Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyalangan operasion tizimni yaratishdagi yondashishlar.
IX bob. OPERASION TIZIM HIMOYASI
9.1. Operasion tizim xavfsizligini ta’minlash muammolari Himoyalangan operasion tizim tushunchasi. Axborotni himoyalashning aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir. Ularni bajarish uchun operasion tizim (OT) tomonidan madadlash talab etiladi. Operasion tizim ishlaydigan muhit ishonchli hisoblash bazasi deb yuritiladi. Ishonchli hisoblash bazasi operasion tizimning, dasturlarning, tarmoq resurslarining, fizik himoyalash vositalarining, hatto tashikiliy muolajalarning axborot himoyasini ta’minlovchi elementlarning to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bularning ichida eng asosiysi himoyalangan operasion tizim hisoblanadi. Operasion tizim himoyalangan hisoblanadi, agar u tahdidlarning asosiy sinfidan himoyalanish vositalariga ega bo‘lsa. Himoyalangan operasion tizim tarkibida foydalanuvchilarning OT resurslaridan foydalanishlarini cheklovchi vositalar, hamda operasion tizim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilarning haqiqiyligini tekshirish vositalari bo‘lishi shart. Undan tashqari himoyalangan OT operasion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga qarshi ta’sir vositalariga ega bo‘lishi shart. Agar operasion tizim barcha tahdidlardan emas, balki bir qancha taxdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday OT qisman himoyalangan deb yuritiladi. Himoyalangan operasion tizimni yaratishdagi yondashishlar. Himoyalangan operasion tizimni yaratishda ikkita asosiy yondashish mavjud – fragmentli va kompleks. Fragmentli yondashishda avvalo bitta taxdiddan so‘ngra boshqa taxdiddan va h. himoyalanish tashkil etiladi. Fragmentli yondashish qo‘llanilganda OT himoyasi qismtizimi, odatda, turli ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan boshqa-boshqa dasturlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Ushbu dasturiy vositalar bir biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlaydi, ya’ni ularning o‘zaro uzviy bog‘lanishini tashkil etishi mumkin emas. Undan tashqari bunday qismtizimning ba’zi elementlari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Natijada tizim 240 ishonchliligi keskin pasayadi. Kompleks yondashishda himoya funksiyalari operasion tizimga uning arxitekturasini loyihalash bosqichida kiritiladi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Kompleks yondashish asosida yaratilgan himoya qismtizimning alohida elmentlari axborotni himoyalashni tashkil etish bilan bog‘liq turli masalalar echilganida bir biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu sababli himoya qismtizimining alohida komponentlari orasida ixtilof bo‘lmaydi. Kompleks yondashish asosida himoya qismtizimini shunday qurish mumkinki, hatto OT ishdan chiqqanda ham niyati buzuq shaxs tizimning himoya funksiyalarini o‘chira olmaydi. Fragmentli yondashishda himoya qismtizimini bunday tashkil etish mumkin emas. Odatda kompleks yondashish asosida yaratiluvchi operasion tizimni himoyalash qismtizimi shunday loyihalanadiki, uning ba’zi elementlarini almashtirish mumkin bo‘lsin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling