Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Polialfavitli almashtirish usullari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vijiner jadvali (matritsasi)
Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kriptobardoshlikka ega.
Bu usullar dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagicha tasavvur etish mumkin. N-alfavitli almashtirishda dastlabki A 0 alfavitdagi s 01 simvoli A 1 alfavitdagi s 11 simvoli bilan almashtiriladi va h. s 0N ni s NN simvol bilan almashtirilganidan so‘ng S 0(N+1) simvolning o‘rnini A 1 alfavitdagi S 1(N+1) simvol oladi va h. Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Vijiner jadvali (matritsasi)T B ni ishlatuvchi algoritm eng keng tarqalgan. Vijiner jadvali [RxR] o‘lchamli kvadrat matritsadan iborat bo‘lib, (R-ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni) birinchi qatorida simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab simvollar chapga bitta o‘ringa siljitilgan holda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar o‘ng tarafdagi bo‘shagan o‘rinni to‘ldiradi (siklik siljitish). Agar o‘zbek alfaviti ishlatilsa, Vijiner matritsasi [36x36] o‘lchamga ega bo‘ladi (5.2-rasm). Shifrlash takrorlanmaydigan M simvoldan iborat kalit yordamida amalga oshiriladi. Vijinerning to‘liq matritsasidan [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi T (Sh) ajratiladi. Bu matritsa birinchi qatordan va birinchi elementlari kalit simvollariga mos keluvchi qatorlardan iborat bo‘ladi. 87 ABDEF...... ......... .......ShChNg_ BDEF...... .......... .....ShChNg_A DEFG...... .......... ......ChNg_AB ................. ……... ………………. _ABD...... .......... ......G‘ShChNg 5.2-rasm. Vijiner matritsasi. Agar kalit sifatida beshta qatordan iborat bo‘ladi. (5.3-rasm) ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZO‘G‘ShChNg_ G‘ShChNg_ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZO‘ O‘G‘ShChNg_ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZ ZO‘G‘ShChNg_ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXY ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZO‘G‘ShChNg_ 5.3-rasm. «G‘o‘za» kaliti uchun shifrlash matritsasi. Vijiner jadvali yordamida shifrlash algoritmi quyidagi qadamlar ketma- ketligidan iborat. 1-qadam. Uzunligi M simvolli kalit K ni tanlash. 2-qadam. Tanlangan kalit K uchun [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi T sh =(b ij ) ni qurish. 3- qadam. Dastlabki matnning har bir simvoli s 0r tagiga kalit simvoli k m joylashtiriladi. Kalit keraklicha takrorlanadi. 4-qadam. Dastlabki matn simvollari shifrlash matritsasi T sh dan quyidagi qoida bo‘yicha tanlangan simvollar bilan ketma-ket almashtiriladi. 1) K kalitning almashtiriluvchi s 0r simvolga mos k m simvoli aniqlanadi; 2) shifrlash matritsasi T sh dagi k m = b j1 shart bajariluvchi iqator topiladi. 3) s or = b i1 shart bajariluvchi j ustun aniqlanadi. 4) s or simvoli b ij simvoli bilan almashtiriladi. T Sh = 88 5-qadam. Shifrlangan ketma-ketlik ma’lum uzunlikdagi (masalan 4 simvolli) bloklarga ajratiladi. Oxirgi blokning bo‘sh joylari maxsus simvol-to‘ldiruvchilar bilan to‘ldiriladi. Rasshifrovka qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. 1-qadam. Shifrlash algoritmining 3-qadamidagidek shifrmatn tagiga kalit simvollari ketma-ketligi yoziladi. 2-qadam. Shifrmatndan s 1r simvollari va mos kalit simvollari k m ketma-ket tanlanadi. T sh matritsada k m = b ij shartni qanoatlantiruvchi iqator aniqlanadi. i- qatorda b ij =s 1r element aniqlanadi. Rasshifrovka qilingan matnda r - o‘rniga b ij simvoli joylashtiriladi. 3-qadam. Rasshifrovka qilingan matn ajratilmasdan yoziladi. Xizmatchi simvollar olib tashlanadi. Misol. K= dastlabki matnni shifrlash va rasshifrovka qilish talab etilsin. Shifrlash va rasshifrovka qilish mexanizmi 5.4-rasmda keltirilgan. Dastlabki matn P A X T A _ G‘A R A M I Kalit G‘O‘Z A G‘O‘ Z A G‘O‘Z A Almashtirilgan so‘nggi matn K O‘N T G‘ Z T A L O‘ F I Shifrmatn K O‘N T G‘ Z T A L O‘ F I Kalit G‘O‘ZA G‘O‘ Z A G‘O‘ZA Rasshifrovka qilingan matn P A X T A _ G‘A R A M I Dastlabki matn P A X T A _ G‘A R A M I 5.4-rasm. Vijiner matritsasi yordamida shifrlash misoli. Polialfavitli almashtirish usullarining kriptobardoshligi oddiy almashtirish usullariga qaraganda aytarlicha yuqori, chunki ularda dastlabki ketma-ketlikning bir xil simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning statistik usullariga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling