘lmaganligi sababli, niyati buzuqning alohida alomatlarini va yonG‘inni sezuvchi datchik turlarining katta soni yaratilgan. Turli xil datchiklardan olingan 266 ma’lumotlardan birgalikda foydalanish xatoliklarni kamaytirishga imkon beradi. 1 - xabarlovchi n - xabarlovchi 1 - xabarlovchi n - xabarlovchi Signalizatsiya shleyfi Signalizatsiya shleyfi Qabul qiluvchi nazoratlovchi punkt Yorug’lik xabarchi Tovushli xabarchi 10.12-rasm. Ob’ektlarni qo‘riklovchi texnik vositalar kompleksining namunaviy strukturasi Signalizasiya shleyfi elektr zanjirni hosil qilib, datchiklar va qabul qiluvchi - nazoratlovchi asboblarning elektr bog‘lanishini ta’minlaydi. Ulovchi simlarni tejash maqsadida datchiklar guruhlarga birlashtiriladi, shleyflar esa qabul qiluvchi - nazoratlovchi asbob bilan ulanadi. Masalan, qo‘riqlovchi va yonG‘in datchiklari trevoga signallarini bitta shleyf orqali uzatadi. Shleyflar qancha ko‘p bo‘lsa, datchiklarning o‘rnatilish joylarining lokalizasiyalanganligi shunchalik aniq bo‘ladi va niyati buzuqning suqilib kirish joyi aniqroq aniqlanadi. Undan tashqari qo‘riqlash va yong‘in signalizasiyalari uchun alohida shleyflar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holda yonG‘indan qo‘riqlashning signalizasiya vositalarini ish vaqtida o‘chirib qo‘yish mumkin. Qabul qiluvchi – nazoratlovchi punkt datchiklardan keladigan signallarni qabul qilish va ishlashga, qo‘riqlash xodimlarini tovush va yorug‘lik signali yordamida trevoga signallari kelganligi, datchiklar va shleyflar ishlashidagi nosozliklar xususida xabardor qilishga mo‘ljallangan. 267 Hozirda televizion kuzatuv tizimi keng qo‘llanilmoqda. Bu tizim tarkibiga tungi vaqtda qo‘riqlanuvchi hududda kerakli yoritilganlik darajasini ta’minlovchi navbatchi yorituvchi vositalari ham kiradi. Kuzatish tizimi qo‘riqlanuvchi xudud va niyati buzuqlarning harakatini masofadan vizual nazoratlashga imkon beradi. Undan tashqari zamonaviy kuzatuv vositalarining imkoniyatlari niyati buzuqning nazoratlanuvchi zonalarga suqilib kirishini aniqlash va qo‘riqlash masalalarini hal etaoladi. Avtonom qo‘riqlash tizimining ekspluatasiyasi katta sarf -xarajatlarni talab etadi. Shu sababli markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimlari keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimda niyati buzuqlarni neytrallashtirish masalasi bir necha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi. Markazlashtirilgan qo‘riqlashga misol tariqasida omonat bank filiallarini, kichik firmalarni, xususiy uylarni, dala hovlilarni, xonadonlarni qo‘riqlashni ko‘rsatish mumkin. Xududiy yonma – yon, masalan bitta binoda joylashgan firmalar qo‘riqlashning umumiy bo‘linmasiga ega bo‘lishlari mumkin. Samarali markazlashtirilgan qo‘riqlashni ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmati bo‘linmasi ta’minlaydi. Trevoga signali kelishi bilan operator buyruG‘i bo‘yicha qo‘riqlash ob’ektiga qurollangan xodimlar guruhi jo‘natiladi. Qo‘riqlash guruhining ob’ektga etib kelish vaqti qat’iy belgilangan (5-7 minut). Ammo markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimining reaksiya vaqti avtonom qo‘riqlash tizimiga qaraganda katta, ayniqsa agar qo‘riqlanuvchi ob’ekt mobil qo‘riqlash guruhining mashinasi turgan joydan uzoqda bo‘lsa. Undan tashqari ushbu vaqt ba’zi hollarda nojoiz kattalashi mumkin. Bunga misol tariqasida radioaloqaning buzilishini, yo‘llardagi “tirbandlik”ni, tasodifiy yo‘l - transport hodisalarini va h. ko‘rsatish mumkin. Ammo, markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimi taxdidlarni, ayniqsa qurolli xujumlarni neytrallashda katta imkoniyatlarga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling